21:19 / 18.09.2017
7 479

Munajjimlar bashorati: 19 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 19 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugungi kun siz uchun stress va depressiya holatlariga boy bo‘lishi kutilmoqda. Shuning uchun ko‘proq vaqtingizni yolg‘izlikda kechirganingiz ma’qul. Birovdan qarz ko‘tarish yoki bankdan kredit olish 19 sentyabr kuni muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Shu sabab bo‘lib oiladagilar bilan ham bekorga janjallashganingiz qoladi. Kechqurun hamkasblaringizdan kimdir qo‘ng‘iroq qilib sizga xushxabar yetkazishi kutiladi. Sog‘lig‘ingizni doimo nazoratda ushlang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

19 sentyabr kuni hayotingizni o‘ta mazmunli va quvonchli qilish uchun bir talay imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Atrofdagilar bilan janjallarsiz muloqot qiling va ularni o‘z ta’siringizga olish yo‘lida harakatlar sodir eting. Tijorat sohasida ishlasangiz, 19 sentyabr kuni raqobat o‘tgan kunlardagiga nisbatan ikki hissa kuchli bo‘ladi, tayyor turing. Kechqurun immunitetni ko‘tarish va sog‘liqni tiklashda nafi tegadigan jismoniy mashqlarni bajaring.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Emotsiya, his-tuyg‘ularni hadeganda zo‘riqtirishdan tiyiling. Buning oqibati yaxshi bo‘lmaydi. Oilaviymi, ishdami, muammo bo‘lsa tafakkurni ishga solgan holda ish tuting. Ba’zilar hamkasblardan biri bilan ishqiy sarguzashtlarga berilishi mumkin. Ehtiyot bo‘ling, bunday ishlarning intihosi yaxshi kechmaydi. Basharti oilasiz bo‘lsangiz, boshqa gap. U holda qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, to‘yni tezlashtirishga intilishingiz kerak bo‘ladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

19 sentyabrda ijodiy salohiyatingiz, tashkilotchilik qobiliyatingizni barchaga namoyish etishingizga to‘g‘ri keladi. Shu narsa sabab bo‘lib jamiyatdagi o‘rningizni mustahkamlab olsangiz ajabmas. Tijorat bilan shug‘ullanadiganlarning ishi bugun orqaga ketish xavfi ostida turibdi. Ish strategiyasini o‘zgartirishingizga to‘g‘ri keladi. Tadbirkor bo‘lsangiz, yangi va ishonchli hamkorlar toping. Kechqurun texnika vositalaridan birining buzilishi kutiladi. Bu mashina, televizor yoki kir yuvish mashinasi bo‘lishi ham mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yulduzlar bugun xususiy mulk oldi-sotdisi bilan shug‘ullanmaslikni maslahat berishadi. Bu maslahatga quloq tutmaslik oqibatda uy-joysiz qolishingizga sababchi bo‘lishi mumkin. Qiz-juvonlar uchun 19 sentyabr tashqi ko‘rinishiga zeb berib, garderobini yangilaydigan kun. Erkaklarimiz esa salomatliklari haqida qayg‘urishsa yomon bo‘lmasdi. Bu yo‘lda pulni ayamang. Kechqurun erinmasdan do‘kon aylanishingiz va yoqimli xaridlar qilishingiz tavsiya etiladi. Qo‘rqmang, pulingiz yetarlidan ham ko‘proq bo‘ladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

19 sentyabr kuni ishxonada turli-tuman eksperimentlar o‘tkazishdan qoching. Sxema bo‘yicha, qolipdan chiqmagan holda ishlang, toki rahbariyat bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelmasin. Oila qurmaganlar bugun kunning ikkinchi yarmida romantik lahzalarga oshno bo‘lishadi. Ularni kutilmagan sovg‘alar ham kutib turibdi. Kun davomida firibgarlikka yo‘g‘rilgan ishlarni bajarishdan tiyiling. Uxlashga yotishdan oldin albatta toza havoda sayr qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Duch kelgan odamga ishonib, so‘zlariga laqqa tushib ketaverishdan saqlaning. Aks holda o‘zingiz tanib-tanimaganlar ham boshingizga chiqib olishi hech gap emas. Nimaiki savol tug‘ilsa, faqat qalbingizga maslahat soling. Agar oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘ygan bo‘lsangiz, kelishuvlar va xizmat safarlari muvaffaqiyatli kechadi. Sog‘lig‘ingiz yomonlasha boshlaganini sezsangiz, darrov vrach chaqirtiring. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar esa bugun albatta to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tib qo‘yishlari shart.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

19 sentyabrda kayfiyatingiz yaxshi bo‘lmasligi kutiladi. Hamma narsadan ko‘nglingiz sovigandek loqayd bir odamga aylanib borayotganingizni his etasiz. Uzoq-uzoqlarga bosh olib ketgingiz kelaveradi. Afsuski, bularning hech qaysisi sizga yordam bermaydi, yupanch bo‘la olmaydi. O‘zingizni o‘zingiz xursand qilib, kayfiyatni ko‘tarib olmasangiz, ahvol og‘irlashib boraveradi. Juftingizdan shubhalanmang, u sizga sadoqatli. Unga ishonishga harakat qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Odam ko‘p to‘planadigan joylarga bormang, yangi tanishuvlar sari oshiqmang, aldanib qolishdan saqlaning. Bularning barchasi bugun siz uchun shiorga aylanishi lozim. Oila qurmagan bo‘lsangiz, kechqurun o‘zingiz orzulagan insonni uchratishingiz ehtimoli bor. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda ehtiyot bo‘ling. Kissavurlarga hushyor bo‘ling. Tag‘in boringizni shilib ketishmasin. Shundoq ham bugun moliyaviy ahvolingiz yaxshilanadiganga o‘xshamay turibdi. Iloj qancha?!. Do‘ppi tor kelsa, qarz ko‘tarasiz-da!

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

19 sentyabr kuni professional kasbingiz doirasida miyangizga yangi g‘oyalar quyilib kelishi mumkin. Bu g‘oyalardan rahbariyatni o‘z vaqtida ogoh etsangiz, oshig‘ingiz olchi bo‘ladi. O‘zingizga yoqmaydiganlar bilan muloqotga kirishmang. Jismoniy zo‘riqishlardan nariroq yuring. Yo‘qsa, salomatlikka putur yetkazib qo‘yasiz. Xolesteringa boy taomlar iste’mol qilmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Ijod kishilarining kayfiyati bugun yaxshi bo‘lmasligi kutilmoqda. Aniqrog‘i, kayfiyatingiz kun davomida yuz martalab turlanishi mumkin. Lekin xavotirga o‘rin yo‘q. Odatiy ishlarni bajarishda davom eting. Moliyaviy ahvolingizni faqat qarz ko‘tarish yo‘li bilangina yaxshilashingiz mumkin. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing. Bir necha soat yolg‘iz qolib kelajak haqida rejalar tuzsangiz ham ziyon qilmaydi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

19 sentyabr kuni havo ochiq bo‘lsa, tabiat qo‘yniga chiqib dam oling. Shu bahonada o‘tgan kunlardagi ruhiy va jismoniy zo‘riqishlar asoratini yo‘q qilasiz. Sportchi va tijoratchilar uchun bugungi kun har jihatdan omadli keladi. Oila qurmagan yigitlarning ayrimlari kechqurun idealidagi qizni uchratish ehtimoli bor. Sog‘lig‘ingizni ehtiyotlang.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 19 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..