21:54 / 30.08.2017
8 992

Munajjimlar bashorati: 31 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 31 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

31 avgustda sizga pul masalasida ertalabdanoq omad kulib boqadi. Oilasizlar esa juft tanlashda buguncha tanaffus qilib turganlari ma’qul. Baribir omadingiz chopmaydi. Agar kvartira va soliq, kommunal xizmatlardan qarzingiz bo‘lsa, bugunoq to‘lab qo‘ying. Salomatligingiz pand bermasligi kutiladi. Kechki payt basseynga borib suzish mashqlarini bajarsangiz, yana yaxshi. Kechqurun taom iste’mol qilishda ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘ying. Yoqqan-yoqmagan ovqatni yeyaverish sog‘liqqa ziyon yetkazib qo‘yishi mumkin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Kun davomida juda ko‘plab turli ko‘rinishdagi xabarlar eshitasiz. Ish joyingizda professionalligingizni hamkasblarga yana bir bor namoyish eting, toki, siz o‘z ishining ustasi ekaningizga shubha qolmasin. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolarni hal etib, uy ta’mirini boshlashingiz tavsiya etiladi. Kechqurun vaqtingizni oilangizdagilar bilan o‘tkazing.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

31 avgust kuni kutilmaganda ko‘ngilsiz vaziyatlarga tushib qolishingiz xavfi bor. Balki bunda o‘zingizning aybingiz bordir? O‘ylab, mulohaza qilib ko‘ring. Kunning ikkinchi qismida ortingizdan kimlardir g‘iybat qilayotganini eshitasiz. Ular sizni begonalar bilan don olishib yurganlikda ayblashadi. Undaylarni Ollohga topshiring, o‘zi hisob-kitob qilib oladi. Sog‘lig‘ingiz yaxshi bo‘lishi uchun asabni avaylashingiz zarur. Kechqurun ayrim do‘stlarning xonadonida yangi mehmon dunyoga kelishi kutiladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun sizning kuningiz. Azaliy orzularingizning aksariyati haqiqatga aylanadi. Bundan tashqari, oilasizlarning aksariyati Yaratganning mo‘’jizasiga guvoh bo‘lishadi. Siz o‘zingiz orzulagan idealingizdagi insonni uchratasiz. Kechqurun salomatligingiz haqida qattiq qayg‘urib, vrach ko‘rigidan o‘tishni rejalashtiring. Toza havoda sayr qilish ham yodingizdan ko‘tarilmasin. Bu salomatlikka katta foyda beradi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

31 avgustda o‘tgan oy natijalarini xomcho‘t qilish blan band bo‘lasiz. Oilaviy pul jamg‘armasini ham shu bahonada ko‘zdan o‘tkazib olasiz. Kun davomida muhabbatga aldanib qolishdan saqlaning. Bu aldov oila qurmaganlarga juda qimmatga tushishi mumkin. Qarama-qarshi jins vakillari va vakilalari bilan pala-partish amalga oshirilgan yaqin munosabatlar salomatlikka jiddiy ziyon yetkazishi tayin. Yaxshisi, kechqurun vaqtingizni kompyuter qarshisida yoki kitob mutolaasi bilan o‘tkazing.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun ish joyingizda sizdan ko‘ra tajribali hamkasblar tajribasini o‘rganishga kirishing. Bu siz uchun kelajakda koni foyda bo‘ladi. Yangi ish qidirish va boshqa uyga ko‘chib o‘tish 31 avgust kuni muvaffaqiyatli kechadi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, aynan bugun shu yo‘lda bir qadam oldinga siljishingiz kutiladi. Kechqurun yoqimsiz xabar eshitishingiz mumkin. Ammo bu xabarni deb ich-etingizni yeyishingiz tavsiya etilmaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

31 avgust kuni negadir dangasaligingiz tutish ehtimoli bor. Basharti o‘zingizni lohas his etayotgan bo‘lsangiz, mehnat ta’tiliga chiqishingiz lozim. Hech qachon o‘zgalarning shaxsiy hayotiga aralashmang. Baloga qolib ketasiz. Undan ko‘ra juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida harakatlar sodir eting. Oilasizlarni kechqurun romantik uchrashuv kutib turibdi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Yulduzlar qanday vaziyatga guvoh bo‘lsangiz, shu vaziyatdan ilhomlanishga harakat qilishingizni maslahat berishadi. Bu ishda ham, o‘qishda ham sizga faqat foyda beradi. Sport, ijod sohasida ter to‘kuvchilar kunning ikkinchi yarmida sezilarli ijobiy natijalarga erishishlari kutiladi. Tadbirkorlar o‘zlari uchun juda foydali shartnomalarni imzolashadi. Lekin daromad keltirishi dargumon bo‘lgan ishlarga qo‘l urmang. Bekorga vaqt ketkazganingiz qoladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

31 avgust kuni juftingiz bilan orangizda rashk tufayli kelishmovchiliklar paydo bo‘ladi. Yulduzlar rashk degan baloni hadeganda qalbingizga yaqinlashtiravermasligingiz kerakligini uqtirishadi. Bu oqibatda butun boshli oilalar buzilib ketishiga olib keladi. Kechqurun sportning yengil turlari bilan shug‘ullaning. Salomatligingizga foydasi bor. Uxlashdan oldin qatiq ichib yotganingiz durust. Oshqozon faoliyati xavf ostida qolmaydi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Bugun qalbingiz amriga bo‘ysungan holda ish tuting. Bu muhabbatga ham, professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlaringizga ham taalluqli. Qiyin vaziyatlarda qolsangiz, albatta tanish-bilishlar, do‘stlar yordamiga tayaning. Kunning ikkinchi yarmida yaqin do‘stlaringiz sizga shaxsiy hayoti bilan bog‘liq muammolarni to‘kib solishi mumkin. Uning sirlarini saqlash zarurligini unutmang. Salomatlikni mustahkamlash uchun parhez tuting.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

31 avgustda shaxsiy hayotda muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Bu muammoni ijobiy hal etish uchun o‘ziga xos yo‘l topishingizga to‘g‘ri keladi. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tayotganda nihoyatda hushyor turing. Shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, yo‘l qoidalarini buzmaslikka harakat qiling. Kechqurun sizga xorijdan serdaromad ish taklif etishlari kutilmoqda.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

31 avgust kuni haqiqatan omadingiz chopadi. Qaysi ishga qo‘l urmang, albatta muvaffaqiyat qozonasiz. Ammo bu haqda hech kimga maqtanib qo‘ymang, ko‘z tegadi. Shaxsiy hayotda realistga aylanmasangiz, juftingiz bilan munosabatlarga kutilmaganda putur yetishi mumkin. Kechqurun iloj topsangiz, velosipedda sayr qiling. Ba’zilarni varikoz va bosh og‘rig‘i bezovta qilib o‘tishi kutiladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 31 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..