22:19 / 11.09.2017
8 211

Yaxshi kelinning 10 belgisi

Yaxshi kelinning 10 belgisi
1. Ertalab ko‘chaga suv sepib, supurish o‘rniga uxlab qoldingizmi? Kamiga sut pishirayotib, uni toshirdingiz, kechki ovqatni esa tuzga topshiribsiz… Shubha qilmang, axir aybingizni tan olib, oyijoningizdan uzr so‘rayapsiz, demak, yaxshisiz!

2. Qaynonaning gapiga darrov arazlaysiz, ichkariga kirib, yig‘lab ham olasiz. Baribir yaxshisiz. Bu bor-yo‘g‘i ota uyingizdan o‘zingiz bilan olib kelgan bolalarcha arazlashlar yaqin orada o‘zingiz ham ona bo‘lasiz. Demak, erkaliklar ortda qoladi.

3. Gap eshitdingiz, rosa alam qildi. Kechasi bilan bola boqib, kunduzi uy ishlariga ulgura olmasdan gap eshitsa alam qilarkan… Shunday bo‘lsa-da, tilingizdan «oyijon» so‘zi tushmayapti. Ko‘rdingizmi, yaxshi kelinsiz!

4. Qaynonani erga yomonlash yaxshilikka olib kelmasligini tezda tushunib oldingiz. Eng yaxshi yo‘l — qaynonaning ko‘ngliga yo‘l topish orqali erga yoqish. Bu qoidaga endi bir umr amal qilasiz.

5. Mana, kelin bo‘lganingizga ham bir necha yil bo‘libdi, ammo siz haqingizdagi noxush gaplar hatto farzandingizga ham ta’kidlab o‘tiladi. «Qayni-bo‘ynining supurgisi ham turtadi», deb shuni aytishsa kerak-da! Ha, mayli, qarang qanday sabrlisiz! Bu kabi mayda-chuyda gaplarga parvo qilmaslikka urinayapsiz. Balli, yaxshi kelinsiz!

6. Ro‘zg‘oringiz bo‘lak bo‘lsa-da, oyijoningizning maslahatlariga quloq tutasiz. Axir shuncha yilda qaynonaning gapiga kirib kam bo‘lmaganingizni tan olganingiz emasmi bu?

7. Shukrki, shuncha paytdan beri tilingizdan «labbay», «xo‘p bo‘ladi», «bir og‘iz so‘zingiz, oyijon» kabi shirin so‘zlar tushmaydi! Yashang, sizdek qizni tarbiyalagan ota-onangizga ming rahmat!

8. O‘tgan umringizni xotirlab, achchiq gaplarni indamay yutganingizga achinmang. Siz ko‘z oldida ulg‘ayib borayotgan farzandingizga yaxshi ibrat ko‘rsatayapsiz. Nasib qilsa, hali ko‘p yaxshi gaplar eshitasiz!

9. «Uydagi gapni ko‘chaga chiqarma!» To‘ydan avval onangiz qulog‘ingizga qo‘ygan bu gapni umrbod esdan chiqarmaysiz. Yaxshisiz, ichingizdagi cho‘g‘ni sovutish uchun birovga gapirguncha vaziyatni kulib yengib ketasiz.

10. Bu 10 belgini o‘qib turib, o‘zingizni tanidingiz. Ammo buni turmush o‘rtog‘ingiz yoki qaynonangizga rukach qilmaysiz. Bor-yo‘g‘i sevimli «Sug‘diyona» gazetangizni qaynonangizning ko‘zi tushadigan joyda qoldirasiz. Bu ham yaxshi ekaningizning bir belgisi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yaxshi kelinning 10 belgisi