QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun birinchi navbatda mavqeingiz va lavozimingizni oshirishda foydasi tegishi mumkin bo‘lgan odamlar bilan munosabatlarni mustahkamlashingiz kerak bo‘ladi. To‘g‘ri, bu ikkiyuzlamachilikka kirishi mumkin. Ammo maqsadingiz yo‘lida picha ayyorlik qilsangiz ziyon bo‘lmaydi. Oila qurmagan yigitlarga ko‘z ostiga olgani bilan gaplashib muhabbatini izhor qilishda tafakkur yordam beradi. Lekin bu masalada vaqtni shoshiltirish ham shart emas, vaziyatga qarab ish tuting.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
7 noyabr kuni ishxonada qaysarligingiz tutishi kutiladi. Biroq bu qaysarlik sizning foydangizga xizmat qiladi. Ishlaringizni hamkasblarga nisbatan tezroq tugatib olasiz. Rahbariyat qarshisida hurmatingiz ham oshadi. Shaxsiy hayotda esa juftingiz bosim o‘tkazish harakatiga tushishidan ogoh bo‘lasiz. Bu katta janjalga sabab bo‘lishi mumkin. Bardoshli bo‘ling. Kechqurun salomatligingizni mustahkamlash harakatida bo‘ling. Asosiy vaqtingizni uydagilaringiz bilan o‘tkazing.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
7 noyabr siz uchun mayda ko‘ngilsizliklar bilan boshlanishi kutiladi. Kimlargadir siringizni boy berib qo‘ygansiz. Endi shuning azobini tortishga majbursiz. Kunning ikkinchi yarmida pulning orqasidan stress holatlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Siz bu pullarni kunduzi olishga umid bog‘lagandingiz. Baxtga qarshi kimlarningdir aybi bilan pullar qo‘lingizga tusha qolmaydi. Kechqurun organizmingizni nazorat ostiga oling. Aks holda gripp yo shamollash orttirib olishingiz hech gap emas.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Kuningiz quvonchli va yoqimli lahzalarga boy bo‘lmasligi mumkin. Shunday tushkun kayfiyatda zimmangizga yuklangan ishlarni bajarishga mas’ulsiz. Bu ham yetmagandek, kunning ikkinchi yarmida qo‘lingizga kelib tushishi kutilgan daromaddan ham mahrum etishmoqchi. Bardoshli bo‘ling, o‘zingizni bosgan holda harakatlar sodir etsangiz, albatta yorug‘, nurli yo‘lga chiqasiz. Asosiysi, salomatligingizni boy bermasangiz bas. Pul albatta topiladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
7 noyabr kuni yulduzlar har bir ishda tartibga amal qilishingiz, tushga qadar sportning ekstremal turlari bilan faol shug‘ullanishingizni maslahat berishmoqda. Muhabbatda ham o‘z pozitsiyangizdan voz kechmang. Biroq o‘ta muloyim, ehtiyotkorlik bilan harakatlar sodir eting. Sog‘lig‘ingiz keyingi paytda tez-tez pand bera boshlaganini o‘zingiz ham bilasiz. Vrach ko‘rigidan o‘ting, salomatlikni pulga sotib olib bo‘lmaydi. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilish bilan cheklaning.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Emotsiyangizni zudlik bilan jilovlamasangiz, o‘zingizga qiyin bo‘ladi. Bugun siz uchun his-tuyg‘u asiriga aylanish faqat zarar keltiradi. Ishda ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyatlilik talab etiladi. Agar ishxonangizda yaqinda ishga joylashganlar bo‘lsa, ularga qo‘pollik qilib qo‘ymasligingiz kerak bo‘ladi. Ular darhol rahbarga ustingizdan arz qilishi mumkin. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar ehtiyot bo‘lgan holda ish tutsinlar, organizmni jismoniy zo‘riqishga majbur etmasinlar.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
7 noyabr kuni aslida nimalarga qodir ekaningizni barchaga ko‘rsatib qo‘yish uchun qulay imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Shu kunga qadar, ayniqsa, hamkasblardan mavjud iste’dodingizni sir tutib kelgansiz. Endi bu sirni oshkor etish vaqti yetdi. Toki, bundan keyin ko‘pchilik oldida obro‘-e’tiboringiz sezilarli darajada ortsin. Mabodo oldindan lotereya chiptasi sotib olgan bo‘lsangiz, bugun katta yutuq egasiga aylanishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun oilasizlarning aksariyatiga romantika hamrohlik qiladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Jahdingiz bo‘g‘zingizda turgan bo‘lsa-da, har qanday vaziyatda ham hazil-mutoyibaga murojaat eting. Faqat shu yo‘l bilangina ezgu niyatlarga yetisha olasiz. Yaqin insonlar bilan o‘zaro munosabatlarda ham his-tuyg‘ularga asir bo‘lmang. Kechqurun chin ko‘ngildan dam oling. Hammomga tushing, basseynda cho‘miling, piyoda yoki velosipedda sayr qiling. Shularning barchasi vujudingizdagi g‘uborlarni haydab soladi. Organizmni zinhor zo‘riqtirmang. Salomatligingizga putur yetishi mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
7 noyabr kuni ertalaboq o‘zingizning qay yo‘lda ekaningizni mulohaza qilib ko‘ring. To‘g‘ri yo‘ldan adashgan-adashmaganingizni xomcho‘t qiling. Mabodo yuragingizda shubha tug‘ilsa, darhol to‘g‘ri yo‘lga qaytish harakatiga tushing. Kechqurun yoqimli xabar eshitasiz. Bu xabar xorijda ishlash, mo‘may daromad ko‘rish uchun qilingan taklif ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda yetti o‘lchab bir kesishingizga to‘g‘ri keladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Hatto, yaqin do‘stingiz, juftingizga ham kelajak rejalaringizni ishona ko‘rmang. Ishlaringiz orqaga ketiishi uyoqda qolib, sizga ko‘z ham tegishi mumkin. Shuning uchun barcha sirlaringiz o‘z joyida maxfiyligicha qolgani ma’qul. Bugun tabiat qo‘ynida dam olish, salomatlikni tiklashga qaratilgan muolajalar olish muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun ertaroq uxlashga yoting.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
7 noyabrda o‘zingizga o‘zgalar ko‘zi bilan boqing. Ayniqsa, sizdan tez-tez ranjib turishsa, sizni bo‘htonga ko‘ma boshlashsa, bu amal faqat foyda beradi. Siz hushyor tortasiz. Ishda, muhim hujjatlarga imzo chekishda jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishingiz ehtimoli bor. Shaxsiy hayotda juftingizning ishonchini yanada ko‘proq qozonishingizga to‘g‘ri keladi. Shunda hayotingiz farovonlik tomon yuz buradi. Og‘ir hazm bo‘luvchi taomlardan bosh torting. Oshqozoningizda muammo paydo bo‘lish xavfi bor.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun yulduzlar sizga dam olishni maslahat berishmaydi. Oldin rejalashtirilgan ishlarni yakuniga yetkazishingiz lozim. Shunda mo‘may daromadga ega bo‘lasiz, rahbarlaringiz ham sizdan ranjishmaydi. Olis safarga otlanish bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Kechqurun yaqin do‘stlar bilan uchrashib, suhbat quring. Charchoqlaringiz chiqadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi