22:17 / 20.09.2017
8 892

Munajjimlar bashorati: 21 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 21 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Afsuski, bugun o‘zingiz sezmagan holdami aldovga qorishiq tadbirlarda ishtirok etishni ixtiyor etasiz, o‘sha tomonga talpina boshlaysiz. Bu ko‘zlangan maqsadlarga yetishda sira yordam bermaydi. Aksincha ahvolingizni battar yomonlashtiradi. Undan ko‘ra, yaxshimi-yomonmi, kundalik ishlar bilan band bo‘ling, moliyaviy muammolarni hal eting. Oilalilar bugun kunning ikkinchi yarmidan ko‘proq vaqtini bolalar tarbiyasiga bag‘ishlashsa, foydadan xoli bo‘lmasdi. Kechqurun tabiat qo‘ynida dam olish va xarajatlar muvaffaqiyatli kechadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Agar yangi ishga o‘tgan bo‘lsangiz, 21 sentyabr kuni bilim darajangiz, malakangizni oshirish payida bo‘ling. Ishingiz bilan bog‘liq axborotlar to‘plang, seminarlarda ishtirok eting. Moliyaviy masalada esa tejamkor bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Faqat eng zarur va yirik bo‘lmagan buyumlarni sotib oling. Yirik xaridlarga boshqa kunni mo‘ljallang. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing, iste’mol qilinadigan taomga alohida e’tibor qarating. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi kutiladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

21 sentyabrda shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq mushkul vaziyatlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Lekin qayg‘u ekan deb tushkunlik dengizi tubiga tushib ketish ham yaramaydi. Muammolarni tanishlar yordamida hal etsangiz ham bo‘ladi. Juftingiz bilan munosabatlarda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Kechqurun kimdir sizni mehmonga taklif etishi mumkin. Albatta boring. Bugun olis safar, xususiy mulk oldi-sotdisi, tibbiy ko‘rikdan o‘tish kabi amallar muvaffaqiyatli kechadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun yulduzlar sizga kuningiz xuddi ertaklardagidek yorqin va qiziqarli o‘tishini bashorat qilishgan. Basharti ishxonangizda muammo tug‘ilsa, sira ikkilanmasdan tajribali hamkasblardan yordam so‘rang. Muhim hujjatlar bilan ishlashda xatoliklarga yo‘l qo‘yishdan saqlaning. Shaxsiy hayotda qanaqa muammo bo‘lishidan qat’i nazar o‘z kuchingiz bilan hal eta olasiz. Sog‘liqni asrang. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, vrach nazoratidan o‘tib qo‘yishingiz tavsiya etiladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

21 sentyabr kuni ichki quvvatingizni nihoyatda asrang. U kelgusida katta ishlarni qoyillatishingizda asqotadi. Ruhiy yuksaklikka eltuvchi bilimlar olishdan erinmang. Ishxonada yumushlarning barchasini kechqurunga qadar bemalol uddalaysiz. Kechqurun ajoyib bir inson bilan uchrashib gaplashishingiz kutiladi. Salomatlik masalasida muammo bo‘lmaydi. Moddiy ahvolingiz ham havas qilsa arziydigan holatda bo‘ladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Ishxonangizda tashabbuskorlikni o‘z qo‘lingizga oling. Shunda tilingiz uzun bo‘ladi. Oilasiz bo‘lsangiz, kunning ikkinchi yarmida bo‘lg‘usi juftingizni uchratishingiz ehtimoli ham yo‘q emas. Do‘stlaringizdan biri sizdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolishni ixtiyor etishi mumkin. Ammo undan ranjimang. Bir kun kelib o‘z xatosini albatta tushunib yetadi. Kechqurun olisda yashaydigan qarindoshlar bilan bog‘liq yoqimsiz xabar eshitishingiz kutiladi. Asabni asrang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

21 sentyabr kuni aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar har jabhada muvaffaqiyatga erishishlari kuzatiladi. Bir-biridan ajoyib tadbirlar tashkil etasiz. Kayfiyatingiz ko‘tarinki ko‘rinishda bo‘ladi. Oilaviy bo‘lib sayohatga chiqish, qimmatbaho buyumlar sotib olish amallari bugun omadli kechadi. Faqat bu ishlarni puxta reja asosida amalga oshiring. Shunda xatoga yo‘l qo‘ymaysiz. O‘zingizni ehtiyot qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Birovlarning muammosi, ichki ishlariga umuman aralashmang, oqibatda siz yomon va aybdorga aylanib qolishingiz mumkin. Har kim o‘z muammosini o‘zi hal etavergani ma’qul. Agar siz anchadan beri suyukli insoningizni ajoyib sovg‘a bilan mamnun etmoqni orzulagan bo‘lsangiz, fursat yetdi. Kechqurun bu orzuni haqiqatga aylantirishingiz mumkin. Salomatligingiz kechki paytga borib yomonlashishi kutiladi. Hoynahoy qon bosimi oshishi kuzatilsa kerak. Mutaxassis ko‘rigidan o‘tib qo‘ying.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

21 sentyabr kuni his-tuyg‘ular, emotsiyaga erk bermasligingiz talab etiladi. Faqat aql bilan ish tutsangizgina suvdan quruq chiqa olasiz. Nikohdan o‘tish, unashtirish va to‘y amallari bugun a’lo darajada kechadi. Shoshma-shosharlikka zinhor yo‘l qo‘ya ko‘rmang, bu sizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida qo‘lingizga mo‘maygina pul tushadi. Do‘kon aylanib xaridlar qilsangiz, sira afsuslanmaysiz.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Yulduzlar bugun kuningiz shodliklarga to‘la bo‘lishini bashorat qilishgan. Bundan tashqari, miriqib dam olishingiz uchun ham imkoniyatlar eshigi katta ochiq. Eski qadrdonlar bilan qo‘ng‘iroqlashing, ular bilan birga dam oling, suhbatlar quring. Moliyaviy ahvolingiz ham bugun sizni ranjitmaydi. Qarzlardan qutulasiz, ro‘zg‘or uchun zarur jihozlar xarid qilasiz. Sog‘lig‘ingizdan shikoyatingiz bo‘lmaydi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

21 sentyabr kunning birinchi yarmida rahbarlar bilan muloqotda noqulay ahvolda qolishingiz kutiladi. Siz bu muloqotda asosan tinglovchi rolini bajaring. O‘zingizga yoqmaydigan hamkasblarni bilib-bilmay yomonlab qo‘ymang. Oilada ro‘zg‘or masalasida jiddiy muammolar yuzaga kelish ehtimoli bor. Muammolar santexnika bilan bog‘liq bo‘lsa, albatta mutaxassisni chaqirganingiz durust. Har bir ishni o‘z ustasi amalga oshirgani ma’qul. Kechqurun oilangiz davrasida yoki sevimli xobbingiz bilan shug‘ullanib vaqt o‘tkazing.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Kuningiz ijodiy muvaffaqiyatlarga to‘la bo‘ladi. Qaysi kasb egasi bo‘lmang, g‘oyalar bir-birini quvlab miyangizni zabt eta boshlaydi. Bu sizning eng katta yutuqlaringizdan biri. Kun davomida qadrdonlar bilan tog‘ yon bag‘irlarida dam olib qayting. O‘zingiz azaldan orzulagan buyumni xarid qiling. Pulingiz yetarli. Juftingizni bo‘lar-bo‘lmasga rashk qilmang, bu yaxshilikka olib kelmaydi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 21 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..