21:58 / 04.09.2017
7 794

Munajjimlar bashorati: 5 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 5 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun siz barcha ishlaringizni o‘zgalar yordamisiz amalga oshiring va yangi g‘oyalar o‘ylab topsangiz, hech kimga gullab qo‘ymang. Kun davomida uydagilaringizning qaysidir biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Moliyaviy muammolarni hal etishda ham jiddiy to‘siqlarga duch kelishingiz kutiladi. Oila qurmaganlarning ayrimlari tanlagan bo‘lg‘usi yori bilan janjallashishi, jufti munosabatlarga nuqta qo‘yishi ham mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

5 sentyabr kuni yulduzlar qancha ish bo‘lsa, birdan hammasini bajarishga kirishishingiz kerakligini uqtirishadi. Ish ko‘pligidan qo‘rqib ketmang, kechga qadar barchasini uddalab ulgurasiz. Kutilmaganda o‘zingiz sira yordam beradi deb o‘ylamagan odam moddiy masalangizni ijobiy hal etib beradi. Ehtiroslarni jilovlagan holda harakatlar sodir eting. Aks holda muhabbatda ko‘ngilsizliklarga yo‘liqishingiz hech gap emas.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Ish joyingizga kelgandanoq ishga sho‘ng‘ib keting. Vaqtni cho‘zib o‘tiraversangiz, mavqeingiz, lavozimingiz asl holicha qolib ketaveradi. Arzimagan narsaga jahlingiz chiqmasin, asabni asrang. Salomatligingizga putur yetib qolishi mumkin. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. Ularni mazali taomlar bilan siylang, bahonada ruhan tetiklashib olasiz. Kayfiyatingiz ko‘tariladi. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklaning.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Oilasizlar, ogoh bo‘ling, bugun sizning kuningiz emas. Tanlaganingiz ham didingizga umuman mos kelmaydigan xilidan bo‘lib chiqadi. Shuning uchun buguncha boshqa ishlarga andarmon bo‘lib turing, xudoning kuni ko‘p. Moliyaviy masalani ijobiy hal etish uchun harakatlar sodr etishda xotirjamlikni shior qilib oling. Bugun jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirish va kasalxonaga yotish muvaffaqiyatsizlik keltiradi. O‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, xalqona yo‘llar bilan davolanishga urinib ko‘ring.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

5 sentyabrda xarajatlaringizni qat’iy nazorat ostiga oling. Aks holda kechga qadar cho‘ntagingiz quriydi. Foydasi tegmaydigan bo‘lar-bo‘lmas buyumlarni sotib olmang. Juftingiz bilan orangizdan ola mushuk o‘tib ketish xavfi bor. Bu muammoni qondoshlar aralashuvisiz hal etishingiz dargumon. Shubhali tuyilgan ishlarga sira qo‘l urmang. Juda bo‘lmaganda, obdon fikrlab, keyin harakatlar sodir eting. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda sergak turing.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Oson pul topish yo‘lini qidirib ovora bo‘lmang, baribir topa olmaysiz. Topganingizda ham muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Ommaviy tadbirlarga bormang. Xususiy mulk bilan bog‘liq hujjatlarga imzo qo‘yish, huquqshunos maslahatini olish bugun omadli kechadi. Notanish kimsalar bilan muloqotga kirishmang, aldanasiz va bu bir umrga tatishi turgan gap. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, quyosh tig‘ida ko‘p yurmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

5 sentyabr kuni ekzotik sarguzashtlar va olis safarga otlanishdan voz keching, ko‘ngilsizlikka uchraysiz. Atrofdagilar bilan muloqotda jiddiy bo‘lsangiz, ular sizni yanada qattiqroq hurmatlay boshlashadi va sizga nisbatan ishonchlari ortadi. Pulga zor bo‘lib qolsangiz ham bugun bankdan kredit olmang. Xarajatlarni nazorat qiling. Kechqurun juftingiz bilan shirin suhbatlar qurib vaqt o‘tkazing.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun sizni qancha tanqid ostiga olishmasin, chidang, xudo sizga sabr bersin. Tanqidlarni faqat shu yo‘l bilan hazm qila olasiz. Tushdan keyin esa kimlardir shaxsiy hayotingizga aralashib asabingizga tegadi. Bunda ham yana sabr qiling. Agar juftingiz bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishini istamasangiz, undan bajarib bo‘lmaydigan ishlarni talab qilmang. O‘zingizni ehtiyot qiling. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

5 sentyabrda tafakkuringiz sabab bo‘lib moliyaviy masalada muvaffaqiyatlarga erishasiz. Do‘stlar bilan muloqotlarda janjalli vaziyatlar paydo bo‘lmasligi uchun sal yon berishingizga to‘g‘ri keladi. Moliyaviy masalada bugun omadingiz chopmaydigan bo‘lib turibdi. Demak, katmonda boriga shukr qilishingizga to‘g‘ri keladi. Oila a’zolaringiz bilan munosabatda hazil-mutoyibadan unumli foydalaning. Kechqurun sizni tanishlardan biri mehmonga taklif etishi kutiladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Afsuski, bugun moliyaviy yo‘qotishlarga duch kelishingiz mumkin. Bunday lahzalarda o‘zgalar ko‘magi juda zarur bo‘ladi. Shuning uchun xudbinlikni bir chetga suring-u, tanish-bilishlardan yordam so‘rang. Ishda ham birgina mehnatsevarlik kamlik qiladi. Yanada uddaburon hamda qat’iyatli xodimga aylaning. Kechqurun faqat salomatligingizni mustahkamlash haqida qayg‘uring. Ko‘lmi, anhordami cho‘milsangiz, suzish mashqlarini bajarsangiz ham ortiqchalik qilmaydi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

5 sentyabr kuni nafaqat o‘zingiz, balki do‘stlardan biriga ham ishlarini bitirishda yaqindan ko‘mak berishingizga to‘g‘ri keladi. Elektr asboblar va texnika vositalaridan foydalanishda juda ehtiyot bo‘ling. Organizmni jismoniy jihatdan zo‘riqtirmang. Sog‘lig‘ingizga putur yetadi. O‘rtadagi muhabbat va ahillikni saqlab qolay desangiz, juftingiz bilan muloqotda sabrli bo‘ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun sizning kuningiz. Hayotingiz osmonida umuman bulut bo‘lmaydi. Ishda rahbarlar olqishiga sazovor bo‘lasiz. Hali moliyaviy muammo haqida o‘ylab ko‘rmay turib qo‘lingizga g‘oyibdan bir dasta pul tushishi ham ehtimolga yaqin. Uy oldi-sotdisidan bugun voz keching, sizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishlari mumkin. Kechqurunga yaqin xizmat safariga jo‘nashingiz ehtimoli bor.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 5 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?