21:15 / 24.10.2017
9 802

Munajjimlar bashorati: 25 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 25 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kuningiz xayrli kechishini yulduzlar bashorat qilishgan. Faqat emotsiyani jilovlagan holda ish tutishingiz kerak bo‘ladi. Kun davomida o‘zingizga xudodan faqat omad so‘rang. Oilasizlar kunning ikkinchi yarmida bir inson bilan uchrashib qolishlari kutiladi. Hoynahoy, u sizning kelgusi taqdirdoshingiz bo‘lak kerak. Uchrashuv juda qisqa fursatda romantik tus olish ehtimoli bor. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
25 oktyabr kuni sizni bema’ni sayr va aldovlar kutadi. Juda hushyorlik bilan ish ko‘ring. Tushdan keyin kimdir sizga shubhali ish taklif etishi mumkin. Bu ham sizdan sergaklik talab etadi. Aks holda chuv tushib qolishingiz turgan gap. Moliyaviy ahvolingizga bugun barcha havas qilsa arziydi. Kechqurun xonadoningizda oilaviy ziyofat tashkil etilishi mumkin. Nimaning munosabati bilanligini xudo biladi. Sog‘lig‘ingizni nihoyatda avaylang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yulduzlar bugun sizga yorqin lahzalarni, muvaffaqiyatlarni va’da qilishmaydi. Demak, taqdirning har qanday zarbasiga tayyor turishingiz lozim. Kunning ikkinchi yarmida nafaqat o‘z ishlaringiz bilan kifoyalanasiz, balki yaqin insonlarning muammolarini ham hal qilib berishingiz kutiladi. Shaxsiy hayotda yon berishga alohida e’tibor qarating. Yo‘qsa, janjal kelib chiqadi. Janjal yuzaga kelgan uydan esa baraka qochadi. Kechqurun juftingiz sizga kutilmagan sovg‘a taqdim etishi mumkin.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
25 oktyabr kuni ish bitirishda shoshilishingizga to‘g‘ri keladi. Busiz kechga qadar ko‘zlangan maqsadga yetishga ulgurmaysiz. Atrofdagilar, ayniqsa, hamkasblar bilan munosabatlarda tilingizga ehtiyot bo‘ling. Moliyaviy ahvolingizni kutilmaganda, kutmagan tanishingiz yo do‘stingiz yaxshilaydi. Ya’ni, u sizga moddiy jihatdan yordam qo‘lini cho‘zadi. Kechki payt eski qadrdonlardan biri bilan tasodifan uchrashib qolasiz va munosabatlar qayta tiklanadi. Salomatligingizni asrang, ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymang va illyuziyaning ortidan quvmang. Ayniqsa, oila qurmaganlar o‘z orzusidagi muhabbatiga shu yo‘l bilan yetishishni ko‘zlagan bo‘lishsa, katta xatoga yo‘l qo‘yishadi. Biznes bilan shug‘ullanuvchilarning hamkorlar bilan tuzadigan shartnomalari muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun sizni qaysidir ommaviy tadbirga taklif etishlari mumkin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
25 oktyabr kuni xushomadlar va ularning ortiga berkingan yolg‘onlar domida qolishingiz kutiladi. Buni o‘zingiz xohlagansiz, shuning uchun shikoyatga o‘rin yo‘q. Ishxonada xolis niyatingiz haqiqatga aylanishi uchun jamoaviy tarzda ish yuriting. Yutqazishni istamasangiz, kechgacha kissangiz pulga to‘lishini xohlayotgan bo‘lsangiz, qalb amriga quloq tuting. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatliklarini doimo nazoratda ushlashlari zarur.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun yaqin o‘tmishingizga tez-tez nazar tashlagan holda harakatlar sodir eting. Ammo bu shaxsiy hayotingizga emas, balki professional kasbingizga tegishli. Yaqin o‘tmishda orttirgan tajribangizni yodga olish natijasida ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Salomatlik pand berishini xohlamasangiz, stressli vaziyatlardan qoching. Kechqurun yaqin do‘stlaringizdan biri bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi kutiladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
25 oktyabrda atrofdagilar bilan munosabatlarda tilingizga, emotsiyangizga ehtiyot bo‘ling. His-tuyg‘u zo‘r kelib kimgadir bo‘lar-bo‘lmas gapni gapirib qo‘yishingiz va shuning orqasidan aybdor bo‘lib qolishingiz hech gap emas. Dori-darmonni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qiling, spirtli ichimlikdan butkul voz keching. Zaharlanishingiz xavfi bor. Kechqurun yaqin insoningizga tegishli yangilikdan boxabar bo‘lasiz.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun muammolaringiz yetarli. Ular asosan sizni ish joyingizda kutadi. Ammo muammolardan qochib qutula olmaysiz. Rahbarlar ruxsat berishmaydi. O‘zingiz sevgan inson kunning ikkinchi yarmida sizga nafrat olovini sochishi kutiladi. Asosiysi, barcha xatoliklarda o‘zingizni ayblamang. Qarsak ikki qo‘ldan chiqadi. Salomatligingizni kun davomida kuzatishdan tiyilmang. O‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, sira o‘ylab o‘tirmay, tibbiy ko‘rikdan o‘ting.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
25 oktyabr kuni miyangizga shunday ajoyib g‘oya quyilib keladiki, yaqin kelajakda u mavqeingiz oshishini ta’minlaydi. Ammo bu haqda hasadgo‘ylarga zinhor shipshita ko‘rmang. Hamkasblarning hammasi ham muvaffaqiyatlaringizga to‘g‘ri ko‘z bilan qaramaydi, shuni unutmang. Nafi tegmaydigan ishlardan yuz buring. Kechqurun sizni yaqin tanishingiz mehmonga taklif etishi mumkin.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun ertalabdanoq ajoyib kayfiyatda uyg‘onasiz. Lekin ishga o‘z vaqtida borishni unutmang, rahbarlarning kayfiyati yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Moliyaviy ahvolingiz 25 oktyabr kuni boshqa muammolarga nisbatan tezroq bartaraf etiladi. Zahiradagi pulingizni ro‘zg‘or uchun sarflasangiz foydadan xoli bo‘lmaydi. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda ehtiyot bo‘ling. Kechqurun o‘zingizni lohas his eta boshlashingiz mumkin. Qon bosimingizni o‘lchatib oling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
25 oktyabrda muhabbat bobidagi azaliy orzularingiz xayolingizni olib qochishi kutiladi. Biroq tez o‘zingizni qo‘lga oling. Xayol bilan qorin to‘ydirib bo‘lmaydi. Ish haqida o‘ylash lozim. Bugun yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz ehtimoli bor. Pul ham kissangizda yetarli bo‘ladi. Biroq bu pullarni pala-partish sarflash kerak degani emas. Kechki payt favqulodda xizmat safariga jo‘nab ketishingiz mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 25 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?