11 683
Munajjimlar bashorati: 27 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun kuningiz yorqin voqea-hodisalarga boy bo‘lishi kutiladi. Muammolarga e’tibor qilmasdan, mayda-chuyda ko‘ngilsizliklardan ham xursand bo‘lishga harakat qiling. Ana shunda asablaringiz tarang tortmaydi, salomatligingizga putur yetmaydi. Kechqurun oila qurmaganlarni romantika kutadi. Bu uchrashuv siz uchun juda yoqimli lahzalarga qorishiq deyilsa, ishonavering. O‘zingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
27 sentyabr kuni eski qadrdonlardan birini tasodifan uchratib qolasiz. Suhbat qizigandan qiziydi. Esda tuting, agar sizga omad kulayotgan bo‘lsa, omadsizlar qarshisida aslo maqtanib qo‘ymang. Bugun tabiat qo‘ynida dam olish, sayohatga chiqish va yangi uyga ko‘chib o‘tish muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun sport bilan shug‘ullanishingizga hech kim qarshi emas. Ammo ehtiyot bo‘ling, jiddiy jarohat olishingiz ehtimoli bor.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugunga rejalashtirilgan ishlarni zinhor boshqa kunga qoldira ko‘rmang. Garchi sizga kutilmaganda o‘ta serdaromad ish taklif etishgan taqdirda ham hozirgi ishlardan voz kechmay turing. Oila qurmagan bo‘lsangiz, muhabbatda omadingiz kuladi. Hatto raqibingiz ham borligidan xabar topasiz. Lekin sevgi bobida duch keladigan raqiblarni sukut saqlash yo‘li bilan yengish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
27 sentyabr kuni sizga qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish taklif etishlari mumkin. Rozi bo‘lish-bo‘lmaslik sizning ixtiyoringizda. Kechqurun shaharda yashaydiganlar kino yoki teatrga oilaviy bo‘lib tushishlari xayrli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida salomatligingizni mustahkamlash haqida qayg‘ursangiz yaxshi bo‘lardi. Mabodo shamollash alomatlari sezilsa, vrach ko‘rigidan o‘tishingizga to‘g‘ri keladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun yulduzlar sizga ishlaringizda unum, mo‘may daromad, muhabbatda cheksiz muvaffaqiyatlarni va’da qilishgan. Faqat buni taqdir in’omiga yo‘ymang. Kunning ikkinchi yarmida do‘stlaringizdan biri bilan janjallashib qolishingiz kutiladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ertalab ko‘chaga chiqishda ob-havoning avzoyiga qarab kiyinishingiz tavsiya etiladi. Ko‘ngli qora odamlar bilan iloji boricha muloqot qilmang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
27 sentyabr siz uchun tushunarsiz, mavhum kundek tuyila boshlaydi. Uyda juftingiz, ishda rahbaringiz bilan sen-menga borishingiz ehtimoli bor. Ish sifatiga alohida e’tibor bering. Telefon orqali soatlab gaplashmang. Ana shunda rahbarlarning g‘azabiga yo‘liqmaysiz. Moliyaviy masalada ahvolingiz har kungidan yaxshiroq bo‘ladi. Kechqurun do‘kon aylanib, xohishingizga mos buyumlar xarid qilishingiz mumkin. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar doimiy tarzda salomatliklarini nazorat qilsinlar.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Shaxsiy hayotda dadil qadamlar tashlagan holda ikkilanishlarsiz harakatlar sodir eting. Har qanday vaziyatda ham ko‘ngilsizliklar sizni chetlab o‘tadi. Oila qurmaganlarning ayrimlari shuni bilsinlarki, tanlaganingiz sizni rosmanasiga sevadi. Demak, to‘y harakatiga tushsangiz ham ziyon bo‘lmaydi. Uydagilar bilan uy oldi-sotdisi masalasida jiqillashib qolishingiz mumkin. Kechqurun sizni kutilmagan sovg‘a kutadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
27 sentyabr kuni harakatlaringiz boshqa kunlardagiga nisbatan yanada faolroq kechadi. Atrofdagilar bilan muloqotda diplomatlarcha munosabat turini tanlang. Ijodkor bo‘lsangiz, har qachongidek qalb amriga bo‘ysungan holda qalam tebrating. Buyurtmali ijoddan qoching. Agar ish joyingizda mo‘may daromad olish niyatida bo‘lsangiz, ish sifatini va miqdorini oshiring. Sog‘liq bugun siz uchun birinchi o‘rinda bo‘lishi shart. Ammo xalqona usullar yordamida muolajalar boshlamang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yaqinlaringizga nisbatan munosabatlarda bardosh va e’tiborni yo‘qotib qo‘ymang. Shundoq ham ishingiz ko‘pligi tufayli yaqinlaringiz bilan kam ko‘rishasiz. Ro‘zg‘oringizda ham arzirli muammolar yig‘ilib qolgani aniq. Ularni juftingiz bilan bamaslahat bartaraf etsangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. Salomatlikka putur yetkazuvchi harakatlar sodir etmang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
27 sentyabr kuni kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘lishi kutiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak ertalabdan duch kelgan bilan suhbat qurgingiz kelaveradi. Ishda ham yuqori lavozim olishingiz tayin bo‘lib turibdi. Kunning ikkinchi yarmida sog‘lig‘ingizni bir ko‘rikdan o‘tkazib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Kechqurun toza havoda sayr qilib, oila davrasida qiziqarli suhbatlar tashkil eting.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Moliyaviy ahvolingiz vaqtincha bo‘lsa-da, yuqori darajada bo‘ladi. Bundan boshingiz osmonga yetadi va do‘kon aylanib ajoyib xaridlarni amalga oshirasiz. Ekzotik taomlardan bosh torting, zaharlanib qolishingiz ehtimoli bor. Shaxsiy hayotingizda uchraydigan ko‘ngilsizliklarni yo‘q qiling, aks holda boshingiz tashvishdan chiqmay azoblanib yurasiz. Muhabbatda oshig‘ingiz olchi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
27 sentyabr kuni baliq burjida tug‘ilganlar tushga qadar o‘zgalar muammolarini bartaraf etish bilan band bo‘lishlari mumkin. G‘iybatlarga sira e’tibor qilmang. Professional kasbingiz doirasida bilimlaringiz va malakani yanada oshirish harakatida bo‘ling. Tijoratchilar esa bugundan mo‘may daromad kutmasalar ham bo‘ladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi