21:32 / 19.09.2017
6 917

Munajjimlar bashorati: 20 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 20 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Ertalabdayoq ortingizdan kimlardir g‘iybat qilayotganidan xabar topasiz. Lekin kayfiyatni buzish kerak emas. «Mevali daraxtga tosh otiladi», degan gap to‘g‘ri. G‘iybat qilishyaptimi, demak, siz har jihatdan ularga nisbatan oldinda ekansiz. Agar ertalabdan astoydil yeng shimarib ish boshlasangiz, barcha ishlaringiz baroridan keladi va shunga yarasha daromadini ham ko‘rasiz. Asosiysi, faqat o‘z kuchingizga tayaning.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

20 sentyabr kuni aqlingiz yetmaydigan, imkoniyatlaringiz ko‘tara olmaydigan ishlardan yuz o‘giring. Yaxshilab o‘ylang, nafas rostlang, rejalarni puxtalashtiring. Ana undan keyin ish boshlang. Inshoolloh, ishingizda unum bo‘ladi, cho‘ntagingiz pul ko‘radi. Do‘stlardan biri yuzingizga haqoratga qorishiq gap aytishi mumkin. Kayfiyatingiz tushsa-da, sukut saqlash orqali unga qarshi kurash olib boring. Salomatlikni ko‘z qorachig‘idek asrang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yaqinlaringizga yanada qaynoq mehr ko‘rsating. Ularning o‘y-xayollari, orzu-armonlari bilan qiziqing. Olisga xizmat safari uyushtirish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Ammo bu safarga yolg‘iz chiqish yaramaydi. Hamkasblardan birini sherik qilib oling, shu tinchroq bo‘ladi. Kechqurun ovqatlanish me’yorlariga qat’iy amal qiling. Organizmni jismoniy zo‘riqtirishdan asrang va sog‘lig‘ingizni alohida nazorat qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun hamma narsa o‘zingizga bog‘liq bo‘lib turibdi. Ish, oila, shaxsiy manfaatlarni qanday tashkil etsangiz, xuddi shunday kechadi. O‘zgalar yordamiga ishonish noto‘g‘ri. Bugun faqat qalbingizgina sizga ko‘makdosh bo‘la oladi. Oiladagi yoqimli tashvishlar ko‘p muammolar haqida o‘ylab qiynalmasligingizni ta’minlaydi. Sog‘lig‘ingiz kechga tomon sal yomonlashishi mumkin. Lekin bu qisqa fursatda o‘tib ketadi. Kechqurun mehmondorchilikka chaqirishsa, bormang, zararli odatlaringiz uyg‘onib sizga ziyon yetkazishi mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Nafaqat moddiy, balki ruhiy jihatdan ham boy bo‘lishni xohlasangiz, yangi g‘oyalar qidirishga tushing. Bu sizning qo‘lingizdan keladi. Professionalsiz desa ham xato bo‘lmaydi. Muhabbatda oila qurmagan do‘stlarimiz haqiqiy ijodkorga aylanishlari talab etiladi. Bu majoziy ma’nodagi qanotingizni uzaytirib, yettinchi osmonga parvoz qilishda qushdek yengil bo‘lishingizga turtki vazifasini o‘taydi. Kechqurun sizga maoshi ko‘p ish taklif etishlari kutiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun ijod kishilarining qo‘shimcha dunyosi yuz ko‘rsatadi. Shuning oqibatida xayolparastga aylanishadi. Asosiy ishlarga qo‘l siltashadi. Bir jihatdan buning ham foydasi bor. Daf’atan yangi g‘oyalar o‘ylab topasiz. Bu g‘oyalar eng muhim vazifalarni a’lo darajada ado etishingizda asqotadi. Qanday ishga qo‘l urmang, do‘stlar, tanishlar, yaqinlar yordamiga ishonmasdan, o‘z kuch-imkoniyatlaringizdan foydalangan holda yo‘l tuting.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

20 sentyabr kuni asosan moliyaviy muammolarni hal etish bilan vaqt o‘tkazishingiz kutiladi. Kimlardandir qarzingiz bo‘lsa, albatta bugun qaytarishga harakat qiling. Busiz xonadoningizda baraka bo‘lishi qiyin kechadi. Bugun zinhor biznes bilan shug‘ullanishga urinmang, muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Kechqurun vaqtingizni oila davrasida o‘tkazing. Sog‘lig‘ingizni asrang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun yulduzlar ishxonangizda rahbarlar bilan munosabatingiz yanada yaxshilanishini bashorat qilishgan. Bu ishingizda sifat darajasi ortishi tufaylidir. Lavozimingiz ortishi, hamkasblaringiz orasida obro‘yingizga obro‘ qo‘shilishi ehtimol emas. Ba’zi do‘stlarimiz xonadonida bugun yangi mehmon dunyoga kelishi kutiladi. Kechqurun yaqinlaringiz davrasida vaqt o‘tkazing.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

20 sentyabr kuni ishlaringiz baroridan kelishida hamkasblaringiz yaqindan ko‘mak berishadi. Demak, rahbariyat qarshisida hurmatingiz yanada oshadi. Mavqeingiz ham yuqorilab yetti uxlab tushingizga kirmagan lavozimlarni egallash uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Shaxsiy hayotda ham diplomatlarcha yo‘l tuting. Juftingizni rashk qilaverishdan tiyiling. Emotsiya, his-tuyg‘ularni jilovlang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Bugun sizni qisqa masofaga sayohat, yangi tanishuvlar va yoqimli lahzalar intiq kutadi. Bularning barchasi kunning birinchi qismida yuz berishi, ayniqsa, quvonarlidir. Kechqurun yaqin do‘stlar bilan uchrashib, chaqchaqlashishingiz mumkin. Bu ham kayfiyatingizga kayfiyat qo‘shadi. Juftingiz bilan arazlashib qolgan bo‘lsangiz, buguncha munosabatlarga oydinlik kiritishga shoshilmang. Buning uchun boshqa kunni tanlay qoling. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

20 sentyabr kuni ish joyingizda sizni yoqimli xabarlar va vaziyatlar kutib qoladi. Asosiysi, boshliqlar ne ish buyursa, bo‘yin tovlamasdan bajaravering, mukofotini albatta olasiz. Shaxsiy hayotda sizni rыsar deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. Juftingiz so‘nggi qaroringizni kutadi. Yuz-ko‘zlaridan siz bilan faxrlanishini darrov ilg‘ab olasiz. Unga kechqurun kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘ysangiz ham ziyon qilmasdi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Kun davomida aslo bir joyda o‘tirib yoki turib qolmang. Harakatlar sodir eting. Harakatlanishdan to‘xtamang. Iloj topsangiz, qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish toping. Muhabbatda hali oila qurishga ulgurmaganlarning oshig‘i olchi bo‘ladi. Ajoyib bir insonni uchratasizki, unga birinchi marta boqqandayoq bir umrlik yo‘ldosh bo‘la olishiga ishonchingiz komil bo‘ladi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 20 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..