22:28 / 22.08.2017
11 078

Munajjimlar bashorati: 23 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 23 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun zerikishga umuman vaqtingiz bo‘lmaydi. Yangi tanishuvlar, qiziqarli va yorqin hodisalar, yoqimli xabarlar zerikishga qo‘yishmaydi. Tadbirkor bo‘lsangiz, tushdan keyin boshqa shaharga yo‘l olishingiz va foydali shartnoma imzolashingiz kutiladi. Muhabbatda hali turmush qurmaganlarni kichik sinovlar qarshi oladi. Faqat tanlaganingizga qattiq ishonishingiz hamda dadil turgan holda harakatlar sodir etishingiz talab etiladi xolos.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

23 avgust kuni ish tanlamang. Maydami, yirikmi, farq qilmasin, harakatni davom ettiring. Ana shunda kechqurun albatta mukofotini olasiz. Kunning ikkinchi yarmida sizdan qarz olganlarni qistalang qilmasangiz, qarzingizni qaytarib olishingiz qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, sizni mo‘may daromad ham kutib turibdi. Dunyodagi eng yaqin insoningiz sizni juda sog‘ingan ko‘rinadi. Kechqurun bor vaqtingizni unga bag‘ishlang. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

23 avgustda ish joyingizda bajariladigan yumushlarni talab darajasida yakunlashga harakat qiling. O‘zingizcha boshqacha usullar o‘ylab topishingiz sizga faqat ziyon keltiradi. Olis safarga chiqish, do‘kondan ro‘zg‘or uchun buyumlar xarid qilish va janjallashgan odamingiz bilan yarashishingiz omadli kechadi. Agar shaharda yashasangiz, kechqurun oilaviy tarzda teatr yo kinoga borib kelsangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Ertalabdayoq ruhiy holatingizni obdon tekshirib oling. Agar yaxshi bo‘lmasa, yaxshilash yo‘llarini qidiring. Shundan keyin kerakli odamlar bilan qo‘ng‘iroqlashing. Albatta, bu maslahatlar asosan tadbirkorlik va tijorat bilan shug‘ullanuvchilarga tegishli. Agar ular yuqoridagi maslahatlarga amal qilishmasa, hamkorlar bilan ishlashi mushkullashadi, yangi hamkorlar topish kafolati yo‘qqa chiqadi. Depressiya xavf solayotgan bo‘lsa, aslo spirtli ichimlik bilan davolanishga urinmang. Yo sport bilan shug‘ullaning, yo yolg‘iz qolib istirohat qiling. Bularning barchasi asab tizimingizni davolaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

23 avgust kuni uy jihozlarini sotish masalasida harakatlar sodir etishingiz kutiladi. Olis safarga chiqishni boshqa kunga qoldiring. Bugun olis safarga otlanish sizga faqat muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Bugun yaratuvchilarning kuni tug‘adi. Ular umrbod odamlarning yodida qoladigan ajoyib ixtironi yakuniga etkazishlari mumkin. Xuddi shu yutuq sizga moddiy ahvolingiz yaxshilanishini ham ta’minlab beradi. Tadbirkorlarning yangi loyihaga bugun tikadigan pullari asosiy daromad manbaiga aylanish ehtimoli bor.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Sergaklikni qo‘ldan bermasangiz, talabchanlik odatingizga qat’iy amal qilsangiz, mo‘may daromad egasi bo‘lishingiz kutiladi. O‘zingiz ishonmaydigan odamlar bilan birga ish boshlamang. Qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan orangizda rostakam qarama-qarshilik yuzaga kelish ehtimoli bor. Bu fikrlar xilma-xilligi intihosi bo‘lishi mumkin. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kun davomida jismoniy zo‘riqishga yo‘l bermagan holda vaqt o‘tkazishlari talab etiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

23 avgust kuni asosiy muammolaringiz yo telefon, yo internet orqali hal bo‘lishi mumkin. Agar shu usul sizga qulay bo‘lsa, hamisha undan foydalanishga harakat qiling. Kechqurun qo‘lingiz pul ko‘radi. Eng zarur xarajatlarga qo‘l uraversangiz bo‘ladi. Lekin yangi tanishuvlar sodir bo‘lishining oldini oling. Bugungi tanishuvlar sizga kelajakda jiddiy zarar etkazishi hech gap emas. Ovqat iste’mol qilishda uning yaroqlilik muddatiga alohida e’tibor qarating.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Nafaqat o‘zingiz, balki yaqin insonlaringiz manfaatlarini ham hisobga olgan holda ish tuting. Basharti qachondir ularga tabiat qo‘ynida birga dam olishni va’da qilgan bo‘lsangiz, 23 avgust ayni payti. Muhim hujjatlarga imzo qo‘yishda ehtiyotkor bo‘ling. Kunning ikkinchi yarmida aldanib qolishingiz xavfi bor, hushyor turing. Kechqurun o‘zingizga yoqqan filmni tomosha qiling, chalg‘iysiz, asablar dam oladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

23 avgust kuni o‘zgalarning hayotiga aralashishdan tiyiling. Undan ko‘ra, o‘z muammolaringizni ijobiy hal qiling-da, undan keyin boshqalarga hayot saboqlarini bering. Bugun olis safarga shaxsiy avtomobilingizda jo‘nashingiz xavfsizlikdan uzoq bo‘lib turibdi. Mashina ta’mirlash, uy sotish va sotib olish amallari omadli yakun topadi. O‘zingizni ehtiyot qiling. Serqatnov yo‘llarda sergak bo‘ling. Kun bo‘yi salomatligingizni qayta-qayta nazoratdan o‘tkazishni unutmang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Bugun har bir ko‘rganingiz va eshitganingizdan albatta zavq olasiz. Yangiliklar shu qadar ko‘p, shu qadar yoqimli va hayajonliki, bardoshingiz etsa bas. Ba’zilar yaqinda tanishgan qarama-qarshi jins vakili yo vakilasi bilan oralarida do‘stlikdan-da kuchliroq tuyg‘ular paydo bo‘la boshlaganini his etishadi. Mayli, agar oilangiz bo‘lmasa, shu inson sizga yoqsa, dadil turib izhoringizni bildirishingiz mumkin. Kechqurun sizga fe’li, yurish-turishi umuman yoqmaydiganlar bilan bardosh qilib suhbatlashishingizga to‘g‘ri keladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

23 avgust kuni oila qurmaganlar romantik uchrashuvdan umid qilsalar yarashadi. Bu uchrashuv keyinchalik munosabatlar mustahkam bo‘lishi uchun xizmat qiladi. Oilalilarda esa aksincha bir-birini tushunmaslik holatlari paydo bo‘ladi. Bugun biznesmenlar, jurnalistlar va siyosatchilarning kuni tug‘adi. Tadbirkorlarga xorij davlatlaridan birining vakillari hamkorlik taklif etishi mumkin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Baliq burjida tavallud topganlar uchun 23 avgust yengil kechmaydi. Har bir ishni bajarishda eng qaltis yo‘llardan o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Basharti yaqinda xastalangan bo‘lsangiz, barcha ishlarni tashlab vrach ko‘rigidan o‘ting. Surunkali xastaliklarni xalqona yo‘l bilan davolashga urinmang. Oila qurmaganlar hayotida yorqin hodisalar yuzaga kelishi kutiladi. Qarama-qarshi jins vakili suyuklisiga muhabbat izhor qiladi. Bundan ham yoqimli lahza bormidi dunyoda.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 23 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..