Turli xatolar yoki vaziyatning “omadsiz” ko‘rinishi ko‘plab ixtiro va g‘oyalar uchun asos bo‘lganiga tarixda misollar yetarlicha.
1. Xristofor Kolumbning Amerika qit’asini kashf etishi mutlaqo tasodifan yuz bergani kutilmagan muvaffaqiyat tushunchasining yaqqol misolidir. Aslida Kolumb Amerikani emas, Hindistonni izlab yo‘lga chiqqandi.
2. Sellofan oshxona dasturxonlari uchun namlik o‘tkazmaydigan qoplam ixtiro qilish maqsadida olib borilgan “omadsiz” tajriba natijasida yuzaga kelgan.
3. Rentgen nuri yohud X- Rays olim katod nurlari vakuum truba ichidan o‘ta olish yoki olmasligini tekshirmoqchi bo‘lgan payt kashf etilgan.
4. Super yelim zambarak pritseli uchun shaffof plastik ishlanayotgan onda tasodifan ixtiro qilingan. Ixtirochilar kerakli plastikni hosil qila olishmagan, ammo yelim har qanday jarohatni bir lahzada yopishtirib qo‘yish hususiyatiga ega bo‘lib, ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolgan.
5. Mayizli bulochka mashxur bulochkachi Ivan Fillipov tomonidan shirinligida tarakan topgan gubernator oldida o‘zini oqlash uchun ilk bor pishirilgan.
6. 1904 yili oziq-ovqat ko‘rgazmalarining birida muzqaymoq hamda vafli sotuvchisi yonma-yon joy egallashadi. Muzqaymoqchining savdosi yaxshi bo‘lsa ham, yonidagi vaflilar hadeganda sotilavermaydi. Oradan biroz vaqt o‘tib muzqaymoqchining idishlari tugaydi va yonidagi sotuvchi unga o‘z vaflilaridan idish o‘rniga foydalanishni taklif etadi. Bunday g‘oya xaridorlarga ham manzur kelib, vaflili muzqaymoq ixtirosi uchun asos bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi