QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun bosh qashishga ham vaqtingiz bo‘lmasligi mumkin. Kun davomida yaqin kishilaringizning muammolari bilan band bo‘lishingiz kutiladi. Lekin o‘z ishingizni ham unutib qo‘ymang, yo‘qsa tirikchilikning mazasi qochishi hech gap emas. Kechqurun sizdan qarz olganlar qarzini qaytarishi mumkin. Shu bahonada kissangiz pulga to‘ladi nasib bo‘lsa. Shu bilan bir qatorda tanishlardan biri sizni kechqurun mehmonga taklif etishi mumkin. Salomatlikni asrang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
5 oktyabr kuni yangi tanishuvlarga yo‘l bermang. Siz kutgan odamlar ro‘baro‘ bo‘lmaydi. Umuman, kuningiz aldanishlar, firib va xafagarchiliklardan iborat bo‘lishi mumkin. Vaziyatdan faqat kulgi, yasama bo‘lsa-da, hazil orqali chiqib keta olasiz. Tijorat bilan shug‘ullansangiz, raqobatchilarga nihoyatda hushyor bo‘ling. Kun davomida faqat qalbingiz amriga bo‘ysunib ish ko‘ring. Sog‘lig‘ingizdan shikoyatingiz bo‘lmaydi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
5 oktyabr kuni xayolot dengiziga sho‘ng‘ishingiz va shuning bahonasida ishda yanada ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishishni mo‘ljallashingiz kutilmoqda. Ammo harakat qilish, bir joyda o‘tirib xayol bilan muvaffaqiyatga erishib bo‘linmasligini unutmang. Bugun bilim berish va olish muvaffaqiyatli kechadi. Shu bilan bir qatorda sport bilan shug‘ullanish ham ziyon qilmaydi. Hech bo‘lmaganda, salomatligingiz mustahkam torta boshlaydi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Agar ishxonangizda rahbarlar sizga qattiq ishonsa, yetakchi rolini ijro etsangiz ham zarar ko‘rmaysiz. Ishning murakkabligidan cho‘chimasdan faqat olg‘a bosing. Kun davomida ba’zi muammolarni hal etishda yaqin insoningizning yordami ham sizga juda asqotadi. Kechqurun vaqtingizni oila davrasida o‘tkazing va salomatlikni nazoratda ushlashni ham unutmang. Moddiy ahvolingiz kechki paytga borib ijobiy tarafga o‘zgarishi kutilmoqda.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
5 oktyabr kuni moliyaviy ahvolingiz yaxshidan ham yaxshiroq bo‘lishini istasangiz, yangi loyihalarga qo‘l uring, ularni hayotga tadbiq etish harakatida bo‘ling. Maosh baribir maosh-da, qo‘shimcha daromadli ish topmasangiz bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. Ijodkor do‘stlarimizning ham bugungi kuni qiziqarli vaziyatlarga boy bo‘ladi. Bugun bilim olish, uy oldi-sotdisi, o‘tganlar haqiga duolar qilish xayrli kechadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun tijoratchilar, tadbirkorlar yangi hamkorlar bilan foydali shartnomalarga imzo chekishlari, bozordagi oldi-sotdi masalasini o‘zaro kelishib olishlari kutiladi. Umuman aytganda, kun juda og‘ir kechishi mumkin. Shu sababli ko‘pgina ishlarni boshqa kunga qoldirishga majbur bo‘lasiz. Juftingizni rashk qilaverishdan tiyiling. Ortiqcha janjalning nima keragi bor? To‘g‘ri emasmi? Juftingiz shundoq ham sizga sadoqatli. Kechqurun olisdagi qarindoshlar haqida yoqimli xabar eshitasiz.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
5 oktyabr kuni har qanday og‘ir vaziyatdan ham faqat o‘z kuchingiz, imkoniyatingiz, tafakkuringiz ko‘magida chiqib ketishga harakat qiling. O‘zgalar yordami sizga naf keltirmaydi. Muammo soliq, turli to‘lovlar va sug‘urta masalasiga oid bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Muhabbatda oila qurmaganlarning omadi chopadi. Bugun romantika siz bilan birga.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Kuningiz anchagina og‘ir o‘tishi kutilmoqda. Birinchidan, dangasaligingiz tutib ishga ham borgingiz kelmaydi. Ro‘zg‘ordagi ikir-chikirlar bilan shug‘ullanishga xohishingiz yo‘q. Qolaversa, ishga bir amallab yetib olasiz-u, rahbar qabuliga kirib maoshingiz oshirilishini talab qilishni ixtiyor qilasiz. Bu amalni maslahat bermasdik. Chunki bu juda yoqimsiz holat bilan yakun topishi mumkin. Yaxshisi, sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘uring, juda zeriksangiz, qiziqarli kitob o‘qing.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
5 oktyabr kunning birinchi yarmidayoq moliyaviy ahvolingizni yaxshilash masalasida turli variantlarni o‘ylab toping. Ishlang, kerak bo‘lsa, qo‘shimcha ish topib yana ishlang, toki kissangiz pulsiz qolmaydigan bo‘lsin. Xususiy mulk masalasidagi hujjatlarni rasmiylashtirish, yangi uyga ko‘chib o‘tish, uy sotib olish amallari bugun xayrli va omadli kechadi. Kechqurun esa ob-havo tufayli salomatligingizga putur yetishi mumkin. Oldini oling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Hayotga optimistik nigohlar bilan boqing. Hatto tashqarida yomg‘ir shivalayotgan bo‘lsa, kayfiyatingiz nol darajada bo‘lsa ham baribir optimist sifatida ish ko‘ring, afsuslanmaysiz. Kechqurun kelgusi hayotingiz va moliyaviy ahvolingiz uchun asqotishi mumkin bo‘lgan odam bilan uchrashib tanishasiz. Bunday imkoniyatni sira qo‘ldan bermang. Qalinroq bo‘lavering u bilan. Nasib bo‘lsa, kelajakda moddiy jihatdan muammolaringiz bo‘lmaydi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
5 oktyabrda atrofdagilar bilan munosabatlarda, muloqotda juda ehtiyot bo‘ling. O‘ylamasdan gapirib kimnidir ranjitib qo‘yishdan saqlaning. Sababi, ertalabdan tushkun kayfiyatda bo‘lasiz. Bu kayfiyat tevarak-atrofga ziyon yetkazmasligi lozim. Agar bu kayfiyat sizga soniya sayin ko‘proq ziyon yetkaza boshlasa, yolg‘iz qoling. Ko‘k choy iching, bu kayfiyatni ko‘taradi. Yogurt iste’mol qilsangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Kun ancha og‘ir kechishi mumkin. Bu kunni tinch o‘tkazish uchun bardosh yetarli bo‘lishi talab etiladi. Tijoratchilar ham kechga qadar raqobatchilar bilan tortishaverib charchashadi. Lekin daromad yomon bo‘lmaydi. Uy oldi-sotdisi ham muvaffaqiyatli kechishi kutiladi. Qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan yaqin munosabatlarga kirishdan saqlaning. Bu sizga ofat hadya etadi xolos.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi