QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Har bir aytadigan gapingizni o‘ylab tilga ko‘chiring. Aks holda yaqinlaringizni qattiq ranjitib qo‘yishingiz mumkin. Jahldorlik va nafratga qorishiq kayfiyat har qanday ishni bajarganingizda ham faqat salbiy natija beradi. Shuning uchun a’lo kayfiyatni o‘zingizda saqlab qolishga harakat qiling. Bugun to‘y va nikohdan o‘tish, unashtirish amallari xayrli kechadi. Faqat ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermasangiz, bas, hammasi yaxshi bo‘ladi. Salomatligingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
1 oktyabr kuni ro‘zg‘or bilan bog‘liq muammolar va yumushlarga to‘lib-toshasiz. Ularni zudlik bilan bartaraf etish talab qilinadi. Agar dangasalik qilsangiz, yumushlar o‘lda-jo‘lda qolib ketishi muqarrar. Bugun kunning ikkinchi yarmida muhim hujjatlar bilan ham ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Kechqurun bir odam bilan tanishasizki, u kelgusida sizga har jabhada foydali insonga aylanishi kutiladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Buguningiz ham yaxshilik, ham yomonlik, ham asabiylik va ham quvonchlardan iborat bo‘ladi. Muammolarni bartaraf etish masalasiga kelganda, nafaqat o‘zingiz, balki o‘zgalarga tegishli muammolarni ham ijobiy hal etishga majbur bo‘lasiz. Oilada juftingiz bilan sizni jiddiy suhbat kutadi. Bu suhbat sabab bo‘lib ikkalangiz ham munosabatlarga jiddiy nazar bilan boqa boshlaysiz. Kechqurun sizni ommaviy tadbirga taklif etishlari mumkin.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
1 oktyabr kuni pul topish, ro‘zg‘or tebratish uchun tavakkal qilishingiz kerak. Ikkilanishlar, uzoq vaqt o‘y surishlar sizga moddiy manfaat olib kelmaydi. Tavakkalchilik bilan bir qatorda aqlni ishlatgan holda harakatlar sodir eting. Kunning ikkinchi yarmida salomatligingiz bezovta qilishi mumkin. Kechqurun toza havo sayridan keyin sportning yengil turlari bilan qisqa vaqt shug‘ullaning.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun kunning birinchi yarmida xizmat safariga chiqishingiz kutilmoqda. Imkon topsangiz, sheriklikka kimnidir ola keting. Pul masalasida aniq hisob-kitob kerak. Shunda xarajatlar va daromadlar bir-biriga mos keladi. Yirik xaridlardan qoching. Aniqrog‘i, uy va mashina sotib olishni ortga suring. Sog‘lig‘ingiz bugun pand bermaydi. Shunga qaramasdan, shamollash va grippdan ehtiyot bo‘ling. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
1 oktyabr kuni atrofdagilar bilan muloqotda o‘zingiz haqingizda gapirmang. Shunda kutilganidan ham ko‘proq foydali axborotlar olishga muvaffaq bo‘lasiz. Kimlardandir qarzingiz bo‘lsa, darhol qaytaring. Kechki payt g‘iybatlar va hasaddan qochishga harakat qiling. Shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, aslo ko‘chaga chiqmang, jarohat olishingiz xavfi bor. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, salomatligingizni nazoratda ushlang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Afsuski, buguningiz mayda bo‘lsa-da, ko‘ngilsizliklarga boy bo‘lishi mumkin. Bu ishda ham, muhabbatda ham uchrashi tabiiy. Atrofdagilar bilan ham kamroq muloqotga kirishing. Ularning qaysidir biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing. Uxlashga yotar pallangizda hamkasblardan biri qo‘ng‘iroq qilib, o‘zingiz haqingizda ajoyib bir yangilikni yetkazishi kutiladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
1 oktyabr kuni ro‘zg‘ordagi eng jiddiy muammolarni bartaraf etish haqida bosh qotirasiz. Agar bu muammolarni hal etish uchun pul zarur bo‘lsa, qarindoshlardan qarz ko‘tarib tursangiz ham bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida uy ta’miri bilan shug‘ullanishingiz kutiladi. Kechqurun o‘zingiz taniydigan odam sizni aldashga, chuv tushirishga harakat qilib ko‘radi, sergak turing. Sog‘lig‘ingizni o‘zingizdan bo‘lak hech kimga ishonib qo‘ymang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun faqat qalbingiz ko‘rsatgan yo‘ldan boring. Aslo o‘zgalar maslahatiga quloq tutmang. Vujudingizda kuch va imkoniyatlar to‘lib-toshmoqda. Demak, har qanday og‘ir yumushni ham o‘z kuchingizga tayangan holda uddalay olasiz. Oilasizlar muhabbat bobida faqat qalb amriga bo‘ysunib ish tutsinlar. Ovqatlanish me’yorlarini buzmang, spirtli ichimliklardan nariroq bo‘ling. Salomatligingiz ayniy boshlaganini sezsangiz, vrachga murojaat etishni unutmang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
1 oktyabrda oilangizda yuzaga kelgan o‘zaro tushunmovchiliklarga oydinlik kiritishingiz kerak bo‘ladi. Muammolaringizni faqat o‘z kuch va imkoniyatlaringizga tayanib hal eting. Atrofdagilar bilan muloyim munosabat yuritmas ekansiz, orangizda janjal kelib chiqaveradi. Shamollashingiz xavfi bor, salomatlikka alohida e’tibor qarating. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi ovqatlar iste’mol qiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yangi loyihalar o‘ylab topish niyatingiz bo‘lsa, ixtirochiroq bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Garchi dam olgingiz kelsa, xoriganingizni his etib tursangiz ham mas’uliyatdan o‘zingizni olib qochmang. Moliyaviy muammolaringiz qachonki huquqshunosdan kerakli maslahatlar olsangizgina ijobiy hal bo‘ladi. Kechqurun olisga safar qilishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bormang, bu safarni boshqa kunga qoldiring.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
1 oktyabrda zimmangizga keragidan ortiq majburiyatni yuklamang. Kim bo‘lishidan qat’i nazar sizga javobgarlik talab etuvchi yumushlarni yuklasa, ochiqchasiga bosh torting. Kimlardandir qarzingiz bo‘lishi mumkin. Imkon topsangiz, bu qarzlarni bugun uzib yengil torting. Kechqurungi toza havoda amalga oshiriladigan sayr salomatligingizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi