15:32 / 20.09.2017
42 800

O‘g‘il ko‘rishni istasangiz, maxsus parhez bilan tanishing!

O‘g‘il ko‘rishni istasangiz, maxsus parhez bilan tanishing!
O‘g‘il va qiz farzand ko‘rish uchun nima qilish kerakligi ko‘pchilik juftliklarni qiziqtiradi. Bu savolga aniq bir javob bo‘lmasa-da, taxmin va ehtimollarga tayanib joriy qilingan bir qanchausullar mavjud. Masalan, xitoycha va yaponcha taqvim, rezus omil va qon guruhiga qarab hisoblash jadvali, ovulyatsiya kuni bo‘yicha homilador bo‘lish kabilar...

Buni qarangki, tarixda, ya’ni 1935 yildan e’tiboran, olimlarni ayol tanovvul qiladigan taomlarning bo‘lajak homilaga ta’siri masalasi qiziqtirgan ekan. Bu izlanishlar uzoq davom etgani rost. Zero, qariyb bir asrlik tajribalardan so‘ng Fransiyaning San-Jak universiteti qoshidagi Akusherlik va ginekologiya klinikasi ayollar uchun maxsus parhezni e’lon qildi. Mazkur parhez tajribasida ishtirok etib, unga to‘liq rioya qilgan ayollarning 75 foizi o‘zi istagan natijaga erishgan.

O‘g‘illi bo‘lishni istaganlar uchun parhez


Tavsiya etiladi:
  • Choy, kofe
  • Mevali sharbatlar
  • Gazlangan mineral suv va boshqa gazlangan ichimliklar
  • Barcha turdagi go‘sht mahsulotlari (dudlangan, tuzlangan)
  • Baliq va baliq go‘shtidan tayyorlangan mahsulotlar
  • Boshoqli o‘simliklar, guruch va makaron mahsulotlari
  • Barcha turdagi nonlar
  • Sabzavotlar: kartoshka, qo‘ziqorin, sabzi, sholg‘om, bulg‘or qalampiri va hokazolar
  • No‘xat, soya, makkajo‘xori, loviya
  • Barcha turdagi mevalar, ayniqsa, banan, o‘rik, apelsin, shaftoli va olcha
  • Quruq mevalar: turshak va mayiz
  • Tarkibiga sut qo‘shilmagan shirinliklar
  • O‘simlik yog‘lari
  • Zaytun mevasi

Tavsiya etilmaydi:
  • Sut va sut mahsulotlari
  • Tarkibida kalsiy miqdori ko‘p bo‘lgan mineral suv
  • Pishloq va tuxum
  • Muzqaymoq va kakao

Qizli bo‘lishni orzu qilayotganlar uchun parhez

Tavsiya etiladi:
  • Sut va sut mahsulotlari
  • Olmali, olchali va ananasli sharbatlar
  • Tarkibida kalsiy moddasi yuqori bo‘lgan mineral suv
  • Kuniga 120 grammdan mol, qo‘y hamda tovuq go‘shti. Shuningdek, jigar ham foydali. Imkon qadar tuzi past bo‘lsin
  • Yogurt va tvorog
  • Tuxum va undan tayyorlangan mahsulotlar
  • Konditer mahsulotlari
  • Guruch va makaron mahsulotlari
  • Sabzavotlar: sabzi, sholg‘om, piyoz, no‘xat, rediska, bodring va salat bargi
  • Achchiq ziravorlar
  • Tarvuz, qulupnay, malina, nok va shaftoli
  • Bodom, yong‘oq va yong‘oqning boshqa turlari

Tavsiya etilmaydi:
  • Kofe, choy, qora shokolad, gazlangan ichimliklar
  • Pashtet, kolbasa, dudlangan go‘sht va baliq go‘shti
  • Sho‘r pishloqlar
  • Selderey, lavlagi, karam, lavlagi, pomidor
  • Banan, shaftoli, o‘rik, olcha, apelsin
  • Quruq mevalar

Parhezga asoslanib, farzand ko‘rishni istayotgan ayollarni ogohlantirmoqchimiz. Bu parhezni homiladorlik yuz berguniga qadar, ya’ni taxminan 4-2 oy avvaldan boshlash lozim. Homiladorlikda esa parhezni to‘xtatish talab qilinadi. Axir, ilk oylardayoq bolaning tanasi, asab tizimi, ichki a’zolari shakllana boshlaydi. Bu davrda onaning sifatli va tartibli ovqatlanishi homila to‘g‘ri rivojlanishiga zamin yaratadi.

Egizaklar uchun
Egizak farzandlarni dunyoga keltirishni istaganlar uchun, afsuski, parhez mavjud emas. Shu bois birdaniga ikki farzandli bo‘lishni orzu qilishdan avval eringizning avlodida egizaklar bor yoki yo‘qligi haqida bilib oling. Ilmiy nuqtai nazardan olib qaralganda, egizaklarpaydo bo‘lishiga javob beradigan gen Y xromosoma bilan bog‘langan bo‘lib, bu xromosoma faqatgina erkaklarda bo‘ladi. Agar sizning (ya’ni ayolning) egizak qarindoshlaringiz bo‘lsa, imkoniyatlar juda kam foizni tashkil qiladi.

Dilnoza

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘g‘il ko‘rishni istasangiz, maxsus parhez bilan tanishing!