20:18 / 12.10.2017
9 478

Munajjimlar bashorati: 13 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 13 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun kayfiyatingiz kunning birinchi yarmida talab darajasida bo‘lmaydi. Qandaydir tushkun holatlarni boshdan kechira boshlaysiz. Taqdirdan noliysiz. Balki anchadan beri dam olishni unutib qo‘ygandirsiz? Unda sira o‘ylab o‘tirmay, dam olishni boshlang. Kunning ikkinchi yarmida siz shunday bir insonni uchratasizki, u ruhiy yetuklik, poklik masalasida sizga o‘z maslahatlarini beradi. Sog‘lig‘ingiz pand berayotganini sezsangiz, o‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, bilingki, bu atmosferada boshlangan kuchli magnit bo‘ronlari hosilasidir. O‘tib ketadi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Taqvimda odamlar orasidagi xavfli raqam deb nom olgan «13» raqami turgan bo‘lsa-da, bu kuningiz a’lo darajada o‘tishi kutilmoqda. Bunda sizning tabiatan realist ekaningiz ham alohida ahamiyatga ega. Shaxsiy hayotda, muhabbatda ham birday omadga erishasiz. Oilasiz bo‘lsangiz, bugun to‘y kunini belgilash xayrli kechishini unutmang. Salomatlikni saqlang, atmosferada davom etayotgan magnit bo‘ronlari ta’siriga tushib qolishdan o‘zingizni ehtiyot qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
13 oktyabrda o‘z xatolaringiz va o‘ylamay bosgan qadamlaringiz jabrini tortishni istamasangiz, har bir ishni puxta reja asosida amalga oshiring. Ijod, oshpazlik va pedagogika kasbi egalari uchun bugungi kun omadli kechishi kutiladi. Siz nafaqat malakangizni oshirish baxtiga muyassar bo‘lasiz, balki atrofdagilarning olqishlariga ham erishasiz. Sog‘lig‘ingizni asrang. Kechqurun ko‘proq vaqtingizni toza havoda o‘tkazing.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Tadbirkorlar uchun bugungi kun unumli kechadi. Siz yangi shartnomalarga imzo qo‘yasiz. Shuning o‘zi sizga qo‘shimcha daromad keladi deganidir. Ish joyingizda rahbarlar ishonib yangi loyiha topshirishlari mumkin. Bosh tortmang, bu loyiha sizga faqat foyda keltiradi. Shu bahonada moddiy ahvolingizni ham yaxshilab olasiz. Bugun sizga yagona dushman shoshma-shosharlikdir. Shundan ehtiyot bo‘ling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
13 oktyabr kuni ranjish, zerikish, jahl otiga minishingiz uchun hech qanday sabab bo‘lmaydi. Siz shu qadar sergak, quvnoq, artistona kayfiyatga ega bo‘lasizki, hozirning o‘zida sirk sahnasiga chiqsangiz ham xato qilmaysiz. Moliyaviy ahvolingiz bundan ham yaxshi kechadi. Ishdan keyin to‘g‘ri do‘kon yo bozorga tushib o‘zingizga yoqqan buyumlarni xarid qilavering. Ayollar esa go‘zallik saloniga, undan keyin do‘konga borib ajoyib kiyimlar xarid qilishsa ham ortiqchalik qilmaydi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Omadga erishish uchun ixtiyoringizdagi barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solishingizga to‘g‘ri keladi. Tajribangiz ham bu masalada juda asqotadi. Moddiy jihatdan ham muvaffaqiyatga erishasiz, biroq boshqa kunlardagidek emas. Shuning uchun pulni juda tejab ishlating. Kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi kutiladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, kun davomida salomatligingizni nazorat qiling. Atmosferada magnit bo‘ronlari davom etmoqda. Dori-darmonlaringizni yoningizda olib yuring.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
13 oktyabr kuni juda tushkun kayfiyatda uyqudan uyg‘onasiz. Holatingizni ko‘rgan borki, sizdan imi-jimida uzoqlasha boshlaganini his etasiz. Bunga yaqinda sizni tashlab ketgan sevikli insoningiz sababchi bo‘lsa kerak. Ayriliq alamini ko‘tara olmayapsiz shekilli…
Bunday vaziyatlarda ruhni o‘zingizga bo‘ysundirib, iloji boricha tezroq tushkunlik botqog‘idan chiqib ketish payida bo‘ling. Kechqurun ertaroq uyquga yoting.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Oila qurmagan bo‘lsangiz, bugun yuz beradigan yangi tanishuvlar sizga yangi baxt kalitini hadya etishi mumkin. Bu sizning intilishingizga bog‘liq. Kelajak rejalarni juda ehtiyotkorlik bilan tuzing, bu rejalarga do‘stlaringizni kiritmang. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy ahvolingiz yaxshilanadi. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda ehtiyot bo‘ling. Agar shaharda yashasangiz, kechqurun juftingiz bilan kechki ovqatni biror kafeda tanovul qiling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
13 oktyabr kuni ortingizdan g‘iybat toshlari otilayotganiga guvoh bo‘lasiz. Bu toshlarga javob qaytara olmaysiz. Chunki sizda g‘iybat toshi yo‘q. Qutulishning birdan-bir yo‘li sukut saqlashdir. Bugun yaqin do‘stlar bilan ham muloqot qilmay turing. Orangizda janjal kelib chiqish xavfi bor. Imkon topa olsangiz, tabiat qo‘ynida dam olib qayting. Salomatlikni qat’iy nazorat ostiga oling. Yotar pallangizda qatiq ichishingiz tavsiya etiladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar bugungi kuningiz juda quvonchli o‘tishini bashorat qilishgan. Mayli, tashqarida qor yog‘sin, qahraton izg‘ib yursin, ko‘nglingiz baribir bahordagidek bo‘ladi. Oilasiz bo‘lsangiz, muhabbatda omadingiz chopmaydiganroqqa o‘xshab turibdi. Qayg‘urmang, xudoning kuni ko‘p. Bugun bo‘lmasa ertaga albatta baxtingizni topasiz. Kechqurun qondoshlarning qaysidir biri bilan gap talashib qolishingiz mumkin.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
13 oktyabr kuni romantikka aylanishingiz zarur. Ana shundagina oilasiz bo‘lsangiz, tanlaganingizning ko‘ngliga yo‘l topa olasiz. Bugunga qadar faqat do‘stlikkagina ko‘nib yashardingiz. Sevgi bilan yashashga negadir hayiqardingiz. Hayiqmang, muhabbat siz o‘ylagandan ham totliroq dunyo. Moliyaviy muammolarni o‘z foydangizga hal etishda tavakkalchilikka zinhor yo‘l bermang. Basharti birovdan qarzingiz bo‘lsa, bugunoq qaytaring. Buning mukofotini keyinchalik albatta olasiz.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Oila qurmaganlar bo‘lg‘usi jufti bilan oralarida haqqoniy tuyg‘ular kezishiga erishishlari lozim. Ishda esa hamkasblar bilan munosabatlarda qalbingizga quloq tutgan holda ish ko‘ring. Shunda muvaffaqiyat siz tarafda bo‘ladi. Kechqurun jahdga erk bermasligingiz tavsiya etiladi. Aks holda yaqinlaringiz bilan orangizda katta janjal kelib chiqishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 13 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?