9 184
Munajjimlar bashorati: 12 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ishda u darajada muvaffaqiyatlar ko‘zga tashlanmaydi. Ammo buning sizga keragi ham yo‘q. Asosiysi, shaxsiy hayotingizda sokinlik va ahillik kuzatiladi. Mana shuning o‘zi sizga keragidan ortiq muvaffaqiyat demakdir. Kunning ikkinchi yarmida yaqin do‘stlaringiz bilan bog‘liq yoqimsiz voqeadan xabar topib kayfiyatingiz tushishi mumkin. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Atmosferadagi magnit bo‘ronlaridan surunkali xastalikka yo‘liqqanlar faqat mutaxassislar ko‘magida saqlanishlari tavsiya etiladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar bugun pul bilan bog‘liq muvaffaqiyatli lahzalarga oshno tutinishingizni bashorat qilishgan. Bu kunni anchadan beri kutgandingiz. Ammo hayajonlarga erk bermang. Ko‘z tegishi mumkin. Kunning ikkinchi qismida dam olishga, muvaffaqiyatlar sharobini totishga haqlisiz. Bugun hech kim bilan, ayniqsa, ishxonadagi rahbarlar bilan bahslashmang, janjallashmang. Iloji bo‘lsa, ishdan ertaroq chiqing, yaqin insonlar uchun sovg‘alar xarid qilish pallasi yetdi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
12 oktyabrda xarajatlardan nariroq bo‘ling. Xudo ko‘rsatmasin, pullaringizni sarflay boshlasangiz, to‘xtatish qiyin bo‘ladi. Oilasizlar yoddan tutsin, bugun ularga raqib ro‘baro‘ bo‘ladi. Agar tushunsa, yaxshilikchasiga nariga haydang, tushunmasa, qay yo‘l bilan bo‘lmasin, bo‘lg‘usi baxtingizni himoya eting. Kechqurun uyingizga mehmonlar kelish ehtimoli bor. Bundan tashqari, kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi ham kutiladi. Salomatligingizni ehtiyot qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugungi kun faqat sizniki. Safar, uchrashuvlar oliy darajada o‘tadi. Ishxonangizda ham kayfiyatingizni ko‘taruvchi bir qator vaziyatlar yuzaga kelishi kutilmoqda. Ammo ularni bir-biriga chalkashtirib yubormang, aks holda boshi berk ko‘chaga kirib qolishingiz ham mumkin. Ro‘zg‘ordagi muammolarni o‘zgalar ko‘magisiz bartaraf eting. Keyingi kunlarda atmosferada o‘ta kuchli magnit bo‘ronlari yuzaga kelishi kutiladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar sog‘liqni hamisha nazoratda ushlasinlar.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
12 oktyabr kuni shubhali ishlar, hamkorliklardan qoching. Agar shu ishlarga aralashib qoladigan bo‘lsangiz, sizni hatto boyvachcha tanishlaringiz ham qutqarib ololmaydi. Yaqin do‘stlarga bugun umuman qarz bermang va o‘zingiz ham qarz ko‘tarmang. Hotamtoyligingiz tutib qarz berib yoki olib qo‘ysangiz, oqibatda bir tiyinsiz qolasiz. Salomatligingizni sinchkovlik bilan nazorat qiling. Ovqatlanishda ehtiyot bo‘ling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Kvartira yoki mashina sotib olishga to‘g‘ri kelsa, hujjatlarga juda sergak holda imzo cheking. Zinhor xatoga yo‘l qo‘ya ko‘rmang. Sizni chuv tushirib ketishlari mumkin. Kun davomida kutilmaganda o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz mumkin. Bu yo allergiya, yoki surunkali xastalik sababli yuz berishi mumkin. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, atmosferada kuchli magnit bo‘ronlari davom etmoqda. Mana shu salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Yaxshisi, kasalxonaga boring va muammoni tezroq hal etish harakatida bo‘ling.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
12 oktyabrda mavqeingizga putur yetishini xohlamasangiz, ish joyingizda hamkasblar bilan diplomatlarcha munosabat yuriting. Bugun cho‘milish, ayollar uchun go‘zallik saloniga borish muvaffaqiyatli kechadi. Xalqona yo‘l bilan organizmni tozalash payida bo‘lsangiz, salomatligingiz yanada mustahkamlangan bo‘lardi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun oilasizlarning kuni tug‘adi. Siz idealingizdagi insonni uchratib tanishishingiz, bu tanishuv tez fursatda muhabbatga aylanishi mumkin. Yangi tanishuvlar paytida juda sergak turing, emotsiya, his-tuyg‘ularni jilovlashga harakat qiling. Kechqurun ba’zi do‘stlarimiz xizmat safariga jo‘nab ketishlari kutiladi. Bu safar moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishiga sababchi bo‘ladi. Qolaversa, professional kasbingiz doirasida malakangiz oshadi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
12 oktyabr kuni jamoada kuzatuvchi vazifasini o‘tashingiz lozim. Hamkasblarni kuzating, lekin ish masalasida miq etmang. Rahbarlar nimanidir uqtirayotganda, tilingizni tiyib tura qoling. Shaxsiy hayotdagi muammolarni birovlar yordamisiz o‘zingiz mustaqil tarzda bartaraf eting. Sog‘lig‘ingiz yomonlasha boshlashini sezsangiz, vrach ko‘rigidan o‘ting. Serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling, aks holda jarohat olishingiz hech gap emas.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Anchadan beri yaqinlaringizdanmi, do‘stlaringizdanmi biri bilan orangizda janjal davom etardi. Shu janjalga bugun xudoning qudrati bilan barham berilishi mumkin. Bu jarayon kayfiyatingizni yuqori cho‘qqilarga olib chiqib qo‘yishi tayin. Ishxonada faollikni oshirgan holda zimmangizdagi vazifani a’lo darajada uddalashga harakat qiling. Muhabbatda ham sizga omad kulib boqadi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
12 oktyabr kuni ishlaringiz baroridan kelib, sizga tinchlik bermayotgan muammolar a’lo darajada hal bo‘ladi. Kimlardandir qarzingiz bo‘lsa, bugundan qoldirmay qarzlarni uzing. Shunda ro‘zg‘oringizga yanada mo‘lroq barakotlar yog‘iladi inshoolloh. Salomatlikdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi. Faqat kechqurun yaqinlaringizdan kimdir kayfiyatingizni buzishi mumkin.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Qalbingizga quloq solmang, bugun faqat tajribali va sizdan yoshi ulug‘lar maslahatigina sizga yordam bera oladi. Shaxsiy hayotda realist bo‘ling. Ertaklarga ishonmang. Yaqindagina qaysidir firmaga ishga joylashgan do‘stingiz sizga qo‘shimcha daromadli ish taklif etishi kutiladi. Oilasizlar bugun kechqurun romantik uchrashuvga chiqishlari ehtimoli bor.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi