QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
12 sentyabr siz uchun nafaqat omadli, balki eng serdaromadli kunlardan biriga aylanadi. Agar har bir ishni jamoaviy tarzda amalga oshirsangiz, albatta omadning barchasini o‘zlashtirishga erishasiz. Ishxonangizdagi hamkasblar bilan janjallashib qolmaslik uchun tilingizga erk bermasligingiz tavsiya etiladi. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Ovqatlanishdan tortib ko‘chada yurishgacha me’yorlarga amal qiling. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Atrofdagilar bilan muloqotda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Ayniqsa, suhbatdoshingizning yoshi sizdan ulug‘ bo‘lsa, hurmat bajo aylashni unutmang. Shaxsiy hayotingizda xotirjamlik va ahillik hukm suradi. Bugunning eng ko‘ngilsiz lahzasi bu pul masalasidagi mushkulotlar va kamomatlar hisoblanadi. Lekin xudoning kuni ko‘p. Bugun bo‘lmasa ertaga albatta pul bo‘ladi. Asabiylashmasdan, taqdir hukmiga bo‘ysungan holda harakatlar sodir etsangiz bas.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
12 sentyabr kuni yirikmi, maydami, xarajatlarning yuziga qaramasdan pul sarflayvering. Buning uchun sizda zahira pullar yetib ortadi. Qolaversa, bugun kun davomida moliyaviy yutuqqa erishishingiz kutiladi. Kunning ikkinchi yarmida sizni xizmat safari kutadi. Tadbirkorlar muhim hujjatlarni imzolashlari ham ehtimoldan uzoq emas. Kechqurun tashqi ko‘rinishingizga e’tibor qaratib qo‘ysangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun nafaqat o‘zingiz, atrofdagilarning ham asablarini asragan holda ish ko‘ring. Ertalabdan kayfiyatingizda salbiy o‘zgarishlar paydo bo‘lishi sizni agressiv holatga tushirib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Ammo bunda boshqalarning aybi yo‘q. Juda bo‘lmasa, uydan ko‘chaga chiqmay, to o‘zingizni bosib olguncha dam oling. Oila qurmagan bo‘lsangiz, kechqurun sizni romantik uchrashuvga taklif etishlari kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ish bilan bog‘liq har bir detalga alohida e’tibor qarating. Xatoga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling. Bugungi moliyaviy ahvolingiz ham ishxonangizdagi faolligingiz, ehtiyotkorligingiz bilan bog‘liq bo‘lib turibdi. Shaxsiy hayotda oilasizlarga kutilmaganda yangi raqib ma’naviy zarbalar bera boshlaydi. Iroda kuchini ishga solsangiz, raqibni bir hamla bilan yenga olasiz. Biroq mushtlarni zinhor ishga sola ko‘rmang. Bo‘lg‘usi juftingizning ko‘ngli cho‘kadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
12 sentyabrda parizod burjida tavallud topganlar har gapga ishonib ketavermasliklari kerak. Oldin bu gapni mantiqan tahlil qiling, nazoratdan o‘tkazing. Ana undan keyin qaror chiqaring. Ishda tadbirkor bo‘ling. Shunda omad siz tarafga o‘tadi. Rahbarlar professionalligingizga, bilimingizga tan beradi va natijada mo‘may pul mukofotiga ega chiqishingiz turgan gap. Kechqurun surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatligini bir bor yana nazoratdan o‘tkazib olsinlar.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
12 sentyabr kuni oila qurmaganlardan kimdir birovni shu qadar qattiq sevib qoladiki, bunga o‘zi ham hayron qoladi. Siz bunday tuyg‘uni azaldan orzulardingiz. Mana, yetdingiz va endi uni qadrlashingiz, ishni to‘ygacha olib borishingiz shart. Ishda ham siz zimmangizga yuklangan vazifalarni a’lo darajada uddalaysiz. Basharti surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tib qo‘yishni unutmang. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin yog‘li taomlar iste’mol qilmang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun qanday to‘siqqa duch kelmang, topqir va abjirlik talab etiladi. Ish bajarishda, muammolarni ijobiy hal etishga urinishda faqat o‘z kuchingizga tayaning. Kun davomida o‘zingizga yoqmaydigan, anchadan beri g‘iybatingizni qilishdan tiyila qolmayotgan odam bilan yana ro‘baro‘ bo‘lishingiz mumkin. Uni sukut bilan yenging. Jahlga zeb bermang. Kechqurunga borib moliyaviy muammolaringiz ijobiy hal bo‘lishi tayin bo‘lib turibdi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
12 sentyabrda ishda o‘ta tezkorlik talab etiladi. Dangasalik, loqaydlik ashaddiy dushmaningiz ekanini doimo esda tuting. Buning uchun oldindan puxta reja tuzib olsangiz, yana yaxshi. Muhabbatda sizni g‘iybatlar, hasad va kichik ko‘ngilsizliklar ta’qib etishi mumkin. Sevgilingizni yoki yaqin insoningizni haqiqatan qadrlasangiz, uni ham bu balolardan asrang. Hayotga, dunyoga real ko‘z bilan boqishga harakat qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun o‘zingizdan ancha yoshi kichiklar maslahat berib asabingizni buzishi kutiladi. Ammo ularga quloq tutish yaramaydi. Bilganingizdan qolmang. Shunday qilingki, hech kim bema’ni maslahatlar berib vaqtingizni olmasin. Sportning ekstremal turlari, azartli o‘yinlardan yiroq bo‘ling, ular sizga faqat ko‘ngilsizlik va jismoniy zo‘riqish hadya etadi xolos. Salomatligingizga ham putur yetkazishi hech gap emas. Kun bo‘yi qiynalgan odamlar sizdan yordam so‘rab murojaat etsa, albatta yordam bering. Savob ham kerak-ku!
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
12 sentyabr kuni har bir qadamingizni o‘ylab bosing. Xatolarga yo‘l qo‘yishdan saqlaning. Romantik uchrashuvlar, nikohdan o‘tish, sovg‘alar hadya etish va qabul qilib olish uchun 12 sentyabr xayrli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida uy ta’miriga kirishishingiz kutiladi. Moliyaviy jihatdan ahvolingiz yomon emas. Eng zarur buyumlarga pul sarflasangiz bo‘ladi. Kechqurun oila a’zolaringiz bilan vaqt o‘tkazing.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Organizmingizda bugun kuch va quvvat yetarlicha. Har qanday turdagi yumushni sira tap tortmasdan ado etishingiz mumkin. Shubhali tuyulgan ishlarga yaqin bormang. Bunday ishlarning oxiri voy bo‘ladi. Ish joyingizda, shaxsiy hayotingizda jiddiy to‘siqlar, muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Oilada juftingizga nisbatan yanada mehribonroq bo‘lsangiz, faqat foyda qilasiz. Moliyaviy muammolaringiz buguncha juda qiyinchilik bilan bartaraf etilishi mumkin.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi