21:45 / 27.09.2017
8 822

Munajjimlar bashorati: 28 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 28 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Maqsadga yetish yo‘lida bugun ancha-muncha mushkulotlarga duch kelishingiz kutiladi. Har bir bajaradigan ishingizni oldin yaxshilab tahlil qiling. Shaxsiy hayotingizda tanaffuslarni yuzaga keltiring. Bu juftingiz bilan orangizdagi munosabatlar yanada mustahkamlanishi uchun xizmat qiladi. Kunning ikkinchi yarmida vrach qabuliga kirib to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Aks holda jiddiy xastalik orttirib olishingiz ehtimoli bor.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

28 sentyabrda har bir harakatingizni chuqur o‘ylab sodir eting. Xatolarga yo‘l qo‘ysangiz, keyin bu xatolarni tuzatish qimmatga tushishi mumkin. Yaqinlaringizga u darajada qo‘pol munosabatda bo‘lmang. Birovning ko‘nglini og‘ritish kechirilmas gunoh ekanini unutmang. Kechga yaqin sog‘lig‘ingiz pand berishi, bosh yoki oyoq og‘rig‘i sizni bezovta qila boshlashi kutiladi. Ish joyingizda hamkasblar bilan diplomatlarcha muloqot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun har bir o‘tgan daqiqaning qadriga yeting. Hayotga optimistik nazar bilan boqing. Shunda u ko‘z o‘ngingizda go‘zalligicha namoyon bo‘ladi. Kechqurun yaqin manzilga safarni rejalashtirgan bo‘lsangiz, tayyorgarlikni puxtalab oling. Kechki payt do‘stlaringizdan biri moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishida yaqindan ko‘mak berishiga guvoh bo‘lasiz. Sog‘liqni ko‘z qorachig‘idek asrang. Ko‘ngli qora odamlar bilan muloqot qilmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

28 sentyabr kuni muhabbat bobida omadingiz chopishi kutiladi. Hamkasblardan biri bilan oralaringizda yaqin munosabatlar kuzatila boshlaydi. Tuyg‘ularingizni anglay olmaydigan, qadrlamaydiganlar bilan hech qachon yaqin munosabatda bo‘lmang. Undaylarning maslahatlariga ham quloq tutmang. Moliyaviy masalada bugun u darajada omadingiz chopmasligi mumkin. Shuning uchun pullarni tejab ishlatishingizga to‘g‘ri keladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun sizni ishxonangizda hamkasblaringiz tanqid ostiga olishi mumkin. Aybingiz bo‘lsa, tek turib eshiting-u, uzr so‘rang. Agar nohaq ayblashayotgan bo‘lsa, darhol chorasini ko‘ring va tanqidlarini yoqalariga yopishtiring. Kissangizdagi pul yetarli, shunday ekan, bankdan kredit olish yoki birovlardan qarz ko‘tarishni xayolingizdan chiqarib tashlang. Immunitetingiz qoniqarli emas, shamollashdan saqlaning va immunitetni ko‘tarish payida bo‘ling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

28 sentyabr kuni yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni bir xomcho‘t qilib, ulardan tegishli xulosalar yasashga harakat qiling. Ish joyingizda janjallardan, aldanib qolishdan saqlaning. Sportning faollik talab qiluvchi turlari bilan shug‘ullanmang. Jarohat olishingiz xavfi yuqori darajada bo‘lib turibdi. Oilasizlar bugun kechqurun bolalikdagi muhabbatini uchratib qolishlari kutiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Yulduzlar bugun sizga omad va’da qila olishmaydi. Kimdir kun davomida sizni firib yordamida chuv tushirmoqchi bo‘ladi. Ehtiyot bo‘ling. Agar zahirada katta pulingiz bo‘lsa, uni faqat bankda saqlang. Aks holda bu pullar ham sizga ko‘ngilsizlik keltirishi hech gap emas. Xastalik sizga bugun xavf solmaydi. Biroq kuch va faolligingiz intihosiga yetib turibdi. Yangi kuch to‘plash uchun dam olishingiz, kuchli kaloriyaga ega taomlar iste’mol qilishingiz lozim.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

28 sentyabrda oilalilar shaxsiy hayotda shoshma-shosharlik bilan nomaqbul ishlarni amalga oshirib qo‘yishdan, oilasizlar esa yaqindagina tanishgan insonga tuyg‘ularini oshkor etishdan saqlanishlari kerak. Har bir qadamni tafakkur yordamida bosing. Kun davomida sizga kasbingiz bilan bog‘liq yirik bir loyihani taklif etishlari mumkin. Rozi bo‘lavering, bu loyiha sizga mo‘may daromad hadya etadi. Kechqurun toza havoda sayr qilsangiz, miya faoliyati yaxshilanadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Yulduzlar bugun katta bir yig‘inda so‘zga chiqishingiz mumkinligini bashorat qilishgan. Ana shu pallada siz oratorlik iste’dodingizni ham yig‘ilganlarga namoyish etish imkoniga ega bo‘lasiz. Yaqinlaringiz bilan munosabatlarda muloyim va adolatli bo‘ling. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy masala ijobiy hal bo‘ladi inshoolloh. Kechqurun yaqin insoningizga sovg‘a hadya etishni unutmang. O‘zingizni ehtiyot qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

28 sentyabr kuni shu qadar qiyin ishlarni zimmangizga yuklashadiki, buning oldida eng murakkab matematik masala ham ip esha olmaydi. Lekin sizdagi sabr va iroda kuchi o‘sha ishni ham uddalashingizga turtki bo‘ladi. Ko‘pchilik qarshisida do‘stlaringizdan biri obro‘yingizni to‘kishga harakat qilib ko‘rishi mumkin. Zinhor bunga yo‘l qo‘ymang. Oila qurmaganlar bugun muhabbatda va juft tanlashda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi kutiladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Yulduzlar 28 sentyabrda pulni ko‘r-ko‘rona sarflamasligingizni maslahat berishadi. Yaxshisi, qo‘lingizda bor pullarni eng muhim va yirik xaridlar uchun ajrating. Muhabbatda omad va omadsizlik yonma-yon bo‘lishi kutiladi. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling. Gazlangan ichimliklardan nariroq bo‘ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

28 sentyabr kuni nimani rejalashtirgan bo‘lsangiz, barchasi amalga oshadi. Pul ham shu darajada ko‘p bo‘ladiki, ularni ham oila, ham boshqa maqsadlar uchun sarflasangiz baribir ortib qoladi. Xudo baraka bersa shu-da! Kechqurun xizmat safari bilan boshqa shaharga jo‘nashingiz kutiladi. Bu safar ham sizga mo‘may daromad keltiradi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 28 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..