23:58 / 29.09.2017
7 148

Munajjimlar bashorati: 30 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 30 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun birinchi qiladigan ishingiz ishxonadagi rahbarlar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘lishi lozim. Anchadan beri ommaviy tadbirga tayyorlangan bo‘lsangiz, kunning ikkinchi yarmida xuddi o‘sha tadbir a’lo darajada bo‘lib o‘tadi. Siz olqishlarga muyassar bo‘lasiz. Kechqurun juda foydali bir tanishuvni boshdan kechirasiz. Ba’zilar qisqa masofaga xizmat safari uyushtirishi ham ehtimoldan xoli emas.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

30 sentyabrda xursandchiliklar bilan birga ko‘ngilsizliklarni ham boshdan kechirishingiz kutiladi. Taqdir ne hadya etsa, barchasiga tayyor turing. Agar juda kayfiyatingiz bo‘lmasa, sevimli xobbingiz bilan chalg‘ishga harakat qiling. Kechqurun salomatligingizni nazoratdan o‘tkazib qo‘yish ham esingizdan chiqmasaydi. Serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling va ob-havoga qarab kiyinishga harakat qiling. G‘iybat ustalaridan nariroq bo‘ling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

30 sentyabr kuni ertalabdanoq go‘yo so‘zamol bir insonga aylanasiz-u, duch kelgan bilan yurakdan suhbatlar qurishga oshiqasiz. Faqat ichki sirlaringizni aslo birovga ayta ko‘rmang. Sababi, siz suhbat quradiganlarning aksariyati ikkiyuzlamachi, sotqin va yolg‘on ustalari bo‘lib chiqishi mumkin. Bugundan mo‘may daromad kutmasangiz bo‘ladi, ammo pulsiz ham qolmaysiz. Juda do‘ppi tor kelsa, qo‘shimcha daromadli ish topsangiz ham ziyon qilmaydi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Ko‘zlangan maqsadlarga yetish uchun xayollarni bir joyga jamlab, sergaklik bilan harakatlar sodir etishingiz lozim. Jurnalistika va reklama bilan bog‘liq ishlar bugun baroridan keladi. Yo‘l-yo‘lakay yangi-yangi xabarlar topib darhol xalqqa tarqatish harakatida bo‘ling. Kechqurun xizmat safariga otlanishingiz kutiladi. Bu safar sizga moliyaviy manfaat ham keltirishini unutmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

30 sentyabrda qiziqarli insonlar bilan tanishish baxtiga sazovor bo‘lasiz. Esda tuting, aynan ular kelgusida yuqori lavozimni egallashingizda muhim rol o‘ynashi mumkin. Bilimlaringizni, malakani oshirish uchun bugungi kun juda xayrli kechadi. Oilasizlar kechki payt yangi tanishuvlarni boshdan kechirishadi. Lekin tanlaganingiz bilan suhbatlashganda, muammolaringizni to‘kib solmang. Bu sizga ziyon keltirishi mumkin. Sog‘lig‘ingizni saqlang, ovqatlanish me’yorlariga rioya qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Yulduzlar kuningiz omadli kechishini bashorat qilishgan. Tijorat bilan shug‘ullanuvchilar nihoyat raqobatchilarni quvib o‘tib, olingan daromaddan huzur qila boshlashadi. Garchi kissangiz quruq bo‘lmasa-da, xarajatlar masalasini keyinroqqa surib turing. Bugungi kun ayollar kosmetologga borib qaytishlari uchun juda qulay kechadi. Kuz havosini hisobga olgan holda kiyinishingiz tavsiya etiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

30 sentyabr kuni bilim saviyangizni yanada oshirish harakatida bo‘ling. Zamon juda tezkor, shunday ekan, qo‘shimcha bilimlarga ega bo‘lish ziyon qilmaydi. Shaxsiy hayotingizda yaxshilik-u yomonlik yonma-yon yurishi kuzatiladi. Ro‘zg‘orning ikir-chikirlarini juftingiz bilan bamaslahat bartaraf qilsangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Kechqurun o‘zingiz anchadan beri kutayotgan odam sizga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Afsuski, buguningiz tashvish va xavotirlar, muammoli lahzalarga boy bo‘ladi. Ish bilan uy o‘rtasida bo‘zchining mokisidek yugurib-yelishga majbur bo‘lasiz. Kun mobaynida sizni ajoyib bir tantanaga taklif etishlari mumkin. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy ahvolingizni yaxshilab olishga muvaffaq bo‘lasiz. Juda bo‘lmaganda, tavakkalchilikka amal qilgan holda ish tutsangiz ham bo‘ladi. Sog‘lig‘ingiz kechqurunga borib sal yomonlasha boshlaganini his etasiz.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

30 sentyabr kunning birinchi qismida ish joyingizda, hamkasblarga asl iste’dodingizni namoyish etish baxtiga erishasiz. Oilaviy hayotingizda sukunat hukm surishi kutiladi. Pulingizni ko‘paytirish uchun qo‘shimcha ishlarni bajaring. Gazli va muzdek ichimliklar ichishdan tiyiling. Salomatligingizga putur yetishi mumkin. Juftingiz bilan munosabatlarda hazil-mutoyibadan unumli foydalanishga harakat qiling. Shunda munosabatlar yanada mustahkamlana boradi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Har qanday vaziyatda ham xotirjamlikni saqlab qoling. Ba’zilar sizni janjalga tortish uchun atayin asabingizga tegishi mumkin. Ularga e’tiborsiz bo‘ling. Juda qo‘yib yuborishmasa, yolg‘ondan o‘zingizni yomon his etayotgan qilib ko‘rsating-u, jo‘nab qoling. Ro‘zg‘or yumushlari bilan band bo‘ling. Shu yumushlar sizni chalg‘itadi. Kechqurun cho‘milish amalini bajaring. Bu amal salomatlikka juda foydali hisoblanadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

30 sentyabr kunning ilk qismidayoq moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi kutilmoqda. Azaldan orzu qilgan buyumingizni xarid qilaverishingiz mumkin. Bugun majlislar, muzokaralar va olisga safar muvaffaqiyatli kechadi. Immunitetingiz pastlab ketgan. Tez chorasini ko‘rmasangiz, gripp yuqtirib olishingiz hech gap emas.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Hayotga real ko‘z bilan boqing. Kissangizda pul yetarli bo‘lmasa, suyukli insoningiz sizga xiyonat qilayotgan, sizni aldayotgan bo‘lsa-da, hayot davom etaveradi. Demak, siz ham hayot bilan hamnafas qadam tashlashingiz kerak. Jiddiy muammolarga duch kelib boshingizni qay devorga urishni bilmay qolsangiz, oila a’zolaringizga murojaat eting. Salomatligingiz haqida qayg‘uring, sport bilan shug‘ullaning, kaloriyaga boy taomlar iste’mol qiling.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 30 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..