10 087
Munajjimlar bashorati: 29 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ish joyingizda siz uchun barcha imkoniyatlar eshiklari ochiq. Shunday ekan, rahbarlar neki ish buyursa, bajonidil qabul qiling. Moliyaviy ahvolingiz havas qiladigan darajada emas. Shu sababli yana qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish topmasangiz bo‘lmaydi. Turli ko‘ngilochar lahzalar, do‘stlar bilan uchrashuv hamda muloqotlardan nariroq bo‘la turing, ular sizga moddiy rag‘bat keltirmaydi. Salomatligingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
29 oktyabr kuni ishxonada boshqa kunlardagiga nisbatan ko‘proq ter to‘king, ishlang. Hamkasblar bilan bir tan, bir jon bo‘ling. Siz o‘zingizga haddan ziyod ishonib yubormang, ayniqsa, bugun yolg‘iz o‘zingiz qarshingizda ko‘ndalang bo‘ladigan muammolarni bartaraf eta olmaysiz. Shaxsiy hayotda ham juftingiz bilan iliq munosabatlar saqlanib qolishi uchun harakat qiling. Kechqurun toza havo sayrini unutib qo‘ymang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun ertalabdan moddiy ehtiyojlaringizni qondirish harakatida bo‘ling. Qarzlaringiz ham yo‘q emasga o‘xshaydi. Ularni uzish uchun ham ko‘proq ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Yaqin insoningiz bilan munosabatlarga nuqta qo‘yadigan gaplarni gapirib qo‘ymang, harakatlarni sodir etmang. Aks holda keyin yarashishingiz juda qiyin bo‘ladi. Salomatligingiz kechki paytga borib pand bera boshlashi mumkin. Oldini olib vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘ysangiz ham ziyon qilmaydi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
29 oktyabrda oldingizda faqat moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish vazifasi turadi. Qo‘shimcha ish topib ter to‘kishdan qochmasangiz, kechga qadar bu muammolarni a’lo darajada bartaraf eta olasiz. Lekin tejamkorlikka alohida e’tibor qarating. Pulni qancha bo‘lsa ham sarflasangiz tugab boraveradi. Tejab ishlatsangiz, o‘zingizga foyda. Oilasiz bo‘lsangiz, bugun tanlaganingizga qanday ajoyib inson ekaningizni amalda isbotlash vazifasi turganini unutmang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
29 oktyabr kuni oila qurib ulgurmaganlar romantik tanishuvlarni boshdan kechirishi, olis safarga otlanishi kutiladi. Siz o‘zingizni yangi tanishgan insonga sof holatda, ajoyib tarzda namoyish eta olasiz. Bu yaqin kelajakda qaynoq muhabbat tug‘ilishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bugun xususiy mulk oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun xonadoningizga o‘zingiz kutmagan, kutishni ham istamagan odamlar mehmon bo‘lib kelishi kutiladi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
29 oktyabr kuni orzularga berilmang, ko‘p ishlang, ko‘p harakatlaning. Muammolarni hal etishda kimgadir ishonib qolishingiz xato hisoblanadi. Faqat o‘z kuch, imkoniyatlaringizdan kelib chiqib harakatlar sodir eting. Tijoratchi bo‘lsangiz, haqiqiy hamkorlarga ega bo‘lgan taqdiringizdagina qo‘shimcha daromadlar ola boshlaysiz. Agar ular bor bo‘lsa, tabriklaymiz, omad faqat siz tomonda bo‘ladi. Kechqurun salomatligingizni mustahkamlash uchun alohida vaqt ajrating.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar bugun yirik xaridlarga zinhor yo‘l bermasligingizni tayinlashmoqda. Yo‘qsa, kechga borib kissangiz quriganligidan azob cheka boshlashingiz hech gap emas. Kimlardir bugun ertalab sayohatga otlanishi mumkin. Bu sayohat sizga bir olam iliq taassurotlarni hadya etadi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kun davomida sog‘lig‘ini nazorat qilishi shart. Dorilarni ham hamisha yoningizda olib yuring.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
29 oktyabrda oldingizga muhim rejalarni, maqsadlarni ko‘ndalang qo‘ygan holda ish boshlang, inshoolloh barcha ishlaringiz baroridan keladi. Rahbarlar, hamkasblar bilan iliq munosabatingiz yangidan-yangi muvaffaqiyatlar garovidir. Shaxsiy hayotda muhim bir qaror chiqarish arafasida turibsiz. Bu masalada faqat qalbingizga quloq tuting. U aldamaydi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Nihoyatda ehtiyotkorlik bilan harakatlaning. Biror ishga qo‘l urishdan oldin yetti o‘lchab bir kesing. Qaysidir jabhada chuv tushib qolishingiz xavfi bor. Bo‘lar-bo‘lmasga kuch sarflamang. Katta ishlarga katta pul tikish bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Ayniqsa, qo‘shimcha zahirangiz bo‘lmasa, bu ishga qo‘l urmang. Muhabbatda sizni ajoyib va yoqimli lahzalar kutadi. Faqat tabiatan tanqidga o‘chligingizni bir chetga sura turing. U yaqin insoningiz bilan orangizga sovuqchilik solishdan boshqasiga yaramaydi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
29 oktyabr kuni ishlaringiz baroridan keladi. Bir so‘z bilan aytganda, bugun sizning kuningiz. A’lo kayfiyat, kissa to‘la pul, qalbingizda bahoriy tuyg‘ularning charx urishi sizni go‘yo yettinchi osmonda parvoz qilishga majbur etadi. Parvoz qiling, har bir daqiqa g‘animat. Mabodo biror shaharga safar qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, kunning ikkinchi yarmida yo‘lga chiqing. Kechqurun yaqin qondoshlarga moddiy ko‘mak berishingiz kutiladi. Ishoning, buning savobi juda katta bo‘ladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Muhim hujjatlar bilan ishlashga to‘g‘ri kelsa, temir intizomga bo‘ysungan holda ish boshlang. Agar arzimagan xatoga yo‘l qo‘ysangiz ham bu ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan miqdordagi moddiy yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Lekin organizmingizni jismoniy zo‘riqishga majbur etmang, bekorga kasal orttirib olasiz. Ovqatlanish rejimini buzmagan holda kuningizni kechiring. Sportning yengil turlari bilan shug‘ullaning.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
29 oktyabr kuni juftingiz bilan orangizda arzimagan bahona bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Siz bosiqlik bilan munosabat yuritishga harakat qilavering. Xayolparastlik, illyuziyaga yo‘l bermang. Ba’zilar xorijga ketish taraddudini ko‘rayotgan bo‘lsa, hujjatlar masalasida ehtiyotkor bo‘lishlari tavsiya etiladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi