21:33 / 07.11.2017
8 919

Munajjimlar bashorati: 8 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 8 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun so‘nggi paytlarda vujudingizda yig‘ilib qolgan zararli tuyg‘ularni haydab soling. Ammo bu ishni tabiiy yo‘l bilan amalga oshiring. Spirtli ichimlik yoki boshqa usullar bilan bu tuyg‘ulardan xalos bo‘la olmaysiz. O‘zingiz hurmat qiladigan odamlar bilan suhbatlashing, oilaviy kinogami, teatrgami chiqing. Xuddi shu amallar sizga zararli energetikadan qutulishingizda yordam bera oladi. Kechqurun oilangiz a’zolari bilan birgalikda ichki muammolarni muhokama qilishingiz kutiladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
8 noyabr siz uchun eng yoqimli kunlardan biriga aylanadi. Hech qanday ko‘ngilsiz vaziyat sizni yiqita olmaydi. Moliyaviy muammolar ham avtomat tarzda yengil hal bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida qarindoshlardan biri sizga pul berishi, yoki lotereya chiptasi sotib olgan bo‘lsangiz, katta yutuq egasiga aylanishingiz ehtimoli bor. Agar oilada o‘zingizni boshqalardan yuqori qo‘yishni bas qilmasangiz, yoqimsiz vaziyatlarda qolishingiz turgan gap.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
8 noyabr kunning birinchi yarmida ish qidirib yurganlarning omadi chopadi. Siz o‘z orzuingizdagi serdaromad ishni topib kechga qadar joylashishga ham ulgurasiz. Muhim hujjatlarga imzo chekish zarurati tug‘ilsa, huquqshunos maslahatisiz hech qanday harakat sodir etmang. Kechirilmas xatoga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Kechqurun salomatligingiz biroz yomonlashishi kutiladi. Lekin bu holatga yo‘l-yo‘lakay barham bersa bo‘ladi. Uxlashga yotar pallada olisdagi qarindosh yo do‘stingiz sizga qo‘ng‘iroq qilishi ehtimolga yaqin bo‘lib turibdi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Baxtga qarshi kunning birinchi yarmida shubhali tadbirlardan birida ishtirok etishingizga to‘g‘ri keladi. Esda tuting, bu tadbirdan o‘z vaqtida yuz o‘girmasangiz, moliyaviy yo‘qotishlarni boshdan kechirishingiz hech gap emas. Surunkali xastalikka duchor bo‘lganlar kechgacha vrach ko‘rigidan o‘tishlari, zarur bo‘lsa muolajalar olishlari lozim. Aks holda ahvolingiz salbiy tomonga o‘zgarishi mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling. Ko‘nglingiz tortmagan ovqatlarni iste’mol qilmang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
8 noyabrda kayfiyatingizni maksimum darajada ko‘tarib olish uchun bir-biridan ajoyib xaridlarni amalga oshirasiz. Tashvish chekmang, moliyaviy ahvolingiz bunday xaridlarning ancha-munchasini ko‘tara oladi. Ammo bu ishda faqat qalb amriga quloq tuting. Organizmingiz ayni pallada juda mustahkam va kuchli. Uncha-muncha xastalikka yon bermaydi. Kechqurun sport bilan shug‘ullanish, tabiat qo‘yniga dam olish uchun jo‘nab ketish xayrli va yoqimli kechadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Asosiysi, o‘zingizga qattiq ishoning. Ana shunda qo‘l urgan ishlaringiz sizga bo‘ysunadi va serunum bo‘ladi. Ojiz tarafingizni atrofdagilarga bilib-bilmay sezdirib qo‘ysangiz, aldanib qolishingiz, chuv tushishingiz hech gap emas. Moddiy jihatdan bugungi ahvolingiz havas qilsa arzirli darajada emas. Shu sababli yoningizda bor pullarni tejab ishlatishingizga to‘g‘ri keladi. Oilasizlar bugun uchrashuv va romantikadan umid qilmaganlari ma’qul. Baribir omadingiz chopmaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
8 noyabr kuni o‘zgalar muammolarini emas, faqat o‘zingizga tegishli muammolarni hal etish niyatida yelib-yuguring. Kun davomida kayfiyatingiz goh yaxshi, goh yomon tarafga o‘zgaraverib xunob qilishi mumkin. Lekin siz xotirjamlikni qo‘ldan bermang. Qarama-qarshi jins vakil, vakilalari bilan o‘ralashib xatoga yo‘l qo‘ymang. Bu xatoingizni xudo ham kechirmaydi. Salomatligingiz haqida alohida qayg‘uring. Duch kelgan ovqatni yeb ketaverishdan tiyiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Tushga qadar juda ko‘plab qiziqarli va muhim xabarlar eshitasiz. Xabarlarning ayrimlari shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Qat’iy qarorlar chiqarish bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Olis safarga esa albatta jo‘nang, bu aksincha sizga har jihatdan foyda beradi. Bugun bilim olish, bilim berish, kasb doirasida malaka oshirish muvaffaqiyatli kechadi. Moliyaviy jihatdan ijobiy natijalar deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Qo‘lingizda bori bilan cheklanib turishingizga to‘g‘ri keladi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
8 noyabr kuni kayfiyatingiz yomondan ham yomonroq bo‘lishi mumkin. Xayolingizda hamma sizga qarshidek tuyilaveradi. Odamlardan beixtiyor nafratlana boshlaysiz. Bu kayfiyatdan tezroq chiqib ketishga harakat qiling. Yo‘qsa, eng yaqin insonlarni yo‘qotasiz va yolg‘izlanib qolasiz. Do‘stlarni o‘zlariga sezdirmay alohida nazoratdan o‘tkazing. Agar oralarida sizga chin do‘stlik qilmaydigani topilsa, undan darhol yuz o‘giring. Shu jumladan, ehtiyotkorlikni ham qo‘ldan boy bermang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Keragidan ortiq jismoniy zo‘riqish organizmingiz faoliyatini izdan chiqaradi. El qatori o‘rtacha tezlik va bosimda ishlayvering. Kechki payt o‘zingiz uchun maxsus dam olish soati e’lon qiling. Ommaviy tadbirlarda ishtirok etmang. Qadrdonlar bilan uchrashuv va suhbat esa sizga faqat foyda keltiradi. Kechqurun yolg‘iz qolib yaqin o‘tmishda bajargan ishlarni xomcho‘t qilib oling. Salomatligingiz pand bermasligi uchun sog‘lom turmush tarziga amal qiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
8 noyabr kuni ishda ham, uyda ham sizni faqat yoqimli lahzalar qurshab oladi. Bunday vaziyatlarda ish ham o‘z-o‘zidan unum topaveradi. Muammolar esa sizga sezdirib-sezdirmay, bartaraf bo‘la boradi. Ishdan ham ertaroq qaytasiz. Bu ishni suyukli insoningiz bilan ko‘proq vaqt birga bo‘lish niyatidagina amalga oshirasiz. Qanday baxt!Kechqurun qaysidir masalada jiddiy muammo ko‘ndalang bo‘lishi mumkin. Biroq uni yolg‘izlikda hal etishga urinmang. Pul masalasida tavakkal qilish muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Xarajatlardan buguncha tiyila turing.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun jamiyatdan adolat istab ovora bo‘lmang. Birovlar nohaq bo‘lsa, nohaqligini yuziga aytmang. Katta janjal iskanjasiga tushib qolasiz. Shaxsiy hayotingizda xotirjamlik hukm suradi. Ammo majburiyatlardan bo‘yin tovlashga urinmang. Agar aql bilan ish ko‘rsangiz, kechqurun bir dunyo pulga ega bo‘lasiz. Ana unda garderobingizni yangilayversangiz, yarashadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 8 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..