23:18 / 28.10.2017
9 030

Sizni tez qaritadigan o‘nta omil (o‘qib hayratlanasiz)

Sizni tez qaritadigan o‘nta omil (o‘qib hayratlanasiz)
Tashqi ko‘rinishingiz qanday bo‘lishi yosh hamda genetikangizga bog‘liq. Ammo bu yagona omil emas. Ko‘p hollarda bizning hatti-harakatlarimizning o‘zi katta ahamiyat kasb etib qoladi. Bugungi maqolamizda esa keksayish jarayonini tezlashtirib yuboradigan xatolarga to‘xtalib o‘tamiz.

1. Ratsiondan yog‘larni chiqarib tashlash
Qomati haqida qayg‘uradiganlar tarkibida yog‘ bo‘lgan mahsulotlarni iste’molini ancha va ba’zida butkul cheklab qo‘yadi. Bundayin parhez tanaga hamda teriga ham salbiy ta’sir qiladi: ajinlar tushishiga sabab bo‘ladi. Shu bois ovqatlanish ratsioniga foydali yog‘lar boy bo‘lgan baliq go‘shti, yong‘oq, smetana va o‘simlik moyini kiritish juda muhim.

2. Ichimliklarni solominka bilan ichish

Buni qarangki, beozorgina ko‘ringan shu odat ham salbiy ta’sirga ega ekan. Gap shundaki, solominkada ichish uchun lablarni trubka shakliga keltiramiz. Bu esa lab atrofidagi teriga erta ajin tushishiga olib keladi. Bu narsa chekadiganlarga ham tegishli.

3. Yonlamachasiga uxlash
Agar yonlamachasiga yoki qorinda uxlasangiz yuzingizni, albatta, yostiqqa bosim olasiz. Bu esa iyak hamda yuzda erta ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu bois yuz terisining salomatligi hamda go‘zalligini saqlab qolaman desangiz yuqoriga qarab yoting.

4. Yelkalarni tik tutmaslik
Yelkalarimizni yegib yurganda yoki bukilib o‘tirganimizda umurtqa qiyshayadi. Mushaklar ortiqcha bosim ostida qolib, so‘ngra og‘riq hamda charchoqni yuzaga keltiradi. Shu bois yelkalaringizni tik tutishga harakat qiling. Bu qomatning chiroyli bo‘lishiga, yurishlaringiz ham tekislanib butun obrazingiz yaxshi bo‘lishiga olib keladi.

5. Faqatgina ta’tilda quyoshdan himoyalanish
Ultrabinafsha nurlar — terining erta qarishiga olib keladigan asosiy omillardan biri. Shu bois kunduzgi kremning quyoshdan himoyalaydigan faktorlisini tanlang. Va bu kremdan yomg‘irli ob-havoda ham foydalanishni kanda qilmang. Sababi bulutlar atmosferaga tushgan binafsha nurlarning 80 foizini o‘tkazib yuboradi.

6. Xonani haddan ortiq isitib yuborish
Isitish manbaalari havodagi namlikni qurutib yuboradi. Bu esa soch hamda teriga ta’sir qiladi. Shu bois xonada ozgina salqin bo‘lishini ta’minlang.

7. Shakardan butkul voz kechish

Ha ko‘p miqdordagi shakar zararli. Ammo kayfiyat ham juda muhim. Shu bois ba’zi-ba’zida kichkinagina tort bo‘lagi sizga ham, qomatingizga ham foyda bo‘lishi mumkin. Lekin ba’zi-ba’zida so‘zini unutmang.

8. Juda ko‘p televizor tomosha qilish

Bir soat televizor qarshisida o‘tkazilgan vaqt umringizni 22 daqiqaga qisqartirar ekan. Ha, bu gap internet hamda kompyuter ishqibozlariga ham tegishli. Shu bois har soatda turib, ozgina mashq qilib turing.

9. Kam uxlash
Katta odamga kunlik 7-8 soatlik uyqu kerak. Agar qancha kam uxlasak tana o‘zini tiklab olishga ulgurmaydi. Bu esa tashqi ko‘rinishingizga ham ta’sir qiladi. Mutaxassislar 22. 00 — 23. 00 larda uxlashni tavsiya qiladi.

10. Tartibli bo‘lmaganingizdan asabiylashish

Doimiy ruhiy tushkunlik to‘qimalar ishiga halaqit beradi. Ko‘p hollarda ruhiy tushkunlikni o‘zimiz keltirib chiqaramiz. Bunga o‘zimizning betartibligimiz sabab bo‘ladi. Shu bois hamma ishni o‘z vaqtida qilsangiz, ortiq muammoning o‘zi bo‘lmaydi.
Va unutmang: hamma narsa o‘zimizning qo‘limizda bo‘lmasa ham, ko‘p narsa bizning qo‘limizda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sizni tez qaritadigan o‘nta omil (o‘qib hayratlanasiz)