QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun yaqin insoningiz bilan orangizda ba’zi masalalarda tushunmovchiliklar yuzaga kelishi kutiladi. Ro‘zg‘ordagi muammolar dastidan janjallashib qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Lekin janjal bilan ish bitirib bo‘larmidi. Amalda harakat qilish kerak. Unaqangi janjallarni ortga surib qo‘yavering. Kechqurun ancha-muncha xarajatga tushishingiz mumkin. Bu safarga chiqishingiz yoki yaqin qondoshlarga sovg‘alar sotib olishingiz bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun ilgarigiga nisbatan yanada e’tiborliroq bo‘lishingiz talab etiladi. Tadbirkorlar kunning birinchi yarmida majlisbozliklar, yangi shartnomalarni imzolash kabi amallarni boshdan kechirishi kutilmoqda. Ishxonangizdagi barcha ishlar go‘yo faqat sizning yelkangizga tashlangan kabi qancha harakat qilmang, baribir ulgura olmayotgandek bo‘lasiz. Ammo aslida ulgurasiz. Mukofoti bo‘lmish moddiy rag‘batni ham qo‘lga kiritasiz. Telefon orqali o‘zgalar bilan kamroq gaplashing, ko‘ngilsizlikka duch kelishingiz ehtimoli bor.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
7 oktyabrda kuningiz og‘ir kechishi kutilmoqda. Og‘irligi shundaki, muammolarni bartaraf etishda to‘siqlarga duch kelasiz. To‘siqlarni yengib o‘tishda esa faqat do‘stlar, yaqin insonlar yordam bera oladi. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy masalani qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, ijobiy hal etishingiz kutiladi. Kechqurun qondoshlar bilan janjallashgan bo‘lsangiz, o‘sha janjallarga barham berib yarashish pallasiga kirishingiz mumkin. Salomatlik haqida alohida qayg‘uring.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Kuningiz shunday o‘tadiki, sira zerikmaysiz. Zerikishga vaqtingiz ham bo‘lmaydi. Qachonlardir o‘zingiz ideal darajaga olib chiqib qo‘ygan odamlar bugun pand berib qo‘yishlari ehtimoli bor. Vrach qabulida bo‘lish, ayollar uchun tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratish va davolanish bugun xayrli kechishi kutiladi. Agar yo‘lingizdan firibgar yo ko‘ngli qora odamlar chiqib qolsa, darhol yo‘nalishni o‘zgartiring.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
7 oktyabr kuni turar joyni kengaytirish masalasida harakatlar sodir etasiz. Aka-ukalar bilan birga tor uyda yashayotganlar zudlik bilan alohida uy topib ko‘chib o‘tishlari zarur. Yo‘qsa, odatiy janjallar, bahslar tugmaydi. Oilalilar farzand tarbiyasi va o‘qishiga e’tibor qaratishlari zarur bo‘ladi. Pul masalasida yangi imkoniyatlar paydo bo‘lsa, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Bugun siz sog‘lig‘ingizdan umuman shikoyat qilmaysiz. Qanday yaxshi!
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun yulduzlar siz uchun revansh kuni bo‘lishini bashorat qilishgan. Ya’ni, qachondir sizni nohaq haqoratlagan, obro‘ va sha’ningizga putur yetkazishga uringan kimsa o‘zi qo‘ng‘iroq qilib yoki yoningizga kelib uzr so‘raydi, tavba qiladi. Muhim hujjatlar bilan ishlash jarayoningizda mayda ko‘ngilsizliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, kun davomida sog‘lig‘ingizni qat’iy nazorat ostida ushlang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
7 oktyabr kuni moliyaviy operatsiyalar muvaffaqiyatli yakunlanadi. Daromadning bu qadar oson qo‘lga kiritilganini ko‘rib o‘zingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz. Lekin daromad qo‘lga kirdi deb kerak-nokerak narsalarni xarid qilishga kirishib ketmang. Xizmat safari, romantik uchrashuvlar va muhim hujjatlarni rasmiylashtirish amallari bugun omadli kechadi. Kechqurun sport bilan shug‘ullanishingiz tavsiya etiladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun o‘zingizga bo‘lgan ishonch avtomat tarzda oshishiga guvoh bo‘lasiz. Bu shaxsiy hayotda, ish masalasida ko‘zlangan maqsadlarga erishishingizda juda asqotadi. Safarga chiqish, pul jamg‘arishni boshlash va hamkasblar bilan dahanaki janjallashishlar bugun muvaffaqiyatsizlik va ko‘ngilsizlik keltiradi. Sog‘lig‘ingizga putur yetmasligini xohlasangiz, ovqatlanish ratsioningizni nazorat qila boring.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
7 oktyabrda moliyaviy ahvolingiz va mavqeingiz jiddiy xavf ostida qolishi kutiladi. Hoynahoy o‘zingiz qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bergan bo‘lsangiz kerak. Atrofingizni hasadgo‘y va ikkiyuzlamachilar o‘rab turibdi, juda ehtiyot bo‘ling. Oilasizlar bugun romantik uchrashuvdan umid qilsalar bo‘ladi. Ba’zilar kechki payt birinchi muhabbatini uchratib qolishi ehtimolga yaqin bo‘lib turibdi. Salomatlikni saqlang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Tadbirkor bo‘lsangiz, turli shartlashuvlar, kelishuvlar paytida o‘zingizni diplomatlarcha tuting. Bu narsa ishlaringiz baroridan kelishida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Muhim hujjatlarni imzolashdan oldin albatta huquqshunos maslahatini oling. Muhabbatda stressli lahzalar paydo bo‘lishi mumkin. Agar juftingiz bilan o‘rtangizda kelishmovchilik yuzaga kela boshlaganini sezib qolsangiz, darhol o‘zingizni chetga ola qoling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
7 oktyabr kuni ko‘zingizga uchragan odam shubhalidek, sizni ko‘ra olmayotgandek tuyulaveradi. Bunday holatlarga uzoq muddat erk bermang. Nima qilib bo‘lmasin, miyangizdan chiqarib tashlang. Atrofdagilar bilan hazil-mutoyiba aralashtirgan holda muloqot qiling. Hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan ilohiy iste’dodingiz bo‘lsa, hozircha sirligicha qolib tura tursin. Siz zudlik bilan immunitetni ko‘tarish choralarini ko‘rishingiz lozim.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Agar o‘ta muhim ishlaringiz, suhbatlar bo‘lsa, ularni boshqa kunga qoldiring. Siz ishxonangizda rahbardan ulardan-da muhimroq topshiriq olasiz. Bu topshiriqni bajarishda bir soniya ham chalg‘ishingiz mumkin emas. Shaxsiy hayotda ma’lum muddat tanaffuslarni boshdan kechirishingiz mumkin. Nimaiki ishga qo‘l urmang, eksperimentlar o‘ylab topishga urinmang. Odatiy ssenariy bo‘yicha ish bajaring.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi