QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun uy, ish va qarindosh-urug‘laringiz bilan bog‘liq muammolar xamirdan qil sug‘urgandek oson hal bo‘lishi kutiladi. Kun mobaynida eski qadrdonlardan biri bilan tasodifan uchrashib qolishingiz, madaniy tadbirda ishtirok etishingiz mumkin. Bularning barchasi sizga bir olam quvonch va kuch-qudrat ato etadi. Kechqurun odatga ko‘ra toza havoda sayr qiling, ovqatlanish rejimini buzmang, yolg‘onni ko‘p gapiradiganlardan nariroq yuring.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
4 noyabr kuni kuningiz ancha og‘ir kechish ehtimoli bor. Bajaradigan ishingiz asosan jismoniy mehnat bo‘lishi tayin. Shunday ekan, iloji boricha organizmni kamroq zo‘riqtirishga harakat qiling. Ish bajarishingizda qaysidir yaqiningiz sizga ko‘maklashib yuborishi ham ehtimoldan xoli emas. Moliyaviy masalada bugungi kun sizga omad keltiradi. Kechki payt kimdir sizdan olgan qarzini qaytarishi mumkin. Kechqurun oshqozoningizda muammo paydo bo‘lishidan saqlaning.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
4 noyabrda tadbirkorlar pulni pulga urishtirish operatsiyalarini amalga oshirish payida bo‘lishadi. Bu ish asosan hamkorlar bilan birga amalga oshirilishini hisobga oladigan bo‘lsak, ancha-muncha ayyorlik va puxtalik talab etiladi. Basharti muhim hujjatlarga imzo chekish zarurati tug‘ilsa, huquqshunos yo advokatsiz bu ishni amalga oshirmang. Oila qurishga ulgurmagan yigitlardan kimdir bugun o‘zi tanlagan insoniga muhabbat izhorini yo‘llaydi va roziligini oladi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Yangi ishga joylashish istagida yelib yugurayotganlar uchun yulduzlar puxta tayyorgarlik ko‘rishni maslahat berishadi. Yangi ish joyingizda albatta sizni suhbatga chorlashadi. Ana shu suhbatga mukammal tayyorlanishingiz shart. Moliyaviy muammolar kechqurunga borib ijobiy hal bo‘ladi. Yoqimli va zarur xaridlarni amalga oshirishingiz kutiladi. Bugun katta ishga pul tiksangiz, muvaffaqiyat naqd deyavering. Kechqurun ko‘radigan tushingiz albatta o‘ngidan keladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
4 noyabr kuni bajariladigan ishlaringizning barchasi puxta rejaga asoslangan bo‘lishi lozim. Agar hamkasblar sizni chalg‘itishmasa, ishlarni kechga bormay uddalaysiz. Shaxsiy hayotda tanqid va xudbinlikka erk bermang. Juftingiz bilan orangizdagi iliq munosabat buzilishi mumkin. Kechki sayr miya dam olishi, ertangi rejalarni xomcho‘t qilish uchun muhim hisoblanadi. Ovqatlanishda me’yorni biling, muzlatkichdan suv olib ichmang, oqibati yaxshi bo‘lmasligi mumkin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugungi kuningiz juda unumli kechadi. Siz nafaqat ishlarni do‘ndirasiz, balki tushga qadar moddiy ahvolingizni yaxshilab olib ajoyib xaridlar qilishga ham ulgurasiz. Lekin moliyaviy masalada tafakkur kuchli bo‘lishi talab etiladi. Bugun zinhor do‘stlarni ranjitmang. Keyin yarashishingiz mushkul bo‘ladi. Kechqurun sizni izlab olisdan mehmon tashrif buyurishi mumkin. Erkaklar uchun bu mehmon quroldosh bo‘lib chiqishi ham mumkin. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, salomatligingizni kun davomida nazoratda ushlang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
4 noyabr kuni muhabbat bobida kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Vaziyatning yaxshi yo yomon bo‘lishi o‘zingizga bog‘liq. Basharti shaxsiy hayotingizga kimningdir kirishiga keng yo‘l ochib bersangiz, o‘zingizdan o‘pkalang. Bugun nafaqat muloqotda, balki serqatnov yo‘llarda ham ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermasligingiz zarur bo‘ladi. Xizmat safariga shaxsiy avtomobilingizda jo‘nasangiz, sergaklik talab etiladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun yaqin do‘stlar bilan iloji boricha janjallashib qolmaslikni maslahat berishadi. Bu janjal sizga qimmatga tushishi hech gap emas. O‘zingiz hurmat qilmaydigan odamlar bilan muloqot qilmaganingiz ma’qul. Ertalabdanoq miyangizga kelgan yangi g‘oyalarni haqiqatga aylantirish siz uchun juda yengil kechadi. Bu ishni kechga bormay yakunlaysiz va mukofotiga egalik qilasiz. Kechqurun qarindoshlardan biri sizni mehmonga taklif etishi mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
4 noyabr kuni organizmni bo‘shashishga qo‘ymang. Shu bilan bir qatorda ommaviy tadbirlar, sayrda ishtirok etmang. Shaxsiy hayotda esa yaqin o‘tmishga qaytmasligingiz tavsiya etiladi. Bu harakat sizga faqat ko‘ngilsizlik hadya etishi mumkin xolos. Salomatligingizni mustahkamlash payida bo‘ling. Sportning faol turlari bilan shug‘ullanish salomatlik uchun juda foydali. Kechqurun faqat sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklaning.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugungi kuningiz ancha og‘ir kechadi va bir umr yodingizda muhrlanib qolishi turgan gap. Kun bo‘yi yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘ygan xatolaringizni tuzatish bilan ovora bo‘lasiz. Shu bahonada juftingiz bilan munosabatlarga ham oydinlik kiritib olishga ulgurasiz. Kechqurun bosh og‘rig‘idan bezovta bo‘lishingiz ehtimoli bor. Darvoqe, kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi kutilmoqda. Bu pullarni ro‘zg‘or uchun sarflasangiz, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
4 noyabr kuni bo‘sh vaqtingiz yo‘qligidan hatto ovqatlanish yoki sevimli insoningizga qo‘ng‘iroq qilishga imkon topa olmay halak bo‘lasiz. Chunki ish joyingizda yumushlar qatorlashgan bo‘lib chiqadi. Kun davomida shunday bandlikda bo‘lasiz. Ammo kech tushmay nihoyat ishlaringiz muvaffaqiyatli yakun topadi. Moliyaviy ahvol esa negadir boshqa kunlardagidek yaxshi emas. Baribir qarz ko‘tarmang, bori bilan cheklaning. Bugun kechqurun ertaroq uxlashga yoting. Nasib bo‘lsa, boshqa kunlari albatta moddiy to‘kinlikka erishasiz.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Baliq burjida tavallud topganlar uchun 4 noyabr omadli kechadi. O‘z ishlaringizdan ortib boshqalarning muammolarini ham ijobiy hal etishga ulgurasiz. To‘g‘ri, zo‘riqish kam bo‘lmaydi, lekin moddiy ahvolingiz sizni ovuta oladigan darajada ekanini unutmang. Kechqurun asosiy vaqtingizni farzandlar bilan muloqot uchun sarflang. Bu ham ma’naviy dam olish garovi hisoblanadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi