Bashang shu bilan bir qatorda didli ko‘rinish uchun ko‘p miqdorda pul sarflashning mutlaqo keragi yo‘q.
Hamma ham doimo qimmat va chiroyli kiyimlarni kiyishni istaydi. Lekin afsuski moliyaviy sabablar ba’zida bunga yo‘l bermaydi. Quyidagi tavsiyalarimiz esa ko‘p pul sarflamasdan, bashang ko‘rinishni istovchilarga qo‘l keladi degan umiddamiz.
Faqat qomatingizga mos libos tanlang
Buning siri shundaki, buyurtmaga tikilgan libos doimo bashang ko‘rinadi. Shahringizdan mahoratli tikuvchini toping-da, har gal yangi libos sotib olganingizdan keyin uni tikovchiga olib borib qomatingizga moslatib oling.
Kiyimlaringizni parvarishlashni unutmang
Toza hamda yaxshi saqlangan kiyimlar har doim bashang ko‘rinadi. Agar ertalablari uyg‘onishingiz qiyin bo‘lsa, kechqurun liboslaringizni tayyorlab qo‘ying. Sumkalaringizni ham tez-tez tozalab turishga odatlaning.
Sifatli matolarga pul qizg‘anmang
Tabiiy matolardan tikilgan liboslar hamisha chiroyli va bashang ko‘rinadi. Shu bois libos tanlashda mato sifatiga ham e’tibor bering.
Aksessuarlarni unutmang
Poyafzal, sumka va akssesuarlar obrazning muhim elementlari sanaladi. Shu bois ularni bir-biriga moslashni o‘rganing.
Bitta rang tanlang
Monoxrom obrazlar har dom bashang ko‘rinadi. Shu bilan bir qatorda egasini didli ko‘rsatadi. Bunda qora va oq ranglar muhim ahamiyatga ega. Lekin ba’zida, feruza, moviy ranglar ham chiroyli ko‘rinishi mumkin.
Odmilik har doim yaxshi
Garderobingizning asosini oddiy, bir-biri bilan uyg‘unlik kashf eta oladigan liboslar tashkil etsin.
Jinsi shimni kiyishni ham o‘rganing
Jinsilarni nafaqat sport uslubidagi kiyimlar bilan kiyish mumkin deydiganlar xato qiladi. Shu bois ularni oq ko‘ylak (rubashka), lodochka poyafzallar bilan uyg‘unlashtirishni ham o‘rganing.
Qimmat futbolka sotib olish shart emas
Qomatingizga mos, matosi ham sifatli bo‘lgan narhi hamyonbop futbolkani topgan bo‘lsangiz shundan bir nechta olib qo‘ying.
O‘zingizni parvarishlang
Agar haqiqatda bashang ko‘rinishni istasangiz eng avvalo o‘zingizga e’tiborli bo‘ling. Soch va yuz teringiz toza va sog‘lom bo‘lsin. Manikyurga alohida e’tibor bering. Yosh qizlar gulli rang-barang manikyur qilishlari mumkin. Yoshi kattalarga bir tusdagi manikyur mos kelishini ortiqcha eslatib o‘tirish shart emas. Pardoz qilishni o‘rganing. O‘zingizga mos va chiroyli bo‘lsin. Qarabsizki, siz ham bashang xonimlar qatoridan o‘rin olasiz.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi