8 460
Munajjimlar bashorati: 16 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun yulduzlar sizga o‘zgalar muammolarini zimmangizga olmaslikni maslahat berishadi. Kun davomida ko‘ngilsiz vaziyatlarga tushib qolishingiz mumkin. Shuning uchun har bir amalga oshirajak ishingizga aql bilan yondashing. Kechqurun oila a’zolaringizning biri bilan janjallashib qolishingiz kutiladi. Shunday ekan, iloji boricha yolg‘iz qolishga harakat qiling. Ommaviy tadbirlarda ishtirok etish bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
16 sentyabr kuni ish joyingizda hamkasblar orasidagi obro‘yingiz keskin yuqoriga ko‘tariladi. Bunga qadar uydagi mayda-chuyda muammolarni hal etib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Moliyaviy ahvolingizni yaxshilash uchun ham vaqtingiz yetib ortadi. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida ish yuzasidan boobro‘ shaxslar bilan uchrashishi kutiladi. Xastalik orttirib olmaslik uchun salomatligingizni nazorat qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Tijorat sohasida ter to‘ksangiz, bugun ertalabdan raqobatchilar bilan kurashishingiz zarur bo‘ladi. Kurash keskin kechadi. Bir o‘zingiz ularga bas kela olmaysiz. Yaxshisi, badavlat va yuqori lavozimli tanishlaringizni ishga soling. 16 sentyabr kuni sizga asabiylashish va bahslashish faqat ziyon yetkazishi mumkin. Kechqurunga hech qanday tadbir yoki yangi harakatlar sodir etishni rejalashtirmang. Kuchingiz uyga yetib olish-u, qondoshlar bilan salom-alik qilishgagina yetadi. Kun davomida salomatligingizni nazoratdan chetda qo‘ymang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
16 sentyabr kuni ishda iste’dodingizni, professionalligingizni qaytadan isbotlashingizga to‘g‘ri keladi. Mavqeingizni oshirish uchun yangi usul va axborotlarni qidiring. Bugun nikohdan o‘tish va ajrashish muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Demak, hamma narsani borligicha qoldiring. Aks holda keyin pushaymonlar yeysiz. Kechqurun oilasizlar romantik uchrashuvga chiqishlari kutiladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz xayrli boshlanadi. A’lo kayfiyat ishlaringizga qo‘shimcha unum hadya etadi. Jiddiy sabab bo‘lmasa, pul bilan bog‘liq loyihalarga qo‘l urmang. Yo‘qsa, yillab yig‘ilgan pullar ko‘kka sovuriladi. Xizmat safariga chiqish, majlislar va kelishuvlar xayrli o‘tadi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, bugun kechqurunga uchrashuv belgilamang, omadsizlikka duch kelasiz. Undan ko‘ra sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘uring.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
16 sentyabr ishda mustaqil harakatlar sodir etishdan tiyiling. Har bir ishni jamoaviy tarzda bajarishga harakat qiling. Shaxsiy hayotda bugun azaliy orzularingiz haqiqatga aylanishi mumkin. Notanish odamlar kelib sizga qo‘shimcha daromadli ish taklif etsa, yetti o‘lchab bir kesing. Kechqurun salomatligingizda salbiy o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar juda ehtiyotkor bo‘lishlari talab etiladi. Ayniqsa, quyosh tig‘ida yurishdan tiyiling.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun qo‘shimcha daromadli ishlar topilishi evaziga moliyaviy ahvolingizni kunning birinchi yarmidayoq yaxshilab olishingiz haqiqatga yaqin bo‘lib turibdi. Tushdan keyin yaqin do‘stlaringizdan biri bilan uchrashib, yoqimli suhbatlar qurishingiz kutiladi. Muhabbatda oila qurmaganlar va qurish arafasida turganlar muammoga duch kelishmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Spirtli ichimliklar iste’mol qilmang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
16 sentyabr kunning birinchi qismida juda yoqimli lahzalarga va hodisalarga guvoh bo‘lasiz. Ular sizga qo‘shimcha kayfiyat berib, o‘zingizni qushdek yengil his eta boshlaysiz. Aldov, ko‘zbo‘yamachilikka asoslangan tadbirlarda ishtirok etishga to‘g‘ri kelsa, nima qilsangiz qiling, ammo ishtirok etmang. Muhabbatda ba’zi do‘stlarimiz yolg‘on tufayli aziyat chekishi kutilmoqda. Asabni asrang. Asab tanangizni tik tutishda, olg‘a qadam bosishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Zinhor olis safarga otlana ko‘rmang. Jarohat olishingiz xavfi bor. Hali boshingizga tushmagan ko‘ngilsiz hodisa haqida o‘ylab asabiylashmang. Shaxsiy hayotingizda tub burilishlar kutiladi. Tayyor turing. Bugundan e’tiboran barcha zararli odatlardan yuz o‘girib, sog‘lom turmush tarziga o‘tishingiz faqat foyda keltiradi. Salomatligingiz ham asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, yanada yaxshilana boradi. Kechqurun ko‘nglingizga yaqin va yoqimli xabar eshitishingiz ehtimoli bor. O‘zingizni ehtiyot qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
16 sentyabr kuni lavozimini va mavqeini, jamiyatda obro‘sini oshirish istagida bo‘lganlar, jiddiy tusga kirishlari kerak. Hazil-mutoyiba bilan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Oila qurmagan qiz-juvonlardan birini o‘zi yoqtirgan odam kutilmaganda uchrashuvga taklif etishi mumkin. Dunyoga oddiy ko‘zlar bilan boqing, atrofdagi har bir katta-kichik hodisani murakkablashtiravermang. Kechqurun organizmni jismoniy zo‘riqishdan saqlang, yengil hazm bo‘luvchi taomlar bilan cheklaning.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Biron bir qarorga kelmoqchi bo‘lsangiz, atrofdagilarning maslahatiga umuman amal qilmang. Faqat o‘z aqlingizga tayanib ish ko‘ring. Shaxsiy hayotda prinsipiallikdan qoching. Olisga safar va tabiat qo‘ynida dam olib qaytish masalasini boshqa kunga qoldiring. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt o‘tkazing. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi mumkin.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
16 sentyabr kuni baliq burji vakillari nafaqat atrofdagilarni, balki o‘zini ham ranjitib qo‘yishdan mosuvo emas. Bunga kayfiyatingizning tersligi sabab bo‘lishi mumkin. Yangi tanishuvlar, ayniqsa, romantik xarakterga ega tanishuvlardan qoching. Tijoratchi bo‘lsangiz, daromaddan sira xavotir olmang. Uning o‘zi kechki payt sizni qidirib topadi.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas