QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun birinchi qiladigan ishingiz zararli odatlarga qarshi kurashishdan iborat bo‘lishi lozim. Faqat zararli odatingizni yo‘q deya ko‘rmang. Bor va u ham salomatlik, ham moliyaviy jihatdan sizga katta zarar keltirmoqda. Bu odat nafaqat chekish, ichish, balki, ovqatlanish rejimida ham o‘z aksini topgan. Moliyaviy masalada biroz uzilishlar ko‘zga tashlanishi mumkin. Zahira pullardan foydalanib turishingizga to‘g‘ri keladi. Sog‘lig‘ingizni asrang. Bu masalada uzilishlar yaratish yaxshilikka olib kelmaydi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
5 noyabr kuni negadir tushkun kayfiyatda uyg‘onishingiz kutiladi. Bu charchoqlar sababli ham bo‘lishi mumkin. Demak, o‘zingiz uchun barcha ishlarni ma’lum muddat yig‘ishtirib qo‘yib, dam olish e’lon qilishingiz kerak. Oila qurmaganlarning ba’zilari quvnoq bir davraga tushib qolishlari mumkin. Xuddi shu davrada sizni romantik tanishuvlar kutadi. Bardam bo‘ling va tanishuvlarga jiddiy munosabat bildiring.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yulduzlar yoshi ulug‘, kasalmand qarindoshlarga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lish va ular holidan o‘z vaqtida xabar olishni maslahat berishadi. Oilalilar jufti bilan arzimagan bahona tufayli janjallashib qolishlari ehtimoldan xoli emas. Agar janjalga o‘z vaqtida barham bermasangiz, ish ajrashishgacha borib yetishi turgan gap. Janjalning asosiy sabablaridan biri ro‘zg‘ordagi muammolar ham bo‘lishi mumkin. Salomatligingiz kechki payt pand bera boshlashi mumkin. Havoning o‘zgaruvchanligi ko‘pchilikni shunday yoqimsiz holatga solib qo‘ymoqda va bunga qarshi astoydil kurashish lozim.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
5 noyabrda o‘zingizda shunday kuch topingki, anchadan beri asabingizga tegib, foydali energetikangizni vampir kabi yeb bitirayotgan kimsaga qarshi yopiq kurash olib boring. Undaylar bilan kelajakda muloqot qilishni ham yig‘ishtirib qo‘yganingiz ma’qul. Agar havo imkon bersa, kechqurun uzoq muddat toza havoda sayr qilishingiz tavsiya etiladi. Immunitetni ko‘tarish payida bo‘ling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yaqin do‘stlar bilan muloqotda tilga ehtiyot bo‘ling. Aks holda arzimas gap bilan ularning ko‘nglini og‘ritib qo‘yishingiz hech gap emas. Ish joyingizda ham faqat tinglovchi rolini o‘ynang. Shaxsiy hayotdagi chalkashliklar, jiddiy muammolarni tinchlik yo‘li bilan bartaraf etishga harakat qiling. Asabni asrang. Xastaliklarga aynan asab buzilishi sababchi bo‘ladi. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda ehtiyotkor bo‘ling. Jarohat olishingiz ehtimoli bor.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
5 noyabr kuni tushga qadar boshingizni og‘rish darajasigacha yetkazgan muammoni hal etish harakatida bo‘lasiz. Basharti muammoni mustaqil hal eta olmasangiz, o‘zingiz qattiq ishongan insonlarni yordamga chaqirsangiz ham bo‘ladi. Kun davomida daromad keltiruvchi ishlarga alohida e’tibor bilan yondashing. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib albatta yaxshilanadi. Kechqurun eng yaqin kishingizga ham qarz bermang, irimi shunaqa. Qarz bersangiz, juda yaqin vaqt ichida o‘zingiz ham qarzga botishingiz mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
O‘zingiz sevgan insonning sizga bo‘lgan ishonchini qaytarishga harakat qiling. Agar qalbingizda zarracha shafqat bo‘lsa, albatta o‘sha insonning tuyg‘ularini ortga qaytarish payiga tushasiz. Ish joyingizda qo‘lingizdan kelmaydigan ishlarni bajarishga urinmang, rahbarlarning ishonchi yo‘qoladi. Mabodo boshqa ishga o‘tishni mo‘ljallab yurgan bo‘lsangiz, bugun ayni vaqti. Kechqurun jarohat olishingiz ehtimoli bor. Yaxshisi, qosh qoraygach, ko‘chaga chiqmay qo‘ya qoling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
5 noyabr kuni kayfiyatingiz yuqori cho‘qqilargacha yetadi. Shunday kayfiyat bilan boshlagan ishingiz ham albatta unumli kechadi. O‘zingizga tegishli ishlarni bajarib bo‘lib hamkasblarga ham yordam ko‘rsatishingiz maqtovga loyiq. Agar bugun dam olish kuningiz bo‘lsa, kunni toza havoda kechirsangiz ham ziyon ko‘rmaysiz. Oilasizlar kunning ikkinchi yarmida romantik uchrashuvga otlanishlari kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun muammolaringiz boshingizdan oshib-toshadi. Ularni birvarakayiga ijobiy hal etishga kirishsangiz, bor quvvatingizdan ayrilib, kechgacha sulayib qolishingiz mumkin. Ijod kishilari esa bugun ko‘zlangan cho‘qqilarni zabt etishadi. Yettinchi osmon sizniki, istagancha parvoz qiling va ilhom parilarini ta’qib etishdan tiyilmang. Astoydil bo‘lsangiz, jahonshumul ahamiyatga ega asar g‘oyasini ham o‘ylab topishingiz turgan gap.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
5 noyabr kuni shaxsiy hayotda tinchlik, barqarorlikka intiling. Mayli, kimdir jahlingizga tegadigan ishlarni amalga oshirsin, g‘iybatingizni qilsin, siz bardoshli bo‘ling va ularni sukut bilan mag‘lub eting. Ko‘chada ham faqat kulib yuring. Shunda xudoning qudrati bilan sizning umringizga umr qo‘shilaveradi, hasadgo‘y, g‘iybatchi va qora ko‘ngil egalari ich-etini yeb bitiraveradi. Kechqurun moliyaviy masala bilan bog‘liq bir dunyo yoqimli xabarlar eshitasiz. Do‘ppini osmonga otavering!
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ancha yillardan biri qalin do‘st bo‘lib kelgan inson bilan bugun orangizda kelishmovchilik yuzaga kelishi mumkin. Aslida bir gapdan qolganingiz ma’qul. Balki shu yo‘l bilan do‘stlik saqlab qolinar. Eng og‘ir vaziyatlarda qolsangiz, yoshi ulug‘ qarindoshlar maslahatiga quloq tuting, kam bo‘lmaysiz. Muhabbatda esa barcha muammolarni o‘z kuch, imkoniyatlaringizga suyangan holda hal etishga mahkumsiz. O‘zingizni ehtiyot qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
5 noyabrda baliq burji ostida tavallud topganlarning rejalari olamga sig‘mas darajada ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulgurasiz, barcha rejalarni qisman bo‘lsa-da, haqiqatga aylantirasiz. Shu orada moddiy ahvolingizni ham qo‘shimcha ish ko‘magida yaxshilab olasiz inshoolloh. Asosiysi, salomatligingiz pand bermasa bas. Kechqurun juftingiz yo sevgilingiz sizga kutilmagan sovg‘a taqdim etishni mo‘ljallab qo‘ygan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi