Harorat pasaygani sari tanamizning issiqlikka bo‘lgan ehtiyoji ham ortadi. Sovuq kunlarda bir piyola qaynoq choy jonga oro kiradi, albatta. Ammo choyning o‘zi bo‘lsa koshkiydi, unga shokolad, shirin bulochka, hech bo‘lmaganda, shakar hamrohlik qilmasa, tomoqdan o‘tmaydigandek. Shu tariqa, qarabsizki bahorga chiqib, ortiqcha santimetrlar qayerdan paydo bo‘lganini bilolmay lolu hayronsiz. Ammo kelgusi bahorda qomat haqida qayg‘urmaslikning imkoni bor.Quyidagi kichik tavsiyalarga amal qilsangiz, qish qomatingizga ziyon yetkazolmaydi.
Ovqatni sovitmasdan yeng
Mutaxassislar har qanday taomni ham issqligida tanavul qilish lozimligini ta’kidlashmoqda. Bir qator shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan kuzatuvlar natijasi issiq ovqat oshqozonda sovug‘iga nisbatan sekinroq so‘rilib, uzoq muddat to‘qlik hisssini ta’minlashi aniqlangan.
Kela solib muzlatgichni ochmang
Tashqaridan kirgan zahotingiz taom tanavul qilish odatidan xalos bo‘ling. Chunki organizm bunday paytda ko‘p miqdorda energiya sarflab, uning o‘rnini darhol to‘ldirishni talab qiladi. Natijada kuchli ochlik hissi paydo bo‘lib, me’yoridan ortiq taonm tanavul qilishga sabab bo‘lishi isbotlangan. Bunday paytda bir piyola issiq choy ichib olsangizochlik hissini pasayib, aynan ehtiyojingiz miqdorida taomlanasiz.
Yog‘lardan voz kechmang
To‘lishib borayotgan sanamlar, negadir, muammoning asosiy sababchisi yog‘lar deb o‘ylashadi. Aslida, ular sovuq kunlarda jonga oro kiruvchi tengi yo‘q mahsulotdir. Organizmga tushgach, yog‘lar yog‘ kislotalari va glitseringa ajraladi. Bu esa o‘z navbatida mushaklarda issiqlik ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi. Ular sekin hazm bo‘lganligi tufayli isinish jarayoni ham uzoq davom etadi. Biroq yog‘larni to‘g‘ri tanlay olish va me’yorga amal qilish muhim. Aks holda, isinish o‘rniga ortiqcha santimetrlarga mubtalo bo‘lish xech gap emas. Demak, baliq moyi, o‘simlik moyi, yong‘oqlar tarkibidagi yog‘lar va rafinadlanmagan yog‘lardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Sekin chaynang
Inson miyasi to‘qlik hissini tuyishi uchun kamida 20 daqiqa zarur bo‘ladi. Shuning uchun taomni shoshmasdan, yaxshilab chaynab yeydigin kishilar semizlik muammosiga duch kelmaydilar. Agar siz ham shunday kishilar qatorida bo‘lishni istasangiz taomni shoshmasdan, oxista tanavul qiling.
Muhimi zerikmang
Qishda ko‘pchilik qorin ochganidan emas, aynan zerikkanidan muzlatgich tomon serqatnov bo‘lib qoladi. ha-da, xech qanday yumush bilan band bo‘lmagandan keyin, hayollar shirinliklarga, non va taomlarga chorlayveradi- chorlayveradi. Bu isbotlangan aksioma! Ushbu zararli odatni imkon qadar kamaytirish uchun esa qo‘l va miyani biror foydali mashg‘ulot bilan band qilish lozim. Maslahatimiz qiziqishlaringizga mos xobbi toping. To‘qish, kashta tikish, kitob o‘qish, krossvord yechish, biror foydali buyum yasashga harakat qiling. Shu tariqa ham vaqtni maroqli o‘tkazasiz, ham ortiqcha vazn xavfidan xalos bo‘lasiz.
Manba: “Sug‘diyona” gazetasi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi