23:34 / 17.09.2017
8 978

Munajjimlar bashorati: 18 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 18 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Agar muammo pulga kelib taqaladigan bo‘lsa, hech kimdan yordam kutmang. Yaxshisi, qarz ko‘tarib sarson bo‘lgandan, qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish izlang. Qachonlardir janjallashib qolgan do‘stingiz bilan 18 sentyabr kuni yarashasiz va bu kayfiyatingizni bir necha pog‘ona yuqorilatishi tayin. Muhabbatda oila qurmaganlarga bugun omad kulmaydiganroq bo‘lib turibdi. Salomatligingizni mustahkamlash haqida qattiqroq qayg‘uring. Kechqurun shamollab qolishdan saqlaning.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

18 sentyabr kuni atrofdagilarning fikriga qarshi bora ko‘rmang, naq baloga qolasiz. To‘g‘ri, qaysarligingizni ko‘pchilik biladi, ammo bugun bu ham sizga yordam bermasligi mumkin. Kechqurunga borib salomatligingiz pand berib, o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz ehtimoli bor. Darhol vrachga murojaat eting. Mavsumiy kiyimlarda ko‘chaga chiqing va zinhor boshqa shaharga borishni rejalashtirmang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun muhim hujjatlarga imzo chekishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Sergaklikni qo‘ldan bermang. Arzimagan xatolik ham siz uchun qimmatga tushishi mumkin. Ishda ham kechga qadar keragicha toliqasiz. Lekin moliyaviy muammolar sizning foydangizga hal bo‘lib kayfiyatingiz ko‘tariladi. Faqat xarajatlarga zeb berib yubormang. Tejamkor bo‘ling, ziyon ko‘rmaysiz. Kechqurun yo‘llarni kesib o‘tishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

18 sentyabrda ishxonada zimmangizdagi majburiyatlarni ado etish payida bo‘ling. Basharti hamkasblar bilan suhbatlashib vaqt o‘tkazsangiz, rahbarlardan dakki eshitish uyoqda qolib puldan ham quruq qolishingiz hech gap emas. Shaxsiy hayotdagi tashvishlarga barham berish uchun kuch va sabr kerak bo‘ladi. Hech bir masalaga yengil qaramang. Salomatligingiz yomonlashuvi kutiladi. Hoynahoy, bosh og‘rig‘i yoki gripp alomatlari sizni bezovta qilsa kerak. Ko‘cha taomlarini iste’mol qilishdan tiyiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Agar bir maqsad yo‘lida astoydil harakat qilsangiz, bo‘lar-bo‘lmasga chalg‘iyvermasangiz, kuningiz xayrli kechadi. Mavqeingiz ortishini istaysiz, bu haqiqat. Biroq buning uchun nafaqat ko‘p ishlash, balki o‘rganish ham kerak. Bilim darajangizni oshirishingiz talab etiladi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, 18 sentyabr kuni ehtiros va aldamchi tuyg‘ularga laqqa tushmang, birinchi navbatda sog‘lig‘ingizga putur yetishi mumkin. Kechqurun yolg‘izlikda vaqt o‘tkazing.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

18 sentyabr kuni jamoangizda yana bir bor o‘zingizni ko‘rsata olasiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak rahbarlar lavozimingizni oshirish harakatiga tushishadi. Lekin ularga emas, xudoga ishoning. Shunda orzularingiz haqiqatga aylanishi oson kechadi. Juftingiz bilan yana janjallashib qolmaslik uchun muloyimroq, hushyorroq munosabatda bo‘ling. Salomatlikni tiklash uchun esa hammom amali katta yordam beradi. Kechqurun sizni qaysidir tanishingiz o‘z uyiga mehmonga taklif etishi ham ehtimoldan xoli emas.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Ish yuzasidan kunning birinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Tadbirkor bo‘lsangiz, bu tanishuvlar sizga juda asqotishi mumkin. Katta ishga katta pul tikishdan oldin tajribasi siznikidan ko‘proq insonlarga maslahat soling, shunda inqirozga yuz tutmaysiz. Kechqurun kutilmaganda g‘oyibdan qo‘lingizga katta pul kelib tushishi mumkin. Uxlashga yotishdan oldin og‘ir hazm bo‘luvchi ovqatlarni yemang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

18 sentyabr huquqshunos orqali hal bo‘ladigan muammolar yuzaga kelishi kutiladi. Kun davomida his-tuyg‘ular tafakkuringizdan ustun kelishga harakat qilishi mumkin, ehtiyot bo‘ling. Ijodkorlar bugun har qanday odamning yuragini sel qila oluvchi bir asar yozishni boshlashadi. Biling, bugun yozila boshlangan asarning kelajagi porloq bo‘ladi. Sog‘liqni esa erinmasdan tez-tez nazorat qila boring. G‘iybatchilar, hasadgo‘ylar, ichi qoralar bilan muloqot qilmang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Muhabbatda bugun omadingiz chopadi. Ayniqsa, oilasiz bo‘lsangiz, kuningiz tug‘di deyavering. Tanlash imkoniyatlaringiz shu qadar ko‘payadiki, boshingiz aylanib hayron bo‘lgancha o‘tirib qolasiz. Ana shunday lahzalarda qalbingizdan maslahat so‘rang. U sizga munosibini tanlab bera oladi. Ishxonangizda kimdir sizni sindirmoqchi, yo‘ldan chiqarmoqchi bo‘lganidan xabar topasiz. E’tibor qilmang, oxirini kuting. Birovga qasddan qazilgan chuqur hech qachon birovga nasib etmaydi, balki o‘sha chuqurni qaziganning o‘ziga buyuradi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

18 sentyabr ertalab negadir kayfiyatingizda tushkunlik, o‘zingizni tutishingizda jahldorlik alomatlari sezila boshlashi mumkin. Hatto yaqinlaringizni ham ko‘rishni istamay borasiz. Esda tuting, buguningiz janjal yoki xafagarchiliklar emas, tinch va ahil hayot uchun xizmat qilishi lozim. Kun davomida yangi do‘stlar orttirishingiz kutiladi. Xuddi o‘shalar moliyaviy muammoni hal etishda ko‘maklashib yuborishi mumkin. Kechqurun qilingan muhabbat izhorlari, romantik uchrashuvlarning umri boqiy bo‘ladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Oilada qanday voqea sodir bo‘lmasin, qanday vaziyat yuzaga kelmasin, e’tibor bilan yondashing. Ishda ham topshiriqlar ko‘paygandan ko‘payadi. Ammo birinchi o‘rinda oilaviy yumushlarni bajarib qo‘yishingiz kerak. Lekin yumushlarni bajarishda yolg‘iz emas, tajribali insonlar bilan birgalikda harakatlar sodir eting. Juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarda bugun his-tuyg‘ular sizga dushman chiqishi mumkin xolos. Shuning uchun tafakkurni ishga solmasangiz bo‘lmaydi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

18 sentyabr kuni suyukli insoningizga nisbatan sabrli va muloyim munosabatda bo‘ling. Basharti orangizda jiddiy muammolar paydo bo‘lganini sezsangiz, asosiy ishni tashlab qo‘yib bo‘lsa ham muammoni ijobiy hal eting. Pul masalasida xotiringiz jam bo‘lsin. Kechqurunga borib uning o‘zi sizni qidirib keladi. Tavakkalchilikka aslo o‘rin bermang. Kechqurun toza havoda sayr qiling, qo‘shimcha kuch yig‘ib olasiz.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 18 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..