1. Bir sutkada kamida 2 litr suv ichmasdan ozishning iloji yo‘q.
2. Ozish istagidagi inson spirtli ichimliklardan butunlay voz kechishi kerak.
3. Ertalab och qoringa 1 ta limon sharbati qo‘shilgan 1 stakan suv ichiladi va 20 daqiqadan keyin nonushta qilinadi.
4. Tanovuldan 30 soat oldin suv ichib olinadi. Ovqat paytida esa suv ichmaslik lozim. Tanovul qilib bo‘lgach, 40 daqiqadan keyin suyuqlik ichish mumkin.
5. Kuniga 4-5 marta ovqatlanish kerak.
6. Oxirgi tanovul vaqti uyqudan 3-4 soat avval bo‘lishi lozim. Undan keyin faqat suv yoki qatiq ichish mumkin.
7. Choyni shakarsiz holatda ichgan yaxshi. Shirinlik yegingiz kelsa, asal foydali.
8. Kartoshkani haftasida 2 martagacha tanovul qilish mumkin, undan ko‘p emas. Shunda ham qaynatilgan ko‘rinishda.
9. Uzum va bananni ozish niyatidagi insonlar yemaganlari ma’qul.
10. Haftasiga 1 kun ochlik kuni e’lon qilib, organizmni tozalash yaxshi samara beradi. Undan ko‘pi tanaga zarar.
11. Sport haqida hech qachon unutmaslik kerak. Sportzalga borishga imkoningiz bo‘lmasa, uyda ham shug‘ullanishingiz mumkin. Buning uchun ajoyib video darslar mavjud.
12. Sport bilan shug‘ullanish uchun eng qulay payt – 17:00 va 20:00 oralig‘idir.
13. Nonushtadan voz kechish aslo mumkin emas. U tanani kun davomida quvvat bilan to‘yintiradi.
14. Tushlik uchun sho‘rvalar, bulon, salat, qaynatilgan go‘sht, meva hamda sabzavotlar iste’mol qilgan ma’qul.
15. Ikkinchi tushlik (poldnik) uchun esa yogurt, salat, kefir, sabzavotlar mos keladi.
16. Kechki ovqat o‘rniga yengil salat, tvorog, yogurt yoki dimlangan sabzavotlar tanovul qilgan yaxshi.
17. Mevalarni kuning birinchi yarmida yegan durust.
18. Ozishni istasangiz qovurilgan taomlarni esingizdan chiqaring.
19. Kam-kamdan tez-tez yeyish kerak. Har bir tanovul vaqtida taom miqdori 200 gr. dan oshmasligi darkor.
20. Taomni katta qoshiq bilan emas, choy qoshig‘i bilan yegan yaxshiroq. Bu to‘yib ovqatlanishning oldini oladi.
Artyom Bezrukov, fitnes treneri. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi