QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ishlaringiz boshingizdan oshib toshishi kutiladi. Shuning uchun o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmay, olg‘a bosishingiz kerak bo‘ladi. Pedagogika, huquqshunoslik, sohasida ishlaydiganlar, qurilish qilayotganlar uchun 11 noyabr omadli kechadi. Agar yo‘l-yo‘lakay uchraydigan muammolardan cho‘chimasangiz, ko‘zlangan niyatlarga albatta yetishasiz. Salomatligingizdan sira xavotir olmang, u har qanday xastalikni haydab solar darajada kuchli va metin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Kimlardandir qarz ko‘targan bo‘lsangiz, 11 noyabr kuni o‘sha qarzlarni to‘lab qo‘yishingizga to‘g‘ri keladi. Bu moddiy jihatdan ancha qiynalib qolishingizga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo ruhan yengil tortasiz. Chunki endi hech kimdan qarzdor emassiz. Mabodo sportchi bo‘lsangiz, bugun jismoniy zo‘riqishlardan tiyila turing, salomatligingizga putur yetishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida ba’zi do‘stlarimiz xizmat safariga jo‘nashlari kutiladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
11 noyabr kuni tadbirkorlar kelajakda hamkorga aylanishi mumkin bo‘lgan odam bilan uchrashib tanishishlari mumkin. Kun davomida qora terga botib bo‘lsa-da, moliyaviy muammolaringizni ijobiy hal etmasangiz, kechqurunga borib pulsiz qolasiz. Shaxsiy hayotingizda sokinlik hukm suradi. Juftingiz bilan maroqli suhbatlar uyushtirishingiz kutiladi. Kechqurun toza havoda juftingiz bilan birga sayr qilishingiz tavsiya etiladi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Agar rahbarlar buyurgan ishlarni bo‘yin tovlamasdan sidqidildan ado etsangiz, albatta omadingiz keladi. Puldan ham, quvonchdan, ruhan yengillikdan ham kamlik ko‘rmaysiz. Bugun uy oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. Immunitetni ko‘tarish masalasida sezilarli harakatlar sodir eting. Bu qish kirishi oldidan organizmingiz yanada mustahkamlanishida muhim rol o‘ynaydi. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
11 noyabr kuni ishxonada ham, uyda ham birinchi navbatda shaxsiy manfaatlaringiz yo‘lida ter to‘kishingiz mumkin. Ba’zilar kun mobaynida o‘zlarini xuddi sizdan xafadek tutishlari kutiladi. E’tibor bermang. Nikohdan o‘tish, oila qurish bugun xayrli o‘tadi va albatta omad keltiradi. Salomatligingizga e’tiborsiz nazar bilan boqmang. Aks holda immunitetingiz tushib, energetika masalasida muammolar yuzaga kelishi hech gap emas. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Kissadagi pullarni faqat eng zarur narsalarga sarflang. Bo‘lar-bo‘lmas buyumlar kutib tursa ham bo‘laveradi. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida hamkorlardan biri bilan jiddiy kelishmovchiliklarni boshdan kechirishlari mumkin. Ammo tabiatan diplomatligingiz bu muammoni chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kechga qadar albatta ular bilan kelishasiz. Surunkali xastalikka uchraganlar kun davomida salomatliklari haqida qattiqroq qayg‘ursinlar. Atmosferadagi magnit bo‘ronlari birinchi bo‘lib sizga hamla qilishini unutmang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
11 noyabrda muhabbatda haqiqiy garmoniyaga erishasiz. Illyuziya ikki qalbning bir-biriga ko‘proq, kuchliroq talpinishini ta’minlab beradi. Bir-biringizga yaxshi ko‘rishingizni ko‘proq ayta qoling. Buning foydasi ko‘p. Shu birgina so‘z dunyoni jannnatga aylantira oladi. Kunning ikkinchi yarmida do‘kon aylanib zarur xaridlarni amalga oshirasiz. Kechqurun ovqatlanish rejimini buzmagan holda harakatlar sodir eting. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’mol qilsangiz, tushlaringiz yorqin kechadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Atrofda sodir bo‘layotgan har bir voqea-hodisaga sergak munosabatda bo‘ling. Ish joyingizda qanday yumushni ado etmang, hamkasblarga xalal berib qo‘ymaslikka harakat qiling. G‘iybatchi, hasadgo‘y va ko‘ngli qoralar suhbatidan nariroq yuring. O‘zingiz haqingizda ular mish-mish tarqatib yurganidan xabar topsangiz ham ochiqchasiga kurasha ko‘rmang. Xufiyona kurashning nafi ham, ta’siri ham kuchliroq va ko‘proq bo‘ladi. Kechqurun yolg‘iz qolib yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘ygan xatolarni xomcho‘t qilishni unutmang. Bu to‘g‘ri xulosalar chiqarishda yordam beradi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
11 noyabr kuni nihoyat yengil tortasiz. Chuqur-chuqur nafas ola boshlaysiz. Sababi, muammolar, tushkunliklar ortda qoldi. Shuning o‘zi ham yanada faol bo‘lishga, ko‘proq ishlashga undashi tayin. Muhabbatda ham haqiqiy qahramonga aylanasiz. Ayniqsa, oila qurmaganlar bo‘lg‘usi baxtining oldida Alpomish ramzi sifatida yuz ko‘rsatishlari muhabbat poydevori ilgarigidan-da mustahkamroq bo‘lishini ta’minlaydi. Kechqurun shaxsiy ish bilan qo‘shni shahar yoki tumanga borib kelishingiz kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar jiddiy ogohlantiradi. Atrofingizdagilarning hammasi ham sizga chin do‘st emas. Shuning uchun do‘stlarni, tanishlarni imi-jimida qayta sinov va nazoratdan o‘tkazing. Ana unda chin do‘stlikka arzimaydiganlarni aniqlaysiz-u, kelgusida ular bilan munosabatlarga nuqta qo‘ya qolasiz. Shaxsiy sirlaringizni hech kimga aytmang. Organizmingizga jiddiy xastaliklar xavf solmaydi. Biroq ehtiyotkorlik hech qachon ortiqchalik qilmaydi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
11 noyabrda ertalabdan atrofdagilar bilan muloqotlaringiz hadeganda yaxshilana qolmaydi. Kayfiyat ham xush emas. Nima qilsa bo‘ladi? Albatta yolg‘iz qolish kerak. Bunday lahzalarda ishni ham ma’lum muddat yig‘ishtirib qo‘yib, o‘z dunyongizga kirib oling va ruhingizni ko‘tarish payida bo‘ling. Kun davomida shaxsiy hayotingizni mustahkamlash yo‘lida ter to‘king. Hayot uchun qancha ter to‘ksa arziydi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyotlang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Aqliy mehnat kishilari uchun 11 noyabr og‘ir kechishi ehtimoldan xoli emas. Omad manzili ham hadeganda ko‘rina qolmaydi. Bardoshli bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Ammo moliyaviy masalada omadingiz chopadi. Qiyinchiliklarsiz pulingizni ko‘paytira olasiz. Basharti ortiqcha vazndan qiynalib yurgan bo‘lsangiz, kechqurun sportzalga boring va gimnastik mashqlar bilan shug‘ullaning. Bu salomatlik uchun ham koni foyda.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi