Jinsilar shpilkalar bilan ham, valenkalar bilan ham yarashadi. Lekin kuzgi-qishki garderob masalasiga kelganda, garderobning bu asosiy qismini nima bilan kiyishga biroz ikkilanib qolasiz. Ham didli va ham muvofiq ko‘rinish uchun jinsilarni nimalar bilan kiyish mumkin?
Jinsilarni tanlashda yirtiqsiz, bir xil rangdagi klassik va o‘rnashish tarzi o‘rtacha bo‘lgan bichimlilarini mo‘ljallang. Kiyim qomatingizni ajoyib tarzda namoyon qilishiga ishonch hosil qiling.
Cho‘ntaklarining joylashishiga va tikilishiga e’tibor bering. Masalan orqa cho‘ntaklar tosni kattalashtirib ko‘rsatishi mumkin. Bu «to‘g‘ri to‘rtburchak» tipidagi qomatli qizlar uchun ajoyib yangilik bo‘ladi.
To‘g‘ri bichimdagi va old cho‘ntaklari qiyshiq bo‘lgan modellar son chiziqlarini ancha silliqroq qilib ko‘rsatadi. Qomati «olma» tipidagi ayollar uchun tizzadan pasti biroz karnay bichiqli, to‘g‘ri modeldagilar mos keladi.
Klassik uslubdagi paltolar bilan
Har qanday jinsilar uchun juda oddiy, hech qanday ortiqcha bezaklarsiz paltolar mos keladi. Ikki bortli kalta palto bilan karnay bichimli jinsilar juda ajoyib tarzda uyg‘unlashadi.
Jinsi-skinnilarni to‘g‘ri bichimdagi va uzunligi sondan pastroqqa tushib turuvchi paltolar bilan birga kiyish mumkin. Ularni poshnali va poshnasiz oyoq kiyimlar bilan ham kiysa bo‘ladi.
Kalta kurtkalar bilan
Bu juftlik xuddi bir-biri uchun yaratilgandek! Charm, zamsh, jun kurtkalar qiyofangizga mardonavorlik bag‘ishlaydi. Agar sizning bo‘yingiz unchalik baland bo‘lmasa, kurtkani jinsining rangiga mos qilib tanlang — bu bo‘yingizni biroz balandroq ko‘rsatadi. Bunday qiyofa uchun bog‘ichli qo‘pol botinka mos tushadi.
Po‘stinlar bilan
Jinsilar tabiiy va sun’iy mo‘ynalarni ajoyib tarzda to‘ldirib turadi. Ular bilan viqorli kiyim hisoblanuvchi po‘stin ham «yosharib ketadi».
Agar siz mo‘ynali po‘stin sotib olmoqchi bo‘lsangiz, unda ixcham, bezaklarsiz va tillarangli tugmalarsiz modellarini tanlang. Qiyofangiz yengilroq bo‘lishi uchun bu to‘plamga qo‘shimcha qilib to‘qilgan shapka ham sotib olishingiz mumkin.
Manba: «Daryo.uz» “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi