QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
24 avgustda siz birinchi navbatda juftingizga nisbatan qalbingizda zohir rashk va shubhadan xalos bo‘lish uchun kurash olib borishingiz zarur bo‘ladi. Chunki bu tuyg‘ular bir kunmas bir kun oilangizni emirib bitiradi va yolg‘iz qolasiz. Professional kasbingiz doirasida ham tabiatingizga zid prinsiplardan voz kechib, boshqalar kabi osuda, xotirjam va ahillikda ish olib borishingiz, tajribangizni yanada oshira boshlashingiz talab etiladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Juda kayfiyatingiz bo‘lmasa, yolg‘iz qoling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun anchadan beri sizni qiynab kelgan moliyaviy muammo nihoyat ijobiy hal bo‘ladi. Demak, o‘zingiz orzulagan miqdorda pul topa bilishingiz tayin. Qarzlardan qutulishga ham erishasiz. Yaqin qavmlarning ba’zilariga esa moddiy ko‘magingiz juda zarur, yordam bermasangiz bo‘lmaydi. Ammo tejamkorlik birinchi o‘rinda turishini unutmang, aks holda yana pulga zoriqish degan yaramas bir holat sizni ta’qib eta boshlashi aniq.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
24 avgust kuni qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, kayfiyatingizni ko‘tarib oling. Hozirgi zamonda o‘zingizni o‘zingiz xursand etmasangiz, hech kim bu ishni siz uchun ado etmaydi. Agar kayfiyatni ko‘tarib ola bilsangiz, ishlaringiz albatta baroridan keladi. Aksi bo‘lsa, inqiroz domida qolib ketaverasiz. Ish juda zerikarli bo‘lsa ham undan yuz o‘girmang. Baholi qudrat ado eting, sifat yaxshi bo‘lsa, bu ishlarning mukofoti ham bo‘ladi albatta. Kechqurun olisdan yoqimli xabar eshitishingiz kutiladi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun iloji boricha bilimingizni oshiring, ishdan qochmang, yanada ko‘proq ishlashga harakat qiling. Bularning barchasi obro‘ va moddiy jihatdan to‘kinlik belgisidir. Oilalilar kunning ikkinchi yarmida farzandlarni olib tabiat qo‘ynida dam olib qaytsalar ham ziyon bo‘lmaydi. Bugun uy oldi-sotdisi, kapital ta’mirdan chiqarish muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun yotishdan oldin qatiq ichish bilan cheklaning, afsus chekmaysiz.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
24 avgustda har bir soniyani qat’iy nazoratda ushlang. Mabodo xatoga yo‘l qo‘ysangiz, ishlaringiz o‘lda-jo‘lda qolib ketishi mumkin. Oila qurmaganlar muhabbat bobida omadsizlikka yuz tutishlari kutiladi. Lekin bundan fojia yasash sira shart emas. Oyning o‘n beshi yorug‘ bo‘lsa, o‘n beshi albatta qorong‘i bo‘ladi. Moliyaviy masalada bugun sizdan o‘tadigani bo‘lmaydi. Yirik xaridlar qilish uchun do‘konga g‘izillayvering. Salomatlikni saqlang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Shaxsiy hayot va ishingiz haqida yaxshilab mulohaza qiling, rejalar tuzing. Shunda muvaffaqiyatsizliklar nari chekinadi. Kun davomida do‘stlar davrasida ko‘ngilsizlikka o‘xshash g‘alati hodisaga guvoh bo‘lasiz. Ammo bu hodisaning siz bilan bog‘liqlik joyi yo‘q. Kechqurun taom iste’molida hushyor bo‘ling. Ayniqsa, kafe yo restoranda kechki ovqatni tanovul qilishga qaror qilgan bo‘lsangiz, taomlarning yaroqlilik muddatini tekshirib oling. Bugun kechqurun bayram tadbirlari tashkil etish va spirtli ichimlik iste’moli muvaffaqiyatsizlik keltiradi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
24 avgust kuni shaharda yashasangiz, ekskursiyaga taklif etishlari kutiladi. Bu juda yoqimli mashg‘ulot. Kayfiyatingiz ko‘tarilishi tayin. Muhabbatda hozirgi mavjud o‘rningiz va hurmatingiz bilan cheklanasiz. Ehtiroslar ortidan chopmang, bu sizga bugun foyda keltirmaydi. Moliyaviy muammolaringiz o‘zingizni-da hayron qoldirib, xamirdan qil sug‘urgandek oson hal bo‘ladi. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Ro‘zg‘oringizdan tortib xayollaringizgacha tartibga keltirishingiz shart. Agar nimadandir ko‘nglingiz to‘lmasa, o‘zingizga yoqadigan vaziyat yaratishga harakat qiling. Ijodkorlarning ijodi bugun gullab-yashnaydi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Kechqurun kimdir sizni aldashga harakat qilib ko‘rmoqchi, hushyor turing. Yotishdan oldin toza havoda sayr qilishni unutmang. Salomatligingiz 24 avgustda sizga pand bermaydi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
24 avgustda tabiatan optimist ekaningizni qayta yodga oling. Shu narsa sizni oldinga etaklashi va muvaffaqiyatlar hadya etishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida o‘zga shaharga mehmon bo‘lib borishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Ehtiyotkor bo‘ling, bu ziyon qilmaydi. Bugun sportning ekstremal turlari bilan aslo shug‘ullana ko‘rmang, jarohat olishingiz xavfi bor. O‘zingizni ehtiyot qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Tijoratchi bo‘lsangiz, raqobatchilardan juda ehtiyot bo‘ling. Odam pul uchun nimalar qilmaydi. Xudo berib turganiga shukr qiling-u, xotirjam kunni kech qiling. Hatto, raqobatchilarga zo‘rligingizni ham isbotlashga urinmang. Yaxshisi, o‘zingizda mavjud maxfiy «qurol»ni, ya’ni, usulni ishga soling. U sizga daromadni ham, xavfsizlikni ham bajonidil hadya eta oladi. Tadbirkorlar bugun foydali shartnomalar tuzish, muhim hujjatlarga imzo qo‘yish amallarini chetga surib turganlari ma’qul.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
24 avgust kuni qaerga taklif etishsa, yoki olis safarga chiqish zarurati tug‘ilsa, bosh tortmang. Chunki ikkalasida ham iliq taassurotlarga ega bo‘lasiz. Taassurotlar sizni hayotga yanada real boqishga undaydi. Salomatligingiz bugun kosmonavtlarnikidan ham a’loroq desak, ishonavering. Ishdan yoki o‘qishdan keyin sportning istalgan turi bilan mashg‘ul bo‘laversangiz yarashadi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Muammolarni bugun an’analardan nari chekingan holda o‘zgacha usul bilan bartaraf etasiz. Lekin bu amallarni do‘stlar yordamisiz bajara olmasligingiz turgan gap. Muhabbatda dunyodagi eng yorqin lahzalar faqat siz uchun xizmat qiladi. Tanlaganingiz yoxud juftingiz bilan bir-biridan totli suhbatlar qurasiz. Kechqurun sut mahsulotlari iste’moli bilan chegaralaning. Bu tushlaringiz shirin kechishini ham ta’minlaydi. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, kun bo‘yi salomatligingizni nazoratda ushlang. Kechqurun bosh va oyoqlar og‘rishi kuzatiladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi