21:59 / 25.10.2017
10 644

Munajjimlar bashorati: 26 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 26 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun uyqudan uyg‘ongach, mabodo yomon tush ko‘rgan bo‘lsangiz, darhol yoddan chiqaring. Shunda tushlaringiz ishingizga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Lekin tanishlar, do‘stlar, yaqinlar ko‘magidan umid qilmang. Barcha muammolaringizni o‘zingiz bartaraf etishingiz lozim. Kechqurun oilangizda shunday ajoyib muhit zohir bo‘ladiki, ham dam olasiz, ham kayfiyatingiz ko‘tariladi. Salomatlikni asrang. Ovqatlanish me’yorlarini, rejimini buzmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
26 oktyabrda atrofingizni yaqin do‘stlar, o‘zingizga yoqqan insonlar qurshab olishsa, kuningiz ajoyib tarzda kechishi kutilmoqda. Kimki yangi ish qidirayotgan bo‘lsa, borgan yeridagi suhbat muvaffaqiyatli kechib, ko‘zlagan ishiga joylashadi. Reklama bilan shug‘ullanadiganlar uchun ham kun omadli keladi. Siz sotilishi zarur bo‘lgan mahsulotlarni a’lo darajada sota olasiz, yangi hamkorlar ham topasiz. Kechqurun oilangiz davrasida dam oling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
26 oktyabr kuni ish joyingizda rahbaringizga haqiqatan professional xodim ekaningizni yana bir karra isbotlashingizga to‘g‘ri keladi. Agar shu ishni qoyillata olsangiz, lavozimingiz oshdi deyavering. Moliyaviy muammolaringiz bugun avtomat tarzda ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda. Tadbirkorlar uchun yangi shartnomalarni imzolash, safar omadli kechadi. Kechqurun oilangizdagilar bilan orangizda janjal chiqmasligi uchun ro‘zg‘or kemtiklarini ham to‘ldirib qo‘yishga harakat qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Ertalabdanoq o‘zingizni ehtiyot qiling. Serqatnov yo‘llarda sergak bo‘ling, tanimaganlar bilan bahsga kirishishdan saqlaning. Jarohat olishingiz xavfi bor. Kunduzi oila qurmaganlar suyukli insoni bilan romantik uchrashuvni boshdan kechirishlari mumkin. Shu bahonada o‘rtadagi tuyg‘ularni yana bir bor imtihondan o‘tkazishingiz uchun imkoniyat tug‘iladi. Kechqurun kimdir qo‘lingizga pul tutqazishi kutiladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
26 oktyabrda atrofdagilar bilan munosabatlaringiz hadeganda kelisha qolmasligi sababli o‘rtada janjal, tortishuvlar yuzaga kelishi mumkin. Tushdan keyin ham xususiy mulk, ham moliyaviy masalada ter to‘kmasangiz, niyatga yetishingiz biroz qiyinlashib qolishi mumkin. Shaxsiy avtomashinangiz bo‘lsa, yo‘llarda hushyorlikni oshirgan holda harakatlaning. Kechqurun uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugungi kunni hali uzoq yillar eslab yurasiz. Yorqin lahzalar, baxtli onlar shu qadar ko‘pki, quvonchdan to‘kilay deysiz. Oila qurmagan qiz-juvonlardan kimdir tushdan keyin kimnidir ko‘radi-yu, yuragi jiz etadi. Bu muhabbat ekani tayin. Biznes bilan shug‘ullanuvchilarning ham oshig‘i olchi. Daromad, hamkorliklar, bir-biriga bo‘lgan ishonch va sadoqat. Bularning barchasi parizod burjida tug‘ilganlar uchun maxsus tanlangan. Kechqurun yolg‘iz qoling va miriqib dam oling. Bu ertangi kun uchun quvvat yig‘ishingizda yordam beradi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
26 oktyabr kuni mayda-chuyda ishlarni bajarishdan boshingiz chiqmasligi mumkin. Bu kechga qadar holdan toydirishi ham haqiqat. Ammo moliyaviy masalada omadingiz keladi. Biror xastalikka qarshi muolaja boshlaganlar ham bu amalni muvaffaqiyatli yakunlashadi. Biroq dori iste’molida xatoga yo‘l qo‘ymang. Kechqurun toza havoda sayr qiling, yengil hazm bo‘luvchi ovqatlar bilan cheklaning.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Vaziyatga oqilona yondashing, arzimagan ko‘ngilsizlikka duch kelsangiz, vahima qilmasdan, muammoni bosiqlik bilan bartaraf etishga harakat qiling. Dunyoda ko‘ngilsizlikka uchragan bir siz emasligingizni esga oling. Ijodkorlik, musiqaga iste’dodi borlar bemalol tanish-bilishlarga bu sirlarni oshkor etaversalar bo‘ladi. Tadbirkorlar kechki payt yirik firmalardan biri bilan foydali shartnoma imzolashi kutiladi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
26 oktyabr kuni tashqi ko‘rinishingizdan tortib qalbingizgacha har qanday odamni hayratga solmasdan qolmaydi. Bunga a’lo kayfiyat qo‘shiladi-yu, sizga xudo beradi. O‘z o‘rnida moliyaviy masala ham yo‘l-yo‘lakay ijobiy hal bo‘ladi. Ayollar, qizlar uchun go‘zallik saloniga borib tashqi ko‘rinishiga bezak berish omadli kechadi. Tijoratchi bo‘lsangiz, bugun katta miqdordagi «mol» uchun qo‘rqmasdan katta pul tikavering, daromadi albatta yaxshi bo‘ladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar bugun kunning birinchi yarmida qiziqarli va yoqimli uchrashuv kutishini bashorat qilishgan. Bundan tashqari, yaqinlaringiz haqida yoqimli xabar ham eshitasiz. Shunday a’lo darajadagi kayfiyat bilan ish joyingizda tog‘ni ursangiz, tolqon qilishga yetadigan kuchga ega bo‘lasiz. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga otlanishingiz kutiladi. Bu rahbarlar bilan munosabatingizni ham mustahkamlaydi. Balki yangi lavozim berishar.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
26 oktyabr kuni yaqinlar, do‘stlar bilan bo‘ladigan suhbatlardan o‘zingizni nari ola turing, janjal chiqish ehtimoli bor. Undan ko‘ra, moddiy ahvolingizni yanada yaxshilash haqida bosh qotiring. Aks holda yangi yil bayrami arafasida qarz ko‘tarishga majbur bo‘lasiz. Hozirdan bu bayram uchun zahira yig‘ib borishingiz kerak. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, dorilarni vaqtida ichishni unutmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Kuningiz juda og‘ir o‘tadi. Chunki ishlaringiz boshingizdan oshib-toshib yotibdi. Lekin ularning barchasini o‘z vaqtida uddalaysiz. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida yangi loyiha uchun katta pul tikishlari kutiladi. Oila qurmaganlarning ba’zilarini birga ishlaydigan odam daf’atan romantik uchrashuvga taklif etishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 26 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?