21:49 / 09.10.2017
8 357

Munajjimlar bashorati: 10 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 10 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ijod kishilarining kuni tug‘adi. Ilhom parisining marhamatidan bahramand bo‘lib, ular 10 oktyabr kuni bir-biridan ajoyib asarlarning g‘oyasini o‘ylab topishga muvaffaq bo‘lishadi. Kunduzi qaysidir firma sizga qo‘shimcha daromadli ish taklif etishi kutiladi. Darrov rozi bo‘ling. Kechqurun farzandlar yutug‘idan g‘ururlanishingiz va shuning natijasida kayfiyatingiz yanada ko‘tarinki darajaga yetishi ehtimoldan xoli emas.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
10 oktyabr kuni katta ishga pul tiksangiz, sira afsuslanmaysiz. Yoki ro‘zg‘or uchun yirik jihoz xarid qilish ham alohida zavq bag‘ishlaydi. Ba’zi do‘stlarimizning xonadonida kun davomida yangi mehmon dunyoga kelishi mumkin. Basharti safarga otlanayotgan bo‘lsangiz, serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Yaxshisi biron bir yaqiningizni safardosh qilib oling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun ishxonangizdagi hamkasblar qarshisida obro‘yingiz bir pog‘ona yuqorilaydigan bo‘lib turibdi. Bu ish sifatini yanada yaxshilash harakatiga tushishingiz natijasi bo‘lsa kerak. Oila qurmaganlar muhabbatda romantik lahzalarga oshno tutinishadi. Tanlaganingiz bilan uzoq suhbatlar qurib, go‘yo dunyoni unutasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling va salomatligingizni ehtiyotlang. Kun bo‘yi ko‘ngli qoralar, g‘iybat ustalari bilan muloqotga kirishmang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
10 oktyabr kuni har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham zahiradagi pullaringizni sarflab qo‘ymaslikka harakat qiling. Agar aksini qilsangiz, keyin o‘zingiz afsusda qolasiz. Sababi, bugun moliyaviy muammolar siz xohlagandek yuz foiz hal bo‘lmaydigan bo‘lib turibdi. Birovdan qarz olishni ham mo‘ljallamang. Emotsiyani jilovlagan holda harakatlar sodir eting. Sog‘lig‘ingiz kechqurunga borib picha pand berishi mumkin. Buni to‘g‘rilasa bo‘ladi, xavotir olmang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun faqat aqliy mehnatning orqasidan o‘zingiz istagan daromadga ega bo‘la olasiz. Jismoniy mehnatga umuman yaqinlashmang, bekorga organizmingiz zo‘riqqani qoladi. Oilasizlar kunning ikkinchi yarmida romantik uchrashuvlarni boshdan kechirishadi. Salomatligingizni kun davomida nazorat qilishdan tiyilmang. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, dorilarni vaqtida ichib, qon bosimingizni tez-tez o‘lchatib turing.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
10 oktyabrda oila a’zolaringiz, uzoq-yaqin qarindoshlar bilan munosabatlarni mustahkamlash harakatida bo‘lishingiz lozim. Ba’zilarini bilib-bilmay ranjitib qo‘ygan bo‘lsangiz, bugun ayni yarashadigan kuningiz. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatliklarini ko‘z qorachig‘idek asrashlari kerak. Kechqurun sizni oilaviy tarzda mehmonga taklif etishlari kutilmoqda. Ovqatlanish qoidalarini buzmang, oshqozoningizda muammo paydo bo‘lishi mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun do‘stlaringizdan biriga juda muhim masalada yordam berishingizga to‘g‘ri keladi. Atrofdagilar bilan muloqotda go‘yo orator bo‘lishingiz lozim. Shusiz maqsaga yeta olmaysiz. Oratorlik eng chigal muammolarga ham yo‘l topish imkonini beradi. Lekin moliyaviy muammolarga oratorlik shart emas. Bu yerda aqlni ishlatgan holda harakatlar sodir etish zarur. Salomatligingizni ehtiyot qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
10 oktyabr kuni o‘z maqsadlaringiz yo‘lida faqat olg‘a intilasiz. Hatto, atrofingizdagilarni payqamaysiz ham. Tavakkal faqat oldinga yurasiz. Lekin biling, jiddiy muammolar bu ahvolda hal etilmaydi. Ularni ijobiy hal etish uchun bir qadam oldinga, ikki qadam orqaga yurish usulidan foydalanish kerak bo‘ladi. Ortiqcha shovqin ko‘tarmay, imi-jimida ish tutsangiz, har qanday vaziyatni o‘zingizga bo‘ysundira olasiz.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ish joyingizdagi rahbarlar bugun sizga o‘ta mas’uliyatli bir ishni ishonib topshirishlari mumkin. Demak, buyog‘iga mas’uliyatni chuqur his etgan holda harakatlar sodir etishingiz kerak. Ba’zilarning ishxonasida rahbar o‘zgarishi mumkin. Yangi rahbarga esa ishchanligingiz, mas’uliyatliligingizni boshqatdan isbotlashingiz zarur. Bugun tadbirkorlarga shartnomalar tuzish, muhim hujjatlarni imzolash muvaffaqiyatsizlik keltiradi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
10 oktyabr kuni har bir vaziyatga hazil-mutoyiba yordamida baho bering. Atrofdagilar bilan muloqotda ham bu usul sizga ish beradi. Moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmaysiz. Basharti biror ish boshlasangiz-u, oxiriga yetkazishga ko‘zingiz yetmasa, bu ishdan voz keching. Shaxsiy hayotda mavjud bo‘lgan jiddiy to‘siqlar bugun yo‘q qilinadi va siz yana juftingiz bilan totli hayot kechirishda davom etasiz.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Hayotdan tegishli xulosalar chiqarish uchun o‘zingizni tashqaridan turib kuzating. Boshqalarni nuqul tanqid qilasiz, ammo o‘zingizning xatolaringizni go‘yo ko‘rmaysiz. Oilalilar zudlik bilan ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldirib, kelasi oy uchun mo‘ljallangan sarf-xarajatlarni xomcho‘t qilib olsalar ziyon qilmaydi. Yo‘qsa, bir kun kelib juftingiz bilan yana shu masalada janjallashib qolishingiz hech gap emas.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
10 oktyabr kuni har bir bajariladigan ishga ijodiy yondoshishingizga to‘g‘ri keladi. Muammolarni hal etishda asosiy kalitni topsangiz, olam guliston. Muvaffaqiyatlarning o‘zi sizni qidirib keladi. Shubhali tuyulgan loyihalarga katta pul tikmang. Bugungi kun, ayniqsa, pulni bo‘lar-bo‘lmasga sarflab bo‘lmaydigan kun ekanini unutmang.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 10 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..