QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kuningiz juda quvnoq va xayrli kechishini yulduzlar bashorat qilishgan. Qolaversa, yorqin hodisalar, tanishuvlar ham aynan bugunga to‘g‘ri keladi. Siz 30 avgust kuni har qanday og‘ir va chigal vaziyatdan ham oson chiqib keta olish imkoniga ega bo‘lasiz. Tijoratchi bo‘lsangiz, mijozlaringiz ko‘payishi kutilmoqda. Sizning shirinsuxanligingiz mijozlarga juda yoqib tushadi. Faqat bugun olis kelajak haqida rejalar tuzmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
30 avgust kuni sarguzashtlarni qo‘msab qolishingiz, shuning hisobiga azartli o‘yinlar va tavakkalchilikka asoslangan yumushlarga o‘ralashib qolishingiz kutiladi. Agar darhol yo‘nalishni o‘zgartirmasangiz, do‘st, pul va tanish-bilishdan ham judo bo‘lasiz. Muhim hujjatlarga imzo qo‘yishda xatoliklarga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Shuning uchun unday ishlarni guvohlarsiz amalga oshiring. Kechki sayr, toza havo yaqin kelajak haqida shirin xayollar surishingiz uchun imkon yaratadi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yulduzlar bugun ertalab birinchi o‘rinda kayfiyatingizni boshqaruv ostiga olishingiz zarurligini maslahat beradi. Shundan keyingina ish bajarishga kirishaversangiz yarashadi. Ba’zilarda rassomlik, xonandalik va haykaltaroshlikka iste’dod paydo bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Moliyaviy masalada omad qilgan ishingizga yarasha kulib boqadi. Undan ortig‘ini ololmaysiz. Lekin xarajatlarga zeb bermang. Yaxshi kunlar uchun deb pullaringizning bir qismini berkitib qo‘ying.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
30 avgustda taqdirda yozilgani bo‘ladi degan hikmat naqadar to‘g‘riligiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz. Ammo yaqinlaringiz maslahatlariga ham quloq soling. Busiz muvaffaqiyatga erishishingiz dargumonligini unutmang. Ayniqsa, moddiy muammolarni hal etishda faqat qavmlar yordamiga suyanishga majbursiz. Oilasiz bo‘lsangiz, bugun omadingiz kuladi. Faqat o‘zingiz ham bo‘shashmasligingiz, abjirlik bilan ish tutishingiz kerak bo‘ladi. Salomatligingizni jiddiy nazorat qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Qanday ishga qo‘l urmang, bugun faqat muvaffaqiyatga erishasiz. Kuningiz xuddi ertaklardagidek sehrli tarzda o‘tadiki, o‘zingiz ham ishonqiramasdan harakatlar sodir etishingiz tabiiy hol. Faqat taqdirdan yordam kutmang. O‘z kuchingiz, imkoniyatlaringizga ishongan holda ish yuriting. Tijoratchi va tadbirkorlarga ham bugun omad kulib boqadi. Daromadning keskin ko‘paya boshlashi raqobatchilarning yuragini g‘ash torttirishi tayin. Yo‘q, pul haqida hech kimga gapirmang. Yaxshisi, bu maxfiy sirligicha qolaversin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
30 avgust kuni ertalab jufti bilan jiqillashib qolganlar yarashish payiga tushishlari talab etiladi. Garchi ayb juftingizda bo‘lsa ham kechirimli bo‘lishga harakat qiling. Shaxsiy hayotda tanaffuslar tashkil etishga urinmang. Hozirgi holicha qolgani ma’qul. Oila qurmaganlarning aksariyatiga yolg‘izlik omad keltiradi. Ularga xorijdan mo‘may daromadli ish taklif etishadi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kun davomida salomatligini nazorat qilsin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ishda romantik uchrashuvlar tashkil etish bilan shug‘ullanmasligingiz tavsiya etiladi. Tadbirkor bo‘lsangiz, yangi hamkorlar topish harakatida bo‘ling. Qachonlardir yaqin do‘stingiz bo‘lgan va keyinchalik sizni sotib ketgan kimsa haqida qayg‘uli xabar eshitishingiz kutilmoqda. Moliyaviy ahvolingiz bugun sizni ranjitmaydi. Tejamkorlikni unutib qo‘ymasangiz bas. Sog‘lig‘ingiz kechqurunga borib sal yomonlashishi kutiladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
30 avgustda hadeganda qizishib ketaversangiz, bironta ham ishni qoyillata olmaysiz. Tafakkurgina sizga muvaffaqiyatlar hadya etishi mumkin. Hatto, o‘zgalar maslahati ham sizga yordam bera olmaydi. Ba’zi ishlar esa avtomat tarzda o‘ngidan kelib kissangizni pulga to‘ldiradi inshoolloh. Muhabbatda qalb amriga quloq tuting. Oila qurmagan bo‘lsangiz, qalbingiz sizga ishonchli hamroh. U juft tanlashda adashmasligingiz uchun kuyib-pishadi, minnat qilmaydi, og‘rinmaydi. Salomatligingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yulduzlar bugun hayotdan mamnun tortishga, dunyoga real nazar bilan boqishga ixtiyoringizda bir olam imkoniyatlar zohirligini bashorat qilishgan. Romantik tanishuvlarga hali ruhan tayyor emassiz. Demak, bu masalada shoshilmasligingiz lozim. Vaqtni shoshiltirmang. Xudo nasib qilgan kuni baxtingizni albatta topasiz. Kechqurun qavmlaringizdan biri bilan jiddiy suhbat qurishingiz kutiladi. Toza havo sayrini ham yoddan chiqarib qo‘ymang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
30 avgust kuni ertalabdan istaklaringiz shu qadar to‘lib-toshadiki, agar oltin baliq tutib olsangiz, u ham barchasini ado eta olmay xijolatda qolgan bo‘lardi. Kunning ikkinchi yarmida o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz ehtimoli bor. Hoynahoy, anchadan beri tibbiy ko‘rikdan o‘tmay qo‘yganingiz hosilasi bo‘lsa kerak. Darhol barcha ishni tashlab tibbiy ko‘rikka shoshiling. Xudo ko‘rsatmasin, xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, zo‘rayib ketmasin.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Darhol qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish topmasangiz bo‘lmaydi. Moliyaviy ahvolingiz inqirozga yuz tutishi mumkin. Shunday ekan, shu ish topildi deguncha ikki qo‘llab, ikki oyoqlab oldinga intiling. Bugun nikohdan o‘tish va oilaviy bayram uyushtirish omadli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida olis safarga otlanishingiz ehtimoli bor. Shuning uchun eng kerakli buyumlarni taxt qilib qo‘yishingiz zarur. G‘iybatchilar, ikkiyuzlamachilar, firibgarlarni hov naridan aylanib o‘tishga harakat qiling. Salomatligingizni ehtiyotlang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
30 avgustda shu qadar ko‘p xabarlar eshitasizki, ularning har birini tahlil qilishga, mag‘zini chaqishga kuningiz yetmaydi. Qo‘shimcha daromadli ish topsangiz, foydadan xoli bo‘lmasdi. Internet orqali shubhali kimsalar bilan tanishmang, buning oxiri voy. Mabodo muhabbat sizni internet orqali juft qidirishga undab tursa-da, bu ishni qilmang. Internet orqali iboli va nomusli, sadoqatli yor topish anqoning urug‘ini qidirish bilan barobar.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi