Koinotda istiqomat qilayotgan har bir insonda uning o‘ziga ham yaxshi ma’lum bo‘lgan zararli odatlar mavjud. Garchi bunday zararli odatlardan qutulishni istaganlar ko‘p bo‘lsa ham, maqsadning bir o‘zi bilan hech qanday natijaga erishib bo‘lmaydi. Barmoqlaringizni shaqirlatish yoki tirnoq tishlash kabi odatlaringiz o‘zingizning ham g‘ashingizga tegar balki? Shunda bo‘lsa bizda bunga chora bor!
1-qadam.
Kuzating-chi, zararli odatlaringiz aynan qanday paytda namoyon bo‘lar ekan? Balki asabiylashganingizda, balki o‘yga tolganingizdadir. Har ne qilsa ham, ana shu holat ustidan nazorat o‘rnatishingiz kerak. Odatni paydo qiluvchi vaziyatni teran anglamay turib, uning o‘zidan ham qutulolmaysiz.
2-qadam.
Kundalik tuting. Bu nafaqat zararli odatlardan qutulish, balki boshqa turdagi rivojlanishlar uchun ham juda zarur. Erishilgan yutuqlarni yozib borsangiz, undan ham kattaroq muvaffaqiyatlar tomon odim tashlagingiz kelaveradi.
Kundalikni bir hafta davomida muntazam ravishda to‘ldirib boring. Keyingi haftada esa bu hol o‘z-o‘zidan ko‘nikish hissini hosil qiladi.
3-qadam.
Zararli odatlaringizni boshqa turdagi jarayonga almashtirib ko‘rishingiz ham mumkin. Tirnoq tishlash odatidan saqich yordamida qutulganlar talaygina. Barmoqlarini shaqirlatadiganlar esa odat “huruj qilgan” paytlari kiyim yengini ushlab turish, barmoqlar bilan biror tasvir chizish kabi ko‘rinishda hayolni chalg‘itib turishlari kerak.
Ha aytganday, dunyoda zararli odatlardan halos bo‘lish va o‘zgarishni istaganlar uchun sinalgan usul mavjud. Ushbu usul “O‘zgarishlar bilaguzugi” deb nomlanadi. Buning uchun bilagingizga rezinka taqib olasiz va zararli odatga bo‘sh kelganingizda rezinkani ikkinchi bilakka olib o‘tasiz. Toki rezinka bir bilagingizda 21 kun davomida turgunicha jarayonni takrorlashdan to‘xtamaysiz. 21 kundan keyin esa o‘zgarishlar odatiy tus oladi. Ana shunaqa! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi