QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Biror ishga qo‘l urishdan oldin shoshilmang. Puxta reja asosida harakat boshlang. Shunda yutqazishlar yuzaga kelmaydi. Neki ishni bajarsangiz ham faqat qalb amriga bo‘ysuning. Jamoangizdagi muhitni zimdan kuzatib, shuning asosida hamkasblar bilan muloqot qiling. Bugun shaxsiy hayotda ham o‘zingizni xuddi generallardek tutadigan kun. Ammo har qanday qarorni ham juftingizsiz qabul qilmang, naq baloga qolasiz.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
27 oktyabr kuni bilim va tajribangizni yangi ishga joylashgan xodimlar bilan o‘rtoqlashing. Bugun kelajak rejalarni puxtalab olish uchun qulay imkoniyat tug‘iladi. Asosiysi, bir joyda to‘xtab qolmasangiz bas. Moliyaviy masalada muammo bo‘lmaydi. Salomatligingiz bosh og‘rig‘i ko‘rinishida pand bera boshlashi mumkin. Buni yo‘l-yo‘lakay hal etib ketsangiz ham bo‘ladi. Kechqurun g‘iybat ustalaridan nariroq yurishga harakat qiling. Ovqatlanish rejimini buzmang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kuningiz omadli kechishi kutilmoqda. Ish joyingizda bajaradigan ishingiz mavqeingiz oshishiga ham turtki bo‘lishi muqarrar. Hayotga real ko‘z bilan boqing, shuning o‘zi sizga omadni ham, yutuqlar-u xotirjamlikni ham hadya eta oladi. Oila qurmaganlarning ham muhabbatda omadi chopib ilgari o‘ziga sir boy bermagan, past nazar bilan qaraganlarni qarmog‘iga ilintira olish imkoniga ega chiqishadi. Faqat me’yorni haddidan oshirmang. Sog‘lig‘ingizni avaylang, ko‘proq mevalar iste’mol qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
27 oktyabr kuni miyangizga quyilib kelgan g‘oyani, yurak sirlaringizni o‘zgalar nazaridan panaroqda asrang. Kimgadir maqtanib qo‘ysangiz, tamom, keyin o‘zingiz afsuslanib yurasiz. Shaxsiy hayot va atrofdagilar bilan muloqotda qalbingizga quloq tuting. U oilasizlarga ham yaqindan ko‘mak beradi. Siz juft tanlashda umuman adashmaysiz. O‘zingizni ehtiyot qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Hayotingizda yuzaga keladigan har qanday tanaffusdan o‘z manfaatingiz yo‘lida foydalanib qolish harakatida bo‘ling. Ishxonada bugun rahbarlar nazaridan nariroq yurganingiz ma’qul. Ammo oila a’zolaringiz bilan tez-tez xabarlashib turmasangiz bo‘lmaydi. Kechqurun juftingiz bilan orzungizdagi sayohat masalasini muhokama etishingiz kutiladi. Pulingiz ham bu sayohat uchun bemalol yetib ortadi. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda ehtiyot bo‘ling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
27 oktyabr kuni tashqarida havo ayniganiga qaramay, qalbingizda quyosh nur sochadi. Hayotingiz yorqin lahzalardangina iborat bo‘ladi inshoolloh. Shaxsiy hayotingizda biroz tanaffuslar ko‘zga tashlanishi mumkin. Qizlar va ayollar uchun bugun tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish va garderobini yangi kiyim bilan boyitish juda omadli kechadi. Bir so‘z bilan aytganda, parizod burji ostida tug‘ilganlar bugun kun bo‘yi g‘oliblik shohsupasida bo‘lishadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Agar qalbingiz to‘xtashni buyurayotgan bo‘lsa, darhol quloq tuting va tavakkalchilikdan voz keching. Shunda inqirozga yuz tutmaysiz, chuv tushmaysiz, ishlaringiz baroridan kelib kissangiz pulga to‘ladi. Atrofdagilar bilan munosabatlarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, kun davomida qon bosimingizni o‘lchatib turing. Kechqurun sportning yengil turlari bilan shug‘ullanish xayrli kechadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
27 oktyabr faolik talab etiladigan kun ekanini unutmang. Lekin ora-sirada dam olishni ham esdan chiqarib qo‘ymang. Oila qurmaganlardan kimdir kimnidir sevib qolgan bo‘lsa, tamom, bugun kechga qadar romantik xayollar dengizida suzishi aniq. Mabodo olis safarga birgalikda otlansangiz, romantika juft bo‘lishi tayin edi. Salomatlik masalasida hazilga o‘rin yo‘q. Kuzning o‘zgaruvchan havosidan hamma narsani kutsa bo‘ladi. Ovqatlanishda me’yorni biling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun moliyaviy masalada sergak turmasangiz bo‘lmaydi. Bir oylik zahiralarni xomcho‘t qilib oling. Aks holda inqiroz sizni ham chetlab o‘tmasligi mumkin. Ezgu maqsadlarga erishish yo‘lida qarindoshlar, do‘stlar maslahatiga quloq tutmang. Qalbingizga quloq tutgan holda ish ko‘ring. Yo‘qsa, jiddiy xatoga yo‘l qo‘yasiz-u, afsusda qolib ketasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Olisda yashaydigan qarindoshlaringiz bugun mehmon bo‘lib kelishi ham ehtimoldan xoli emas.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
27 oktyabrda bardoshga zeb bering. Yo‘lingizda to‘siqlar ko‘p, ularni sabr yordamidagina yengib o‘ta olasiz. Muhabbatda ham jiddiy sinovlarga duch kelasiz. Ular sizni kechga qadar rostakamiga holdan toydirishi mumkin. Kechqurun yolg‘iz qoling. Dam oling. Sevimli xobbingiz bilan shug‘ullaning. Ertangi ishlarning xomaki rejasini tuzib chiqing. Kissangiz bugun pulsiz qolmaydi. Bardam bo‘ling. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlarini iste’mol qiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatish uchun bugundan qulayini topa olmasligingizga sha’ma qilishgan. Xatolarni tuzatish sizga ham moddiy, ham ma’naviy ozuqa hadya etadi. Oilasizlar sevish va sevilish, baxtga erishish uchun barcha imkoniyatga ega. Faqat ulardan qanday foydalanishni bilsalar bas. Kun davomida yangi tanishuvlarni ham boshingizdan kechirishingiz ehtimolga yaqin. Organizmingizni jismoniy zo‘riqtirib qo‘yishdan saqlaning.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
27 oktyabr kuni hayotingizda nima asosiy o‘rinni egallasa, o‘shani yanada yaxshilash harakatida bo‘ling. Agar shaxsiy hayot birinchi o‘ringa qo‘yilgan bo‘lsa, yaqinlaringizning ko‘ngliga qarab ish tuting. Ayniqsa, hali turmush qurmaganlar bu masalada ehtiyotkor bo‘lishlari talab etiladi. Moliyaviy muammolaringiz kunning birinchi yarmidayoq a’lo darajada hal etiladi. Kissangiz, katmon pulga to‘ladi. Ana undan keyin xohlagan narsangizni sotib olsangiz yarashadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi