QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ishxonangizga kelgach, yumush bajarishda haddan ziyod o‘zingizga ishongan holda tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymang. Yumush murakkab bo‘lsa, sira tortinmasdan o‘zingizga nisbatan tajribasi ko‘proq hamkasblarga murojaat eting. Shaxsiy hayotda hammasi tekis emas. Juftingiz, buyoqda ota-onangiz bilan munosabatlarga oydinlik kiritish ilinjida kuyib-pishishingiz kutiladi. Kechqurun taqdiringizda keskin bir burilish sodir bo‘lishi mumkin, tayyor turing.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
14 oktyabr kuni ishxona va uy o‘rtasida bo‘zchining mokisidek chopishingiz kutilmoqda. Natijada ishingizda sifat yo‘qoladi. Boshliqlardan tanbeh eshitasiz. Bugun sport bilan shug‘ullanish, tanani chiniqtirish kabilar muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun sizni ommaviy tadbirga taklif etishlari mumkin. Salomatligingizni asrang. Asablaringizni zo‘riqishga qo‘ymang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Agar bugun mavqeingizni oshirish niyatida bo‘lsangiz, yaqin o‘tmishni esga oling. O‘sha paytlarda to‘plagan tajribangizni ishga soling. Kun davomida ajoyib bir inson bilan tanishib qolishingiz mumkin. U sizga kelajakda ma’naviy ozuqa beruvchi bilimlarni singdirishi, shu sohada yaqindan ko‘mak berishi ehtimoldan xoli emas. Moliyaviy ahvolingiz bugun havas qiladigan darajada bo‘lmaydi. Shuning uchun qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish topmasangiz bo‘lmaydi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
14 oktyabr kuni hayotga real ko‘z bilan boqing. Ro‘zg‘oringizda muammolar qalashib yotibdi. Ularni bartaraf etmasangiz sira iloji yo‘q. Bugun immunitetni ko‘tarish bilan bog‘liq mashg‘ulotlar, amallar, cho‘milish mashqi muvaffaqiyatli kechadi. Juftingizga nisbatan dimog‘dorlik qilmang, agar shuning dastidan janjallashgan bo‘lsangiz, g‘ururni bir chetga surib qo‘yib uzr so‘rang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yulduzlar bugun azaliy rejalaringiz amalga oshishini bashorat qilgan. Basharti ular safar bilan bog‘liq bo‘lsa, demak, bugun olis safarga otlanishingiz kutiladi. Pul, meros bilan bog‘liq tadbirlar, huquqshunosdan maslahat olish amallari muvaffaqiyatli kechadi. Yaqinda do‘stlaringizdan biri bilan janjallashib qolgan bo‘lsangiz, kechki payt yarashish uchun imkoniyat tug‘iladi, uni qo‘ldan boy bermang. Sog‘lig‘ingizni ehtiyotlang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
14 oktyabr kunning birinchi yarmida tadbirkorlar uchun o‘ta murakkab shartnoma va kelishuvlar ko‘ndalang turibdi. Afsuski, siz bu ishga tayyor emassiz. Shunga qaramay, ijobiy natija olishga harakat qiling. Shaxsiy hayotingizda sokinlik hukm suradi. Faqat juftingiz bilan bir-biringizni behudaga rashk qilaverish bas qilinsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Bugun olis safarga otlanmang, jarohat olishingiz ehtimoli bor. Shu jumladan, elektr va olov bilan bog‘liq uskunalardan ham ehtiyot bo‘lib foydalaning.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun qaysi ishga qo‘l urishni mo‘ljallamang, avvalo sizdan yoshi ulug‘, tajribasi ko‘p hamkasblardan albatta maslahat oling. Bu sizga faqat foyda beradi. Agar kattaroq buyum xarid qilishni mo‘ljallamasangiz, moliyaviy ahvolingiz tobida bo‘ladi. Tanishlar, do‘stlar, yaqinlaringiz bilan janjallashib qolishdan saqlaning. Asabni asrang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
14 oktyabr kuni kayfiyatingiz bayramona bo‘lishi kutilmoqda. Faqat sizning qalbingizda bayram. Bu kayfiyatni hech qanday bulut yoki to‘siqlar buza olmaydi. Oilasizlar ajoyib bir insonni sevib qolishadi-yu, kechga qadar shu muhabbat ta’sirida sarmast bo‘ladilar. Moliyaviy masalaga kelsak, xaridlar ko‘p, ammo daromaddan darak yo‘q. Bugun zahiradagi pullardan foydalanib turasiz-da endi! Kechqurun oila qurmaganlarni romantik uchrashuv kutadi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun imkon darajangizdan ortiq mas’uliyatni zimmangizga olmang. Bu ishxonangizdagi professional kasbingiz bilan bog‘liq. Shaxsiy hayotda esa oilasizlardan kimdir to‘y kunini belgilaydi, oilalilardan birov oilasi bilan ajralishni xohlab qoladi. Ikkala vaziyatda ham tafakkurni ishlatgan holda, chin yurakdan harakatlar sodir etish lozim. Iloji bo‘lsa, ajrashmaganingiz ma’qul. «Bo‘linganni bo‘ri yer», deb bekorga aytishmagan.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
14 oktyabr kuni birinchi qiladigan ishingiz juftingizni har kimga rashk qilavermaslikdan iborat bo‘lishi lozim. «Bir kun janjal chiqqan uydan qirq kun baraka ketadi», degan xalq maqoliga amal qiling. Ishda esa hamkasblar bilan munosabatlarni mustahkamlang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Kimgadir jufti aynan kechqurun kutilmagan sovg‘a tayyorlab turishi kutiladi. Asabni asrang, organizmni jismoniy zo‘riqishga yo‘liqtirmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun kunning birinchi yarmida bir inson bilan tanishishingiz kutiladi. Bu tanishuv sizga bir olam emotsiya hadya etishi tayin. Demak, siz a’lo kayfiyatda omadga, muvaffaqiyatlarga bosqichma-bosqich erishib borasiz. Basharti anchadan beri sayohat haqida orzu qilgan bo‘lsangiz, 14 oktyabr kuni shu orzungiz haqiqatga aylanishi mumkin. Bu orzungiz qarindoshlardan birining ko‘magida ushaladi. Sog‘lig‘ingizni asrang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
14 oktyabr kunning birinchi qismida tushkun kayfiyatda bo‘lishingiz kutiladi. Ish ham, hayot ham joningizga tekkan kabi nolishdan bo‘shay olmaysiz. Bu kayfiyatdan chiqib ketish uchun qayergadir jo‘nang va ishoning, yo‘l va yangi tanishuvlar kayfiyatingizni asl holiga albatta qaytaradi. Juda bo‘lmasa, olisdagi qarindoshlarnikiga mehmon bo‘lib boring. Ammo sog‘liqni himoya etish, surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, dorilarni o‘zingiz bilan ola yurishni unutmang.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi