QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun uy yumushlarini bajarishingiz kerak bo‘ladi. Shuning uchun uyqudan shoshilmasdan uyg‘onsangiz ham yarashadi. Tadbirkorlar biznes hamkorlar bilan oradagi munosabatlarni internet yozishmalar orqali hal etganlari ma’qul, ishingiz tezroq hal bo‘ladi. Bugun xususiy mulk oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. Siz kechqurunga borib foyda ola boshlashingiz mumkin. Kechqurun salomatligingizni bir nazoratdan o‘tkazib oling. Og‘ir hazm bo‘luvchi va ko‘cha ovqatidan qoching.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Muammolarni hal etishda 29 avgust kuni shoshma-shosharlik qilmang. Har bir muammoni alohida vaqt ajratgan holda, e’tibor bilan hal eting. Oilangizdagilar kun davomida ko‘p marotaba sizdan maslahat so‘rashlari mumkin. Yordamingizni ayamang. Bugun juftingiz bilan munosabatlarni qayta tiklash, mustahkamlash, bolajonlar bilan tillashish va tabiat qo‘ynida dam olish muvaffaqiyat keltiradi. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda, shaxsiy avtomobilni boshqarishda nihoyatda ehtiyot bo‘ling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
29 avgustda jamiyatdagi, hamkasblar, qo‘ni-qo‘shni, qavm-qardoshlar oldidagi obro‘yingizga putur yetuvchi bir nechta vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Ammo egizaklar burji ostida tug‘ilgan ayollarning aksariyati tashqi ko‘rinishi go‘zalligi bilan manaman deganni hayron qoldirishadi. Moliyaviy ahvolingizni kunning ikkinchi yarmida xamirdan qil sug‘urgandek oson bartaraf etishingiz kutilmoqda. Bugun xizmat safariga borish va yangi tanishuvlar juda foydali kechadi. Salomatligingiz kechqurunga borib biroz yomonlashishi kutiladi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Ilgari ado etilmay qolib ketgan yumushlarni bugun birinchi navbatda uddalashga harakat qiling. Kun bo‘yi fursat topib dam olishni ham unutmang. Meros, uy oldi-sotdisi, avtomobil ta’miri bilan bog‘liq ishlar muvaffaqiyatli yakun topadi. Faqat sizdan bir narsa talab qilinadi. Duch kelganga taqdiringizdan nolimang, bu xudoga ham xush kelmasligi mumkin. Kechqurun toza havo sayrini davom ettiring, uxlashdan oldin sut mahsulotlari bilan cheklaning.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
29 avgust kuni omadingiz kuladigan bo‘lib turibdi. Ishxonada rahbarlar bajargan ishingizni yuqori belgilashi va mukofotga tavsiya qilishlari kutiladi. To‘g‘ri, siz chin ko‘ngildan ishlaysiz, ish sifatiga e’tibor berasiz. Demak, mukofotga loyiqsiz. Shaxsiy hayotingizda sokinlik hukm suradi. Oilasizlar esa bugun romantikadan umid qilmasinlar. Kechqurun juftingiz bilan birga vaqt o‘tkazing. Bilim doirangizni oshiring, farzandlar tarbiyasiga yana bir karra e’tibor qaratib qo‘ying, ziyon ko‘rmaysiz.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Agar imkoningiz bo‘lsa, moddiy jihatdan quvvatingiz yetsa, qaysidir dengiz bo‘ylariga juftingiz bilan sayohat uyushtirsangiz ham yomon bo‘lmasdi. Hech bo‘lmaganda o‘zingiz yashab turgan joydan uzoqroqqa borib dam oling. Bu juftingiz va sizning orangizdagi rishtalar mustahkam tortishiga yordam beradi. Kompyuter qarshisida uzoq vaqt o‘tirsangiz, ora-sirada umurtqa pog‘onalarni mustahkam torttiruvchi jismoniy mashqlarni bajarib boring. Kechqurun do‘stlar bilan dildan suhbat qurishingiz mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
29 avgust kuni hatto mayda-chuyda muammolarni ham shunday qoldirmang. Aks holda ular kattalashib sizni jismoniy va ma’naviy zo‘riqishga olib borishi turgan gap. Oilasizlar bugun kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan kechirishlari kutiladi. Bu qarama-qarshi jins vakili yo vakilasi bilan bo‘lib, keyinchalik romantikaga aylanishi ham ehtimoldan uzoq emas. Asablarni asrang, kechqurun cho‘milish bilan band bo‘lsangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun juftingiz bilan orangizda ba’zi kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi kutiladi. Bunday vaziyatlarda tafakkurni ishga solish zarur bo‘ladi. Yo‘qsa, muammo chuqurlashib ketishi hech gap emas. Faollik talab etadigan o‘yinlar, yangi ish boshlash va muhim hujjatlarga imzo qo‘yish xayrli o‘tadi. Ba’zilar lotereya o‘ynab kattagina pul yutib olishi ham mumkin. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Agar bosh og‘rig‘i qiynayotgan bo‘lsa, tibbiy ko‘rikdan o‘tishingiz kerak.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
29 avgustda professional kasbingiz bilan bog‘liq ba’zi to‘siqlarga duch kelishingiz kutiladi. Lekin ortga chekinmang. Yangi loyihalar ishlab chiqing va ularni hayotga tadbiq eting. Kechqurun juftingiz bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Siz o‘ta sabrli bo‘lishingiz shart. Muqaddas oilani saqlab qolishda faqat sabr ish berishi mumkin. Kun davomida hasadgo‘y va g‘iybat ustalarini aylanib o‘tishga harakat qiling. Bugun jarrohlik amaliyoti, jigar va buyrak holatini yaxshilashga mo‘ljallangan profilaktika ishlari muvaffaqiyatli o‘tadi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Kunning birinchi yarmidayoq oshig‘ingiz olchi deyavering. Bunaqasi kam bo‘ladi. Qo‘lingizga g‘oyibdan mo‘may pul kelib tushish ehtimoli sezilmoqda. Ha, siz azaldan shunday katta pulga ega chiqishni orzulardingiz. Demak, toza ko‘ngil bilan orzulabsiz, mana, o‘sha orzu ushaldi. Ishda o‘zingizga nisbatan tajribasi ko‘p hamkasblar maslahatiga albatta amal qiling. Salomatligingiz yaxshi, ammo bu muzlatkichdan muz aralash suvni olib simirish mumkin degani emas.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
29 avgust kuni ertalab yaqin insoningiz sizga kutilmagan sovg‘a hadya etishi kutiladi. Bu dunyoga rostakamiga mehr-muhabbat bilan boqishingizga sababchi bo‘lishi tayin. Bunday sovg‘adan so‘ng romantik bo‘lmasangiz ham arzirli darajada minnatdorchilik bildirishga harakat qiling. Moliyaviy muammolar tezkor va faol bo‘lmasangiz, hal etilmay qolishi ham hech gap emas. Kechqurun xonadoningizga mehmon kelishi mumkin.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Tadbirkor va tijoratchilar bugun yangi hamkor qidirishni boshlamasalar, yaqin orada inqirozga yuz tutishlari mumkin. Moddiy ahvolni yaxshilash uchun faqat g‘alaba sari talpinish lozim. Sal bo‘shashsangiz, tamom, rizqdan quruq qolasiz. Oilasizlar kechqurun romantik lahzalarni boshdan kechirishadi. Ayol bo‘lsangiz, bo‘lg‘usi juftingiz bugun kechqurun qo‘lingizni so‘rashga jazm etishi tayin.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”