QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kun sizga atrofdagilar bilan munosabatlarni mustahkamlab olishingiz uchun katta yordam beradi. Agar birdan katta ishga qo‘l ursangiz, albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Shuning uchun mayda-chuyda yumushlar bilan chalg‘ib o‘tirmang. Bugun vujudingizda kuch va g‘ayrat keragidan ham ko‘proq. Ulardan unumli foylanish faqat yaxshilik keltiradi. Xayolingizda, shaxsiy hayotingizda tartib o‘rnating. Toki hayotingiz bundan-da qiziqarliroq kechsin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
28 oktyabr kuni mayda ishlar bilan ko‘proq band bo‘lishingiz kutiladi. Lekin aynan shu mayda ishlar katmoningizni pulga to‘ldirishi mumkin. Bugungi kun moliyaviy muvaffaqiyatlarga erishish va ertangi kun uchun qo‘shimcha kuch yig‘ishda juda qulay kechadi. Organizmingizni jismoniy zo‘riqishga mubtalo etmang, salomatligingizga putur yetishi mumkin. Kechqurun yaqinlaringiz bilan vaqt o‘tkazing.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun zinhor olis safarga otlanmang, muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Ob-havo ham safarga chiqadigan holatda emas. Kun davomida bir talay yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Bu kayfiyatingiz yaxshilanishida muhim rol o‘ynashi mumkin. Ovqatlanishga alohida e’tibor bering, rejimni buzmang. Organizmingiz bunga sira rozi bo‘lmaydi. Moliyaviy muammolaringiz kunning ikkinchi yarmida ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
28 oktyabrda kunning birinchi yarmi siz uchun juda omadli kechadi. Katmon pulga to‘ladi. Hoynahoy, kimdir sizdan olgan qarzini ustamasi bilan qaytaradi. Do‘stlaringizdan kimdir mavqeingizga putur yetkazish uchun imi-jimida sizga qarshi bo‘lmag‘ur ishlarni boshlashga urinishi mumkin. Sergak bo‘ling. Juftingiz bilan bo‘lib o‘tadigan mayda-chuyda ko‘ngilsizliklarni hisobga olmasa, shaxsiy hayotingizda sokinlik hukm suradi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Tadbirkor bo‘lsangiz, bugun ertalabdan yangi, sizning manfaatlaringiz uchun xizmat qila oladigan shartnomalarni imzolang. Bori bilan cheklanib bir joyda o‘tirib qolishingiz mumkin emas. Faqat oldinga intilishingiz shart. Ana shunda qachonlardir sizga tirnoq orasidan qaraganlar hasaddan kuyib ich-etini yeya boshlashiga guvoh bo‘lasiz. Oilasizlarga bugun muhabbatda omad kuladi. Kutgan va orzulagan insoningizni uchratishingiz ehtimoli bor.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Oila qurmaganlarning ayrimlari bugun kunning birinchi yarmida bo‘lg‘usi juftini uchratishadi. Shunday qilib ezgu niyatlaringizdan biri haqiqatga aylanadi. Oilalilar esa shaxsiy hayotda tanaffus e’lon qilishsa foydadan xoli bo‘lmaydi. Surunkali xastalikka chalinganlar kun davomida salomatligini nazoratda tutishlari tavsiya qilinadi. Kechqurun olisda yashovchi qarindoshingiz telefon orqali xushxabar yetkazishi kutilmoqda.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugungi hayotingiz faqat yorqin lahzalardan iborat bo‘ladi deyishsa ishonavering. Kunning ikkinchi yarmida sizni boshqa uyga ko‘chib o‘tish, xorij davlatlaridan biriga samolyotda uchish kabi amallar kutishi ehtimolga yaqin. Serqatnov yo‘llarda jarohat olishingiz xavfi bor, shu sababli ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, ko‘chaga chiqmay qo‘ya qolganingiz ma’qul. Bugun uy sotish, professional kasb doirasida malaka oshirish muvaffaqiyat keltiradi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
28 oktyabr kuni tushga yaqin aldanib qolishingiz ehtimoli bor. Firibgar, ikkiyuzlamachilarni chetlab o‘tishingizga to‘g‘ri keladi shekilli. Pul topishda bajaradigan qo‘shimcha ishingiz qonunga zid bo‘lmasa, tavakkal qiling. Sevgi masalasida artistona yo‘l tutsangiz, ko‘zlagan niyatingizga albatta yetasiz. Bu usul bilan nafaqat juftingiz, balki ko‘chadagi qarama-qarshi jins vakil va vakilalarini ham hayratdan yoqa ushlashga majbur etasiz. Kechqurun serqatnov yo‘llarda sergak bo‘ling. Uxlashga yotishdan oldin qatiq yo sut iching, tushlaringiz totli kechadi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Mavqeingiz, professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizda tanaffuslar yuzaga kelishi kutiladi. Agar yangi, serdaromad ish uchrab qolsa, etagini mahkam tuting. Lekin har bir harakatingizni puxta reja asosida sodir etishingiz zarur. Toki bilib-bilmay xatoga yo‘l qo‘ymang. Kechqurun uyda tartib o‘rnatish, mayda ta’mir bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Sog‘lig‘ingiz yomonlasha boshlasa, kunning qaysi mahali bo‘lishidan qat’i nazar vrach qabuliga shoshiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
28 oktyabr kuni boshqa kunlardagiga nisbatan anchagina faollashasiz. Bu rahbaringizga juda yoqib tushadi albatta. Chunki ishning belini sindirib tashlaysiz. Shubhasiz, buning mukofotini ham olishingiz ehtimoldan xoli emas. Shaxsiy hayotda esa oilasi yo‘qlarga aksincha bo‘shangligi, hadeganda bir qarorga kela olmasligi pand beradi. Baxt qushi shundoq derazaning narigi tarafida turibdi-yu, ular qush ichkariga kirishidan umid qilgancha o‘tirishibdi. Bu turishda bir umr derazaga termilib o‘tirishingizga to‘g‘ri keladi-yov!
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun professional kasbingiz doirasida bilim va salohiyatni oshirish payida bo‘ling. Mabodo talaba bo‘lsangiz, dunyo bilimlarini to‘liq egallash hech qachon ortiqchalik qilmasligini unutmang. Oila qurmaganlar muhabbatda nazorat, sinov amallarini qo‘llab ko‘rishlari tavsiya etiladi. Sog‘lig‘ingizni mustahkamlash uchun zararli odatlardan voz kechishingiz kerak.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
28 oktyabr kuni dunyoqarashingizni kengaytirgan holda bajaradigan ishingizga professional nazari bilan boqing. Jasurlik, tavakkalchilik, qat’iyatlilik bugun faqat olqishlanadi. Kunning ikkinchi yarmida ommaviy tadbirda ishtirok etishingiz mumkin. Moddiy ahvolingiz bugun yaxshi bo‘lmasligi kutiladi. Shuning uchun kissada bor pullarni tejab ishlatishingizga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilikni havo aynishi tufayli varikoz bezovta qilishi mumkin.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi