QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
11 sentyabrda uy oldi-sotdisi, huquqshunos maslahatlarini olish muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Ayniqsa, bu amallarni ado etish natijasida katta miqdordagi moliyaviy yo‘qotishlarga yuz tutishingiz mumkin. Mayda-chuyda ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish koni foyda. Daromadingizga daromad qo‘shadi. Kechqurun favqulodda ish bilan yaqin manzilga jo‘nab ketishingiz ehtimoli bor. Moliyaviy ahvolingiz va sog‘lig‘ingiz bugun tobida bo‘lishi kutilmoqda.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Atrofingizda bo‘layotgan yaxshi-yomon ishlarni ko‘rib hech qanaqasiga ta’sirlanmang. Bu ishlaringizda unum yo‘qolishiga olib keladi. Chalg‘ish yoxud siqilish natijasida qo‘lingiz ishga bormay qolishi mumkin. Muammolarni hal etishda bosiqlik bilan ish tuting. Har bir ishni o‘z vaqtida ado etishga harakat qiling. Kechikish bugun sizni moddiy jihatdan zarar ko‘rishga olib keladi. Kechqurun uyingizga mehmon kelish ehtimoli bor. Ba’zilarning xonadonida chaqaloq yig‘isi jaranglashi ham mumkin.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
11 sentyabr kuni tadbirkorlar uchun ancha og‘ir ishlar ro‘baro‘ bo‘ladi. Garchi bu kundalik yumushingiz bo‘lsa-da, hamkorlaringizdan ba’zilari to‘nini teskari kiyib sizning asablaringizni tarang torttirishi turgan gap. Shunga qaramasdan, moliyaviy manfaatdorlikni qo‘ldan bermang. Boshqa ishga o‘tish uchun bugungi kun xayrli kechmaydi. Boriga shukr qilib turishingizga to‘g‘ri keladi. Kechqurun oilangizda pul tufayli janjal yuzaga kelishi mumkin. Asablarni asrang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun yulduzlar sizga oila a’zolaringizga yanada yaqinroq bo‘lish va yuqori lavozimdagi shaxslarga gap qaytarmaslikni maslahat berishadi. Xususiy mulk masalasida jiddiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Bu muammoni huquqshunos ishtirokisiz hal eta olmaysiz. Kechqurun ba’zi do‘stlarimiz meros bilan bog‘liq yoqimli xabar eshitishlari kutiladi. Nimaiki ish qilmang, uydagilar bilan albatta maslahatlashing. O‘zingizga yaxshi bo‘ladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
11 sentyabrda ertalab o‘zingiz uchun juda qimmatli xabar eshitasiz. Bu, shubhasiz, pul bilan bog‘liq. Muammolar qalashib ketgan bo‘lsa, sira qo‘rquvga tushmang. Ko‘z qo‘rqoq bo‘lgani bilan qo‘l tog‘ni tolqon qila oladi. Moddiy manfaat ko‘rish masalasida yaqin do‘stlar yordamiga tayanishingizga to‘g‘ri keladi. Agar tashkilotchilik qobiliyatingiz bo‘lsa, oilangizda bugun yetakchilik qila olishingiz aniq. Aksincha bo‘lsa, faqat tinglovchi rolini ijro eting.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Qaysidir hamkasbingiz bilan sen-menga borib qolishingiz mumkin. Bunday lahzalarda emotsiyani nazorat eta bilishingiz kerak. To‘g‘ri, o‘z manfaatingiz, sha’ningizni himoya etishingiz shart, ammo boshqacharoq, diplomatik usullardan foydalanib. Olisdagi qarindoshlarnikiga mehmonga borish bugun sizga bir dunyo lazzat baxsh etadi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar sog‘lig‘ini kun davomida nazoratda ushlashlari lozim.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
11 sentyabrda shaxsiy avtomobilingiz yoki biror texnik uskunangizning buzilish ehtimoli sezilmoqda. Bu muammoni ertalabdayoq bartaraf etib qo‘yganingiz ma’qul. Uydan tashqaridagi muhabbat va sevgi izhorlariga umuman ishonmang. Bu sizga har jihatdan faqat ziyon yetkazadi. Mavqeingiz ortishi ham haqiqatga yaqin bo‘lib turibdi. Buning uchun professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni yanada qoyillatib qo‘yishingiz tavsiya etiladi. Basharti salomatligingizga bee’tibor bo‘lsangiz, kunning ikkinchi yarmida jiddiy xastalik orttirib olishingiz mumkin.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun nafaqat eski qadrdonlar bilan suhbatlar quring, balki yangi do‘stlar orttirishga ham urinib ko‘ring. Bu ishingiz albatta o‘ngidan keladi. Ayniqsa, ish yuzasidan yangi tanishingiz ko‘paysa, bu sizga faqat naf keltiradi. Kunning ikkinchi yarmida anchadan beri jig‘ingizga tegib kelayotgan bir odam bilan to‘qnashib qolishingiz kutiladi. Oralaringizda janjal kelib chiqishi mumkin. Lekin janjal sizning foydangizga yakun topadi. Ishoning, o‘sha kimsa endi sizga qaytib yaqinlasha olmaydi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
11 sentyabr kuni ko‘chada, uyda va ishxonada ham odamlarning eng yoqimtoy suhbatdoshiga aylanishingiz kutilmoqda. Ishlaringizni ham o‘z vaqtida uddalay olsangiz, nafaqat cho‘ntagingiz pulga to‘ladi, balki rahbarlardan ham maqtovlar eshitasiz. Miyangizda ish bilan bog‘liq yangi g‘oyalar tug‘ilgan bo‘lsa, birovlarga gullab qo‘ymang. Undan ko‘ra fursat yetishini kuting va uni rahbarlarga shipshiting. Kunning ikkinchi yarmida xonadoningizga siz kutgan insonlar mehmon bo‘lib kelishadi. Lohaslikni his eta boshlasangiz, darrov vrachga uchrashing. Bu quyoshdagi portlashlar tufayli yerga yopirilib tushgan magnit bo‘ronlari asorati bo‘lishi ham mumkin.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Iloj qancha, bugun kuningiz haqiqiy dushanbadagidek juda og‘ir o‘tishi kutiladi. Biroq sabrlisiz. Irodangiz ham mustahkam. Shunday ekan, ishlang, qanchalar og‘ir bo‘lmasin, mehnat qiling. Xudo ishlay olmaslik balosiga yo‘liqishdan asrasin. Tadbirkor bo‘lsangiz, sheriklar bilan o‘zaro munosabatlarni internet orqali mustahkamlab borganingiz ma’qul. Kechqurun juftingizni olib ko‘cha aylansangiz, bir olam zavq olasiz.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
11 sentyabr kuni odatdagidek birinchi planda ishingiz turadi. Bu uydagilaringizga yoqmasligi, ular sizdan xafa bo‘lishlari mumkin. Oilaviy muammolar qalashib yotgan bo‘lsa kerak, ularni tushdan so‘ng yo‘l-yo‘lakay ijobiy hal etish imkoniga ega bo‘lasiz. Salomatlikni saqlashga qaratilgan profilaktika, gimnastika bugun sizga juda katta naf berishi mumkin. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar aynan shu ishlarni amalga oshirishi kerak. Kechqurun og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar yemang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun qanday ish bo‘lishidan qat’i nazar yeng shimarib astoydil kirishavering. Siz uddalay olmaydigan ishning o‘zi yo‘q. Atrofdagilar bilan muloqotda qarama-qarshi fikrlar aytib qo‘yishdan saqlaning. Bekorga hurmatingiz yo‘qolgani qoladi. Muhabbatda faqat qalbingiz amriga quloq tutgan holda ish ko‘ring. Oiladagi majburiyatlaringizni sidqidildan ado etsangiz, muammo chiqmaydi, xotirjam bo‘lasiz.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi