09:02 / 19.09.2017
5 886

Sitrusli daraxtni qanday qilib danagidan o‘stirish mumkin?

Sitrusli daraxtni qanday qilib danagidan o‘stirish mumkin?
Yorqin mevali apelsin yoki limon daraxtini sotib olish juda oson — lekin, bu qimmat va qizig‘i yo‘q. Agar sizda o‘simlikshunoslikda o‘z kuchlaringizni sinab ko‘rish istagi va bir-ikki yil vaqtingiz bo‘lsa, unda bu xushmanzara o‘simlikni mustaqil ravishda o‘stirib ko‘ring!

Buning uchun nima qilish kerak?

Agrotexnikasi juda oddiy.
  1. Apelsinni yeng va danaklarini olib qo‘ying.
  2. Eng katta va dumaloqlarini tanlab oling.
  3. Unchalik katta bo‘lmagan plastik idish oling, ichiga suvga ho‘llangan dokani qo‘ying, uning ustiga esa— danaklarni. Ichiga biroz havo kirib turishi va issiqxona samarasini berishi uchun idishning qopqog‘ini unchalik mahkam qilmasdan yoping.
  4. Idishni iliq va yorug‘ bo‘lgan deraza tokchasiga qo‘ying. Bir-ikki oy kuting va danaklar har doim nam bo‘lib turishini nazorat qilib turing.
  5. Birinchi kurtaklar o‘sib chiqishi bilan ekishga tayyorgarlik ko‘rish kerak. Kichikroq tuvak oling— yoki danaklar ekilgan o‘sha idishdan foydalaning, u yerga drenaj, tuproq soling. Uning ustidan suv qo‘ying, chuqurligi 1–1,5 sm bo‘lgan chuqurchalar qiling. U yerga ehtiyotlik bilan ko‘chatlarni qo‘ying, tuproq seping, qopqog‘ini yoping.
  6. Kuzatish va parvarish qilishni davom ettiring. Ko‘chatlarning shoxlari bir tekisda shakllanishi uchun har birini iloji boricha alohida va diametri kattaroq bo‘lgan tuvaklarga ko‘chirib o‘tqazing.
  7. 5–6 ta bargchalar paydo bo‘lgandan keyin uchlarini sal qisqartiring — sitrus yuqoriga qarab o‘sishdan to‘xtaydi va yonidan ham shoxlar chiqara boshlaydi. O‘simlik ustiga har doim iliq suv sepib turing.
  8. 2–3 yillardan keyin siz chiroyli daraxtga ega bo‘lasiz. Gullashini kuchaytirish uchun halqalash usulidan foydalanishingiz ham mumkin.

Manba: «Daryo.uz»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sitrusli daraxtni qanday qilib danagidan o‘stirish mumkin?