21:43 / 25.09.2017
9 127

Munajjimlar bashorati: 26 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 26 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Yulduzlar bugun faqat oldinga intilishni maslahat berishmoqda. Shunda bajargan ishlaringiz va shaxsiy hayotdagi harakatlaringiz o‘z mevasini berishi mumkin. Moliyaviy muammolaringiz kunning ikkinchi yarmida ijobiy hal bo‘ladi. Ammo qarzlarni uzib qo‘yib, undan qolganinigina ro‘zg‘orga ishlatishingiz tavsiya qilinadi. O‘zingizga qattiq ishonsangizgina, omad siz tomonda bo‘ladi. Salomatligingiz masalasida muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Lekin ovqatlanish me’yorlarini yana bir bor ko‘rib chiqishingiz kerak.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

26 sentyabr kuni nimani rejalashtirgan bo‘lsangiz, albatta amalga oshirishingizga to‘g‘ri keladi. Kelishuvlar, xizmat safarlari va yangi tanishuvlar uchun 26 sentyabr xayrli kechadi. Agar juftingiz bilan yaqin orada sen-menga borgan bo‘lsangiz, kuting. Shunday vaziyat paydo bo‘ladiki, albatta yarashish imkoniga ega bo‘lasiz. Kechqurun yolg‘iz qoling. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Kunning birinchi yarmidayoq katmoningiz pulga to‘lishi kutilmoqda. Bu qachonlardir sizdan qarz olganlarning qarzini qaytarishlari bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Ish joyingizda hamkasblar bilan iliq munosabatlarni saqlab qolishga harakat qiling. Ammo ularning qaysidir biri bilan muhabbat romanini boshlab qo‘ymang, buning oxiri voy. Kechqurunga borib o‘zingizni nihoyatda horg‘in va lohas his eta boshlaysiz. Shuning uchun sport bilan shug‘ullanish masalasini boshqa kunga qoldiring.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

26 sentyabrni aldovlar eshitishdan boshlashingiz kutiladi. Juftingiz yoki tanlaganingiz sizga o‘tmishi to‘g‘risida yolg‘on gapira boshlaganini payqaysiz. Bugungi kun yangi sarguzashtlar va xobbi o‘ylab topish uchun juda qulay kechadi. Kunning ikkinchi yarmida asosiy vaqtingiz moliyaviy jihatdan cho‘ntakni baquvvatlashtirishga sarflanishi kutiladi. Yaqin do‘stlaringizdan biri sizga foydali maslahatlar berishi ham kunning ikkinchi qismiga to‘g‘ri keladi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Shaxsiy hayotda bugun yolg‘iz qolishga urinmang. Bu sizga har jihatdan faqat ziyon keltiradi. Mavqeingizni oshirish uchun 26 sentyabr muvaffaqiyatsiz kechadi. Demak, professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni indamasdan ado etishingiz zarur. Agar yangi tanishuvlarni boshdan kechirsangiz, ular bilan agressivlikni bir chetga surgan holda muloqot qiling. Kechqurun uyingizga mehmonlar kelishi kutiladi. Kunning ikkinchi yarmida bosh va oyoq og‘rig‘i bezovta qilib o‘tishi mumkin. Bu qo‘rqinchli emas.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

26 sentyabr shunday kunki, agar hozirgi ishingizdan ko‘nglingiz qolgan bo‘lsa va daromadi yanada yaxshiroq ish topsangiz, o‘sha ishga o‘tib ketishingiz muvaffaqiyatli kechadi. Kun davomida kompyuter yo shu kabi asboblar buzilishi kuzatilishi mumkin. Ularni sozlash uchun mutaxassis chaqiring. Shunda asablaringiz buzilmaydi. Kechqurun yengil hazm bo‘ladigan ovqatlar tanovul qiling. Salomatlikni ko‘z qorachig‘idek asrang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Qachonlardir yuzaga kelib, keyinchalik unut bo‘lgan muammolar kutilmaganda yana boshingizga og‘riq bo‘lishi mumkin. Ammo qayg‘uga botmang. Bu gal ularni aniq bartaraf etasiz. Muammolarni faqat o‘z kuchingizga suyangan holda bartaraf qiling. O‘zgalar yordamidan umid qilmang. Ish joyingizda o‘zingizni sal sovuqqonroq tuting. Aks holda asablaringizni qaqshatuvchi vaziyatlar ko‘ndalang bo‘lishi mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

26 sentyabr kuni yana bir karra yorug‘ dunyo qanchalar go‘zalligini anglab yetasiz. Tadbirkorlar yangi bir shartnoma imzolashadi. Bu shartnoma oradan hech qancha o‘tmay, o‘z foydasini bera boshlaydi. Faqat quvonchlaringizni hamkasblar, do‘stlar, tanishlar bilan baham ko‘rishga shoshilmang, ko‘z tegishi mumkin. Ular orasida hasadgo‘ylari ham bor. O‘shalardan ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Oilasizlar muhabbatda bugun faqat yoqimli lahzalarga oshno bo‘lishadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Afsuski, 26 sentyabr siz uchun janjallar kuni bo‘lishi kutiladi. Atrofingizdagilar nimadir qilib bo‘lsa-da, asabingizni buzish taraddudida turadi. Olis safarga chiqishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, shaxsiy mashinangizda chiqmang, yo‘lda yo mashina buzilib qolishi, yo katta miqdordagi jarimaga tushishingiz ehtimoli bor. Professional kasbingiz bilan bog‘liq yangi loyihalar bo‘lsa, ularni yolg‘izlikda haqiqatga aylantiring. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

26 sentyabrda yulduzlar ko‘proq qiynalganlar, boquvchisi yo‘qlarga amaliy yordam ko‘rsatishingizni maslahat berishmoqda. Bu amallaringiz juda qisqa fursatda o‘zining ijobiy natijasini beradi. Moliyaviy masalada zinhor tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymang. Oqibati yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Kun bo‘yi salomatligingiz haqida ko‘proq qayg‘uring. G‘iybatchilarga ahamiyat bermagan holda harakatlar sodir eting. Kechqurun vaqtingizni oila davrasida o‘tkazing.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Bo‘lar-bo‘lmasga kuch sarflayvermasligingiz tavsiya etiladi. Bu moliyaviy masalaga ham, professional ishingizga ham baravar taalluqli. Iloji boricha stress holatiga tushishdan saqlaning. Bu salomatligingizni yomonlashtirishi mumkin. Organizmni jismoniy zo‘riqishga majburlash ham tavsiya etilmaydi. Kechqurun olisdan yoqimli xabar eshitasiz. Ba’zi do‘stlarimizning xonadonida yangi mehmon dunyoga kelishi mumkin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

26 sentyabr kuni baliq burjida tavallud topganlarni eng yaqin do‘stlaridan biri chuv tushirishga urinib ko‘rishi mumkin. Sergaklikni qo‘ldan bermang. Moliyaviy muammolaringiz esa aksincha xamirdan qil sug‘urgandek oson hal bo‘ladi. Ish joyingizda katta miqdorda mukofot puli olishingiz ham ehtimoldan xoli emas.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 26 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..