QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Agar yil boshidan dam olishlarsiz ishlagan bo‘lsangiz, bugun albatta ta’tilga chiqish haqida ariza yozing. Ishoning, bu sizga faqat foyda beradi. Salomatlikni tiklaysiz. Aks holda yil oxiriga qadar sog‘lig‘ingizga putur yetishi mumkin. Juda dam olgingiz kelmasa, kuzatuvchiga aylaning. Bu malakangiz oshib borishida ham asqotadi. Kechqurun shaxsiy ish bilan qo‘shni shahargami, qishloqqami borib kelishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
18 oktyabr kuni qandaydir loqayd odamga aylana boshlaganingizni his etasiz. Sizni yaqin kelajak ham unchalik qiziqtira qolmaydi. Barchasiga qo‘l siltashni xohlaysiz. Ammo moliyaviy ahvolingiz buning jabrini tortishi, jabr esa sizga bir qator muammolar hadya etishi mumkin. Toki hayot ekansiz, faollikni qo‘ldan bermasligingiz lozim. Iloji bo‘lsa, qo‘shimcha ish toping. Kechqurun faqat sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘uring. Yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilish bilan cheklaning.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun aslo yangi tanishuvlarga yo‘l bermang. Ayniqsa, romantik tanishuvlar sizga ziyon yetkazishini unutmang. Oilalilar kunning ikkinchi yarmida juftini yoniga olib kinogami, sayrgami chiqib kelishsa, mana bu foyda beradi. Munosabatlar mustahkamlana boradi, bahri dilingiz ochiladi. Qon aylanishi ham yaxshilanadi. Bugun xizmat safariga borish va muhim hujjatlarni imzolash muvaffaqiyatsizlik keltiradi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
18 oktyabrda salomatlik haqida jiddiy qayg‘urmasangiz bo‘lmaydi. To‘xtovsiz ishlaysiz, o‘zgalarga yordam berasiz, o‘zingiz uchun sira vaqt ajratmaysiz. Biling, xudo ko‘rsatmasin, to‘shakka mixlanib yotib qolsangiz, o‘zingizdan bo‘lak hech kim sizga dard chekishmaydi. «Tanasi boshqa dard bilmas», deb bekorga aytishmagan. Juda bo‘lmaganda, sport bilan shug‘ullaning, oxiri yaxshi bo‘ladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun hadeganda olazarak bo‘lib atrofga qarayverishni bas qilib, ish bilan shug‘ullanmasangiz sira iloji yo‘q. Ish ko‘p, rahbarlar natija talab qiladi. Kun davomida azartli o‘yinlar o‘ynashdan, tavakkalchilikdan nariroq bo‘ling. Moliyaviy inqirozga yuz tutishingiz xavfi bor. Birinchi navbatda salomatlik, undan keyin pul masalasini o‘ylang va shu ikki muhim ishni qoyillating. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Kimdir mehmonga taklif etsa bormang, oila davrasida vaqt o‘tkazing.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
18 oktyabr kuni jarohat olmaslik, serqatnov yo‘llarda, elektr quvvatiga ishlaydigan uskunalardan foydalanishda biror falokatga yo‘liqmaslik tadorigini ko‘ring. Spirtli ichimliklar, dorilar iste’moli, qarama-qarshi jins vakili yo vakilasi bilan munosabatlardan keskin bosh torting. Ish joyingizda ish sifatiga e’tiborni kuchaytiring. Hamkasblar bilan muloqotda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, yangi oy chiqishi arafasida ehtiyot choralarini ko‘ring. Dorilaringizni doim o‘zingiz bilan olib yuring.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun yulduzlar olis safarga otlanmaslikni maslahat berishmoqda. Aks holda avtohalokatga yo‘liqishingiz hech gap emas. Yoki shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, yo‘llarda qoida buzilishi oqibatida katta miqdordagi jarimaga tushishingiz ehtimoli bor. Oilaviy bayramlar uyushtirish bugun xayrli va muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun yaqin do‘stlar bilan uchrashib muloqot qiling, asablar bo‘shashib, chigallar yoziladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
18 oktyabr kuni faqat qalbingizga quloq tutgan holda harakatlar sodir eting. Albatta muvaffaqiyat qozonasiz. Ertalabdanoq qalbingiz shu qadar dilgirlashadiki, ko‘ngilsizlikni ham, yaxshilikni ham oldindan seza oladi. Shuning uchun ham bugun qalb amriga bo‘ysunsangiz, kam bo‘lmaysiz. Oilasizlar bugun romantikadan umid qilmasalar ham bo‘ladi. Sog‘liqni mustahkamlash uchun sportning yengil turlari bilan shug‘ullaning.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
18 oktyabr ertalabdayoq juftingiz bilan adi-badi aytishishingiz xavfi sezilmoqda. Shuning uchun buguncha tinglovchiga aylana turing. Bir jihatdan bunda sizning aybingiz mo‘lroq. Ishga berilgansiz-u, juftingizga e’tibor, romantik lahzalar haqida o‘ylamay qo‘ygansiz. Moliyaviy imkoniyatingiz ko‘tarsa, ikkovlashib olis safarga jo‘nasangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Kechqurun uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi, ba’zilar xonadonida chaqaloq yig‘isi jaranglashi kutiladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
18 oktyabr kuni ishxonadagi obro‘yingizga obro‘ qo‘shuvchi ajoyib lahzalar namoyon bo‘ladi. Bu imkoniyatdan foydalanib qolishingiz shart. Shunda kelgusida ko‘pchilik sizdan o‘rnak olishga intiladigan bo‘ladi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, tanlaganingiz bilan munosabatlarda juda oddiy inson sifatida o‘zingizni namoyish eting. Kechqurun velosipedda sayr qiling, salomatlikka juda foydasi katta. Moliyaviy jihatdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Xudo sizga bugun shunday ajoyib kunni hadya etadiki, kuz, havo aynib yomg‘ir yog‘ishi kutilayotganini ham unutasiz. Kun davomida moddiy ahvolingiz ortig‘i bilan yaxshilanadi. Oilalilar jufti bilan bu pullarni ko‘paytirish yoki foydali jihozlar xaridiga ajratish haqida maslahatlashib olganlari ma’qul. Shu bahonada oilaviy byudjetning oy oxirigacha bo‘ladigan ahvoli ham belgilab olinadi. Salomatlikni asrang, asablar tarang tortishiga yo‘l bermang. Ularni keyin pul bilan tiklab bo‘lmaydi. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda juda sergak bo‘ling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
18 oktyabr kuni kechga qadar bor kuchingizni sarflab qo‘ymang. Ish o‘z yo‘liga, sog‘liqqa putur yetmasa bas. Qolaversa, xudoning kuni ko‘p. Mavqeingizni oshirish uchun hali qulay vaqt kelmadi. Hamma biladi, muhabbat bobida haqiqiy romantiksiz. Bu sizga juftingiz bilan yanada inoqlashish uchun keng yo‘l ochib beradi. Esda tuting, juftingiz sizga sadoqatli. Uning qadriga yetishga majbursiz.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi