22:11 / 27.08.2017
10 014

Munajjimlar bashorati: 28 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 28 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Haftaning birinchi kuni har doim ham og‘ir keladi. Ikki kun miriqib dam olgan organizm kutilmagan jismoniy zo‘riqishdan esankirab qoladi. Shuning uchun ham ko‘pchiligimiz dushanba kuni tushga qadar o‘zimizni lohas his etamiz, ishlashga ko‘nika olmay qiynalamiz. Bularning barchasi o‘tkinchi. Faqat bugun o‘z kuch va imkoniyatlaringizga suyangan holda harakatlar sodir eting. Moliyaviy muammolar kunning ikkinchi yarmida ijobiy hal bo‘ladi. Demak, qarzlarni uzish uchun imkon tug‘iladi. Organizmingiz baquvvat, shuning uchun sizga xastaliklar bugun xavf solmaydi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Muhabbatda ham, ishda ham muvaffaqiyatlarning bo‘linish pallasi yuzaga keladi. Ya’ni, barcha muvaffaqiyatlarga baravar erisha olmaysiz. Ora-sirada mayda ko‘ngilsizliklar bilan ham kurashishingizga to‘g‘ri keladi. Har qanday muammoni bartaraf etishda noan’anaviy yo‘llardan boring. Kechqurun bolalikdagi yaqin insoningizni uchratishingiz ehtimoli bor. Toza havoda sayr qilishni unutmang. Salomatligingiz bugun pand bermaydi. Ruhni quvvat oldirish, meditatsiya amallari bugun omadli kechadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
28 avgustda ish joyingizdagi o‘rningizni yanada mustahkamlash uchun harakat qilsangiz, foydadan xoli bo‘lmasdi. Bugun uy oldi-sotdisi, yangi uyga ko‘chish va qimmatbaho buyum, mulkni sug‘urtalash xayrli kechadi. Salomatlikdan nolimaysiz. O‘zingizni kun davomida yaxshi his etasiz. Shunday ekan, kechqurun bemalol sport bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Ammo murabbiy nazorati ostida shug‘ullaning. Kechqurun qavmlardan biri mehmonga taklif etishi kutilmoqda.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Ishingiz qanchalar ko‘p bo‘lmasin, tanaffus qilishingiz va yaqinlaringiz uchun ham vaqt ajratishingizga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ayollar tashqi ko‘rinishlarini tartibga keltirishlari lozim. Shaxsiy hayotda ko‘ngilsizliklarni faqat juftingizning maslahatlariga quloq tutish orqaligina chetlab o‘ta olasiz. Kechqurun yengil hazm bo‘ladigan taomlar iste’mol qiling. Xonadoningizga kechqurun mehmonlar tashrif buyurishi ham ehtimoldan xoli emas.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
28 avgust kuni beparvolik va dangasalik sizning xavfli dushmaningizga aylanishini unutmagan holda sergaklik sari talpinavering. Ishlaringiz juda yaxshi oldinga siljiydi. Lekin bundan havolanib ketish ham kerak emas. Juftingiz bilan munosabatingiz deyarli havoda muallaq holda turibdi. Uni pastga tushirish va yo‘rig‘ingizga yurg‘azish uchun juftingizga yoqimli sovg‘a xarid qilishingiz lozim. Biror yeringiz og‘riy boshlaganini sezsangiz, og‘riq kuchayishini kutmang, darhol vrachga murojaat eting.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun ishlaringiz shu qadar ko‘payadiki, ularni bir o‘zingiz tugata olmasligingiz aniq. Shuning uchun o‘zingizga nisbatan tajribaliroq odamlardan yordam so‘rang. Kunning ikknchi yarmida sizni bayram tadbiriga taklif etishlari kutiladi. Bu tadbirdan siz bir haftaga yetadigan quvvat olasiz. Oiladagi muammolarni faqat oiladagilar bilan bamaslahat bartaraf eting. Salomatligingiz bugun juda yaxshi holatda bo‘ladi. Uxlashga yotishdan oldin biroz yolg‘iz qoling. Bugun o‘tganlar haqiga duolar o‘qish, yo‘l qo‘yilgan gunohlar uchun tavba qilish sizni ruhan poklanish yo‘lida bir qadam oldinga boshlaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

28 avgust kuni ishingiz masalasida ba’zi yoqimsiz vaziyatlar yuzaga kelishi kutiladi. Bu asosan rahbarlar va sizning orangizdagi kelishmovchiliklar bo‘lishi ham mumkin. Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar shaxsiy ish bilan boshqa shaharga otlanishlari mumkin. Moliyaviy ahvolingiz havas qiladigan darajada yaxshilanmaydi, ammo pulsiz ham qolib ketmaysiz. O‘zingizni ehtiyot qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Buguningiz quvonchli va yorqin hodisalarga boy bo‘ladi. Siz nafaqat o‘zingiz, balki boshqalarning ishdagi muvaffaqiyatlaridan ham quvonasiz. Yo‘l-yo‘lakay ro‘zg‘oringizda muammo tug‘ilsa, o‘sha zahoti ijobiy hal etishga harakat qiling. Aks holda bu ham cho‘zilgandan cho‘zilib, qo‘shimcha muammo chiqarishi hech gap emas. Oilaviy hayotingizda ko‘ngilsizliklar ko‘zga tashlanmaydi. Faqat juftingizning fikrlari bilan ham hisoblasha bilsangiz, olam guliston.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
28 avgust kunning birinchi yarmida qarindoshlaringizdan birining boshiga tashvish tushgani haqida xabar eshitishingiz kutiladi. Bunday vaziyatlarda og‘ir-bosiqlik bilan ish tutish kerakligini unutmang. Moliyaviy ahvolingiz kechga borib yaxshilanadi. Oilasizlar bugun kechqurun romantik uchrashuvga yo‘l olishlari mumkin. Uxlashga yotishdan oldin albatta toza havoda sayr qilishni yodingizdan chiqarmang. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi kutiladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Kuningiz ancha og‘ir kechishi mumkin. Serdaromad ish topish ilinjida shahar aylanishingiz uyoqda qolib qarindosh-urug‘lar ham o‘z muammolarini ko‘ndalang qo‘yishlari sizni ruhan charchatishi turgan gap. Muhabbatda ham sizni jiddiy sinovlar kutib turibdi. Oila qurmaganlarning ba’zilari tanlaganiga aynan bugun muhabbat izhor qilmaganlari ma’qul. Baribir muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishadi. Hoynahoy bu amalning vaqti soati kelmagan ko‘rinadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
28 avgust siz uchun omadlar kuni bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Siz qo‘shimcha daromadli ish topasiz, kun bo‘yi qiladigan daromadingiz mo‘may bo‘ladi. Moliyaviy muammolarni hal etishda sizga qondoshlaringiz yordam ko‘rsatib yuborishadi. Oilasizlar ham bugun tanlaganini topadi va ko‘ngillari bir olam shodlikka to‘lgan holda yanada oldinga intila boshlashadi. Salomatligingizni asrang. Duch kelgan taomni iste’mol qilib ketaverish sizga umuman to‘g‘ri kelmaydi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Baliq burji vakillari 28 avgust kuni faqat oqimga qarshi suzishlari zarur. Busiz ezgu maqsadlarga erisha olmaysiz. Ertalab vaqtli turing, ish boshlang va hayotga faqat optimistik nazar bilan boqing. Kechqurun sizni tanishlardan biri mehmonga taklif etishi mumkin. Bormang. Mehmondorchilik salomatligingizga ziyon yetkazishi turgan gap. Undan ko‘ra, oiladagilar bilan birga vaqt o‘tkazing.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 28 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..