QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun dam olish kuni va siz shunga qaramay, baribir tirikchilik ilinjida turli yumushlarga qo‘l urishga majbursiz. Ammo tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymang, bugun bu narsa sizga foyda o‘rniga faqat zarar keltiradi. Oilaviy hayotda esa shubha-gumonlarni yuragingizdan haydab soling va juftingizga mehr ko‘rsating. Shunda shaxsiy hayotingiz yanada gullab-yashnash pallasiga kira boshlaganini sezasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Salomatligingiz masalasida bugun xotirjam bo‘lsangiz yarashadi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Atrofdagilarga nisbatan kamtarona munosabatda bo‘ling. Har bir yumushga mas’uliyat bilan yondashing. Kun davomida hamkasblardan biri sizga telefon orqali yoqimli xabar yetkazishi kutiladi. Oila qurmaganlar bugundan romantik uchrashuvlarni umid qilsalar bo‘ladi. Sog‘lig‘ingiz kechga yuborib biroz pand bera boshlaganini his etasiz. Bu shamollash bilan bog‘liq holat bo‘lishi mumkin.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
27 avgust kuni hali mustaqil hayot qurib ulgurmaganlar kim bilandir ko‘chada tasodifan tanishishi, bu tanishuv oradan hech qancha o‘tmay muhabbatga aylanishi mumkin. Bugun bankdan kredit, tanishlardan qarz ko‘tarish va qarzlaringizni qonunga zid tarzda uzishingiz muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Juftingizga bo‘lgan muhabbatni orttiring. Qalbingizni qiynab bo‘lsa-da, shu ishni amalga oshiring, afsuslanmaysiz. Kechqurun yolg‘iz qolib dam oling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Juftingizga e’tiborni kuchaytiring, mehr ko‘rsatishni tezlashtiring. Shunda birgalikda tog‘larni tolqon qilasiz va hayotingiz ertakka aylanadi. Kunning ikkinchi yarmida qachonlardir sizdan katta miqdorda qarz olgan odam qarzini qaytarishi mumkin. Demak, o‘zingizga yoqqan va ro‘zg‘or uchun zarur buyumlar xarid qilaversangiz bo‘ladi. Kechqurun olis safarga otlanish, tabiat qo‘ynida dam olish va kelajak rejalar tuzish xayrli o‘tadi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
27 avgustda tushkun kayfiyat vujudingizga joylashib olishi kuzatiladi. Shuning orqasidan yaqin insonlaringiz gapirgan gap ham yoqa qolmaydi. O‘zingizni qo‘lga oling, bardoshli bo‘ling, hayotga real nazar bilan boqing. Moliyaviy muammolar ijobiy hal bo‘lishini istasangiz, yana o‘sha bardosh va optimizm zarur bo‘ladi. Sog‘lig‘ingiz masalasida kunning ikkinchi yarmida vrach ko‘rigidan o‘tsangiz, o‘zingiz bilib olasiz. Hoynahoy, sizni bosh va bel og‘rig‘i bezovta qila boshlasa kerak. Tijorat sohasida ishlovchilar bugun boshqa kunlardagiga qaraganda ko‘proq daromad olishlari ehtimoldan xoli emas.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Agar ish masalasida yangi va yirik loyiha o‘ylab topgan bo‘lsangiz, bugun o‘sha loyihangizning hayotga tadbiq etilishi omadli kechadi. Nafaqat bu sohada hujjatlarni tez fursatda taxlab bilasiz, balki ishonchli hamkorlar topishga ham ulgurasiz. Shaxsiy hayotingiz osuda kechishi kutiladi. Oila qurmaganlar romantik lahzalarni boshidan kechirish ehtimoli bor. Kechqurun kimdir qo‘lingizga katta pul tutqazishi kutilmoqda. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, kun davomida o‘zingizni ehtiyot qiling.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
27 avgust kuni tabiatingizda tushkunlik ko‘zga tashlanishi mumkin. Buning natijasida qayerlargadir ketib yolg‘iz qolishni, muammolardan uzoqroq bo‘lishni xohlab qolasiz. Afsuski, bunday tarzda muvaffaqiyatga, maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. Buning o‘rniga ma’lum muddat yolg‘iz qoling. Telefonlargacha o‘chirib tashlang. Vaqt davolaydi va hammasini joy-joyiga qo‘yadi. Asosiysi, bardoshli bo‘lsangiz bas. Kechqurun toza havoda sayr qiling, oilaviy bo‘lib kafelarga boring va kechki ovqatni o‘sha maskanlarda tanovul qiling. Dunyoni tomosha qiling, zavqlaning. Buning uchun salomatligingiz shay turibdi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
27 avgust kuni yangi tanishuvlarga yo‘l bermang. Atrofdagilar bilan kamroq muloqot qilishga urining. Bugungi kun fikrlar, dunyoviy rejalar tuzishda juda qo‘l kelishi mumkin. Yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘ygan xatolarni tahlil qiling, ulardan kerakli xulosalar yasang. Shaxsiy hayotingiz 27 avgustda u qadar tinch bo‘lmasligi mumkin. Siz va juftingiz orasida arzimagan kichik muammo tufayli ham katta janjal kelib chiqishi hech gap emas. Kechqurun plastik kartochkangizga pul kelib tushishi kutilmoqda.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
27 avgust kuni puldan qiynalishingiz kutiladi. Negadir ishlaringiz yurisha qolmagandek tuyuladi. Ammo baribir o‘zgalardan qarz ko‘tarishni mo‘ljallamang. Bu juda qisqa vaqt davom etadigan jarayon. Kunning ikkinchi yarmida qo‘shimcha daromadli ish taklif etib qolishlari mumkin. Ana shu ish sizning moliyaviy ahvolingizni yaxshilaydi. Oila qurmaganlar bugun romantikadan umid qilmasinlar. Qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan tanishuvlar ham muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Bundan chiqdi dam olish kunini dam olgan holda kechirganingiz durust.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Shaxsiy hayotingizda jiddiy muammolar yuzaga kelishi kutiladi. Lekin bartaraf etsa bo‘ladi. Buning uchun yaqinlaringiz bilan bamaslahat ish tutishingizga to‘g‘ri keladi. Bugungi kun nikohdan o‘tish, turmush qurish uchun sira mos kelmaydi. Huquqshunos maslahatlari esa bugun siz uchun muvaffaqiyat keltiradi. Salomatlikni doimiy ravishda yaxshi saqlash uchun ovqat iste’molida me’yorni biling, gigiyenaga alohida e’tibor qarating.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
27 avgust kuni nafaqat ma’naviy, balki moddiy yordamga ham muhtojlik sezasiz. Aslida bularning barchasiga o‘zingizdan ayb qidirishingiz lozim. Tejamkorlikka amal qilmaslik mana shunaqangi inqirozlarga sabab bo‘ladi. Bugun olis safarga otlanish omadli kechadi. Kechqurun olisda yashaydigan qarindoshingizdan yoqimli xabar eshitishingiz ehtimoli bor. Spirtli ichimliklarga, azartli o‘yinlarga berilmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Muhabbat olamingizda to‘fonlar ko‘zga tashlanishi kutiladi. Bu ruhiy holatingizga keskin ta’sir etishi tayin. Lekin baqir-chaqir qilishga sira hojat yo‘q. Muammolarni bosiqlik bilan bartaraf etishga harakat qiling. Kechqurun moliyaviy jihatdan yanada baquvvatlashasiz inshoolloh. Bundan chiqdi sira ikkilanmay yirik xaridlarga qo‘l ursangiz faqat foyda qilasiz.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda