QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun yangi yoki noodatiy, g‘ayrioddiy ishlarga qo‘l urmaganingiz ma’qul. Muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz mumkin. Shaxsiy hayotda ham faqat olg‘a intilishdan tiyiling. Har bir aytadigan gapingizni obdon o‘ylab, mulohaza qilib, ana undan keyin tilingizga ko‘chiring. Kechqurun do‘stlaringizdan biri sizni mehmonga taklif etishi kutiladi. Oila qurmaganlardan kimdir romantik uchrashuv taraddudini ko‘raversin. Sog‘lig‘ingizni judayam ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
6 oktyabr kuni atrofdagilar, ishxonadagilar, uydagilar bilan bir xil munosabat — iliq munosabat yuritishga, shu balansni buzmaslikka harakat qiling. Ish bajarishda hayotiy tajribangizdan unumli foydalaning. Yirik xaridlar bugun sizni inqirozga yuz tutdirishi mumkin. Ularni boshqa kunga qoldiring. Ovqatlanish qoidalari va me’yoriga qat’iy amal qilsangiz, salomatligingizga putur yetmaydi inshoolloh.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Neki ishga qo‘l urmang, qayerga bormang, kim bilan suhbatlashmang, kim haqida o‘ylamang, faqat qalb amriga quloq tutgan holda yo‘l tuting. Bugun sizga na do‘stlar, na yoshi ulug‘larning maslahatlari yordam beradi. Faqat va faqat qalbingiz sizni suvdan quruq olib chiqa oladi. Jismoniy zo‘riqish keltiradigan ishlardan nariroq bo‘ling. Oshqozoningiz, bosh qismingizda kunning ikkinchi yarmiga borib muammo paydo bo‘lishi mumkin. Vrach ko‘rigidan o‘tishga erinmang. Moliyaviy ahvolingiz kechqurun xudoning qudrati bilan bir zumda hal bo‘lishi kutilmoqda.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
6 oktyabr kuni xarajatlaringiz daromadlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Shuning uchun xarid masalasiga sinchkovlik bilan yondashing. Eng zarur jihoz yo buyumlarnigina sotib oling. Bugun ruhiy yetuklikka erishish uchun juda qulay imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Agar shu imkoniyatlardan unumli foydalanib, ruhingizni yanada tetiklashtirsangiz, ko‘tarinki holatga keltirsangiz, salomatligingiz bilan bog‘liq ba’zi muammolar yo‘l-yo‘lakay avtomat tarzda ijobiy hal bo‘lardi. Kechqurun olis safarga chiqish muvaffaqiyatli kechadi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun aslo organizmning jismoniy zo‘riqishiga yo‘l qo‘ya ko‘rmang. Salomatligingizga putur yetishi tayin. Mabodo ishlash jarayoningizda toliqishni his eta boshlasangiz, albatta ishni tashlang-u, ma’lum muddat istirohat qiling. Shaxsiy hayotda tanaffuslar e’lon qilish uchun bugungi kun muvaffaqiyatli kechadi. Yirik xaridlardan yuz o‘giring, moliyaviy ahvolingiz 6 oktyabr kuni havas qiladigan darajada emas.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
6 oktyabr kuni parizod burjida tavallud topganlarning kayfiyati juda yaxshi bo‘lmasligi kutiladi. Lekin e’tibor qilmang, asosiysi, juftingiz bilan orangizda janjal kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymasangiz bas, qolgani yo‘l-yo‘lakay yaxshilanib ketaveradi. Bugun o‘zgalar maslahatiga amal qilgan holda ish ko‘rish, olis safarga otlanish omadli kechadi. Jarimaga tortilishdan, jarohat olishdan saqlaning.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Muhabbatda qaltis vaziyatlarga tushib qolishdan o‘zingizni ehtiyot qiling. Juftingizni, oilasiz bo‘lsangiz, tanlagan insoningizni tanqid ostiga olishdan tiyiling. Xorijda ishlaydigan do‘stlaringizdan biri sizga mo‘may daromadli ish taklif etishi mumkin. Darrov rozilik bildiring. Ish joyingizda ham muvaffaqiyatlar sizni kutib turadi. Hoynahoy, mavqeingiz oshsa kerak. Pul masalasida tejamkor bo‘ling, aks holda inqirozga yuz tutasiz.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
6 oktyabr kunning birinchi yarmida sizni qiynab kelayotgan ba’zi savollarga javob topgandek bo‘lasiz. Ular asosan moliyaviy masala yoki muhabbat bilan bog‘liq savollar bo‘lishi mumkin. Agar birovlardan qarzingiz bo‘lsa, bugunoq to‘lab qo‘ying. Olis safarga otlanmang, jarohat olishingiz xavfi sezilyapti. Juftingiz bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, tortishishni ham, masalaga oydinlik kiritishni ham boshqa kunga qoldiring.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun yulduzlar dam olish masalasiga alohida e’tibor qaratishingizni maslahat berishadi. Keyingi kunlarda juda ko‘p ishladingiz, organizm deyarli jismoniy zo‘riqish arafasida. Darhol to‘xtab nafas rostlamasangiz, oxiri voy bo‘lishi hech gap emas. Tijorat bilan shug‘ullanishni niyat qilgan bo‘lsangiz, oldin ishonchli sheriklar toping. Bu ishni yolg‘iz rivojlantira olmaysiz. Qarindoshlarning biri bilan janjallashib qolishingiz mumkin. Kechqurun yaxshisi yolg‘iz qoling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
6 oktyabr kuni tog‘ echkisi burji ostida tug‘ilganlar olisdan bir dunyo yangi xabarlar eshitishadi. Ulardan ba’zilari sizning hayotingiz bilan bog‘liq bo‘lib chiqishi aniqqa o‘xshaydi. Kechqurunga borib o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz mumkin. Shamollagan bo‘lsangiz kerak. Darhol chorasini ko‘ring. Xona havosini tez-tez yangilab, malinali choyni bostirib-bostirib iching, o‘tib ketadi. Kechqurun moliyaviy ahvolingiz do‘stingiz yordamida o‘zini tiklab olishi kutilmoqda.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yolg‘on, firib, g‘iybat va hasaddan saqlaning. Bugun ular bir tan, bir jon bo‘lib faqat sizni yo‘ldan ozdirish, inqirozga yuz tutdirish uchun harakat qilishadi. Yaxshisi, asosiy e’tiborni moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish va ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldirishga qarating. Ishxonada asosiy vazifani ko‘ngildagidek ado etish uchun hayotiy tajribangizdan unumli foydalanishingiz kerak bo‘ladi. Serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling, jarohat olishingiz xavfi bor.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
6 oktyabr kuni ko‘p masalalarda fikrlaringiz va yo‘nalishni o‘zgartirishingizga to‘g‘ri keladi. Agar rahbarlardan mukofot undirish niyatingiz bo‘lsa, ishingizga yanada jiddiy e’tibor qarating. Kunduzi muhim hujjatlar bilan ishlashingiz ehtimoli bor. Sog‘lig‘ingiz masalasida do‘xtirga uchrashishingiz zarur. Bosh va oyoq qismingizda jiddiy xastalik xavfi bor.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi