10 050
Munajjimlar bashorati: 11 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun hayotingizda sodir bo‘ladigan har qanday voqea-hodisaga shukr qilgan holda yondashing. Omad, muvaffaqiyat, yoqimli lahzalar juda sekinlik bilan hayotingizga kirib kelishi mumkin. Bunga o‘zingiz sababchisiz. Yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘ygan xatolaringiz shu jarayonni sekinlashishga majbur etgan. Shaxsiy hayotda esa albatta omadga erishasiz. Kechqurun moliyaviy ahvolingiz yaxshilanib, do‘kon aylanishingiz va yoqimli xaridlarni amalga oshirishingiz kutiladi. Salomatligingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
11 oktyabr kuni aslo oqimga qarshi suzmang. Ish joyingizda hamkasblar, uyda yaqinlaringiz bilan yelkama-yelka turgan holda harakatlar sodir eting. Kunning ikkinchi yarmida juftingiz bilan janjallashib qolishingiz kutiladi. Bu holat kayfiyatingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasangiz, moliyaviy muammolar kechgacha yetmay ijobiy hal bo‘ladi. Kechqurun safarga chiqish, romantik uchrashuvlar va uy yumushlarini ado etish uchun muvaffaqiyatli kechadi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun eski qadrdon do‘stlaringizdan biri bilan u qadar uzoq bo‘lmagan manzilga safar qilishingiz kutilmoqda. Ambulatoriyada tibbiy ko‘rikdan o‘tish ham bugun muvaffaqiyatli kechadi. Tekshiruvlar salomatligingiz joyida ekanini ko‘rsatadi. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy ahvolingiz ham ijobiy tarafga o‘zgarishi mumkin. Kechqurun oila a’zolaringiz davrasida vaqt o‘tkazing.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
11 oktyabr kuni nimaiki niyat qilgan bo‘lsangiz, barchasiga yetishingiz tayin inshoolloh. Ayniqsa, ijodiy ishlar, loyihalar, yangi tanishuvlar ham xayrli kechadi. Moliyaviy ahvolingiz ham yaxshi bo‘lib, yaqinlaringizga sovg‘alar xarid qilish harakatiga tushasiz. Ammo tejamkorlik ham hech qachon ziyon qilmaydi. Oila qurmaganlar bugun ajoyib inson bilan tanishib, bu tanishuvni kelgusida romantikaga aylantirishlari ehtimoldan xoli emas. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yulduzlar 11 oktyabr kuni nafaqat kamchiliklaringiz, balki zararli odatlarga qarshi ham keskin kurash choralarini ko‘rishingiz lozimligini uqtirishmoqda. Bu sizning atrofdagilar bilan o‘zaro muloqotingizga va jismoniy imkoniyatlaringizga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Ovqatlanish rejimi, sport bilan shug‘ullanish masalasini ham unutib qo‘ymang. Har qanday turdagi ishni ado etishda jismoniy zo‘riqish bo‘lmasligini ta’minlang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
11 oktyabr kunning birinchi yarmida professional kasbingiz bilan bog‘liq barcha ishlarni yig‘ishtirib, shaxsiy hayotni tartibga solish bilan shug‘ullaning. Tez-tez kayfiyatsiz yurishingiz salomatligingizga yomon ta’sir etmasligi uchun juftingiz va oila a’zolaringiz bilan munosabatlarni yaxshilab olishingiz zarur. Bugun juftingiz bilan yolg‘iz qolish ruhiy bardavomlik, bardamlik hadya etadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun siz ommaviy tadbirlardan birida ishtirok etishingiz mumkin. Bu tadbir jamiyat qarshisidagi obro‘yingiz ortishi uchun xizmat qiladi. Moliyaviy jihatdan badavlat do‘stlaringizdan biri sizga yordam qo‘lini cho‘zadi. Tijorat bilan shug‘ullanuvchilar 11 oktyabr kuni yangi taraqqiyot pallasiga kiradi. Bu qo‘shimcha daromad manbai paydo bo‘ladi deganidir. O‘zingizni ehtiyot qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
11 oktyabr kuni ish boshlashda xavotir va hadiklarga o‘rin qoldirmang. Ular sizning dushmaningiz ekanini ham unutmang. Agar bir daqiqa xavotir va hadik tufayli ishni to‘xtatsangiz, faqat inqirozga yuz tutasiz. Undan ortig‘iga erishmaysiz. Ehtiroslarni jilovlang. Bu ayniqsa oila qurmaganlar uchun foydalidir. Kechqurun xizmat safariga jo‘nab ketishingiz ehtimoli bor.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun olis safar, kommunal sohadagi muammolarni hal etish va boshqa uyga ko‘chib o‘tish amallari muvaffaqiyatli kechadi. Mabodo yolg‘iz qiynalib qolsangiz, do‘stlaringizni yordamga chaqirishingiz ham mumkin. Azartli o‘yinlarning yaqiniga ham bormang, inqirozga yuz tutasiz. Jismoniy ahvolingizni doimo nazorat qila boring. Shamollash, gripp kabi xastaliklarga yo‘liqishdan saqlaning.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
11 oktyabr kuni ko‘z tegishidan, hasad va g‘iybatlarga qolishdan ehtiyot bo‘ling. Muhabbatda ham ishlaringiz u darajada besh emas. Shuning uchun juftingiz yoki tanlaganingiz bilan iloji boricha iliq munosabat yuriting. Arzimagan gap bilan orada janjal paydo qilishingiz hech gap emas. Ruhiy zo‘riqish va janjalli vaziyatlardan qoching. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun go‘yo aktyorga aylanmasangiz bo‘lmaydi. Shu yo‘l bilan atrofdagilarni o‘zingizga qarata olasiz. Mavqeni oshirish masalasida shoshilmang. Bugungi kun katmonini to‘ldirish niyatida bo‘lganlar uchun omadli kechadi. Tadbirkor bo‘lsangiz, sizga o‘ziga to‘q firmalardan biri o‘zaro hamkorlik taklif qiladi. Rozi bo‘ling. Bu firma bilan juda uzoqqa borasiz.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
11 oktyabr kunning birinchi yarmida daf’atan dangasaligingiz tutishi, shuning natijasida ko‘ngilsiz vaziyatlarga tushib qolishingiz mumkin. Agar uyda ishlashni xohlayotgan bo‘lsangiz, rahbarlardan rozilik so‘rang. Rahbariyat bilan maosh va yuqori lavozim xususida buguncha gaplashmay turing. Oila a’zolaringiz, juftingiz, farzandlaringiz davrasida kechqurun vaqt o‘tkazishingiz sizga bir olam quvonch tortiq etadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi