21:13 / 17.11.2017
7 870

Мунажжимлар башорати: 18 ноябр куни юлдузлар сизга нималарни ваъда қилмоқда?

Мунажжимлар башорати: 18 ноябр куни юлдузлар сизга нималарни ваъда қилмоқда?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ertalab uyqudan turib nonushta qilgach, birinchi navbatda eng muhim ishlarni amalga oshiring. Shunda shuhrat ham, obro‘-e’tibor-u pul ham sizniki bo‘ladi. Atrofdagilar bilan muloqot qilishga talpinmasangiz ham bo‘ladi. Baribir bu muloqotlar sizga naf bermaydi. Ijodiy yondashilgan har qanday ish albatta kun davomida o‘z mevasini beradi. Olis bo‘ladimi, yaqinmi, safarga chiqishdan buguncha tiyila turing. Sog‘lig‘ingizni nihoyatda ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
18 noyabr kuni ichingizda yig‘ilib qolgan alamlarni kimgadir aytib-aytib oling, yengil tortasiz. Shaxsiy hayotda aksincha birovni tanqid qilish, kamtarlikdan tiyiling. Bu sizning zararingizgagina ishlashi mumkin. Yoki juftingiz siz aytgan gaplarning teskarisini tushunishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Immunitetni ko‘tarib olish payida bo‘ling. Mevalarni ko‘proq iste’mol qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ertalab negadir bo‘shashib, dangasalikka erk bera boshlashingiz kutiladi. Ammo ko‘chaga chiqqaningizdanoq dangasalik, bo‘shashishdan asar ham qolmaydi va siz yana faollik alangasida yona boshlaysiz. Kun davomida omad kulib boqishi masalasida ko‘plab imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Iloji boricha ularni o‘z vaqtida ilg‘ashga, qo‘ldan chiqarmaslikka harakat qiling. Kechqurun oila davrasida dam oling, sershovqin ziyofatlar, davralardan nari bo‘ling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
18 noyabr kuni erta tongdan ko‘proq dam olgingiz, yolg‘iz qolgingiz kelaveradi. Ammo atrofdagilar bunga yo‘l qo‘yishmaydi. To‘g‘ri qilishadi. Bugun ishlaringiz boshingizdan oshib-toshadi. Oila qurmaganlarga bugun rostakamiga omad kulib boqib, orzusidagi insonni uchratishlari mumkin. Suhbatda faqat yaxshi taraflaringizni ko‘rsating. Yomon tarafingizni to‘ydan keyin bilib olaveradi. Sog‘liq pand bera boshlasa, imi-jimida muolajalar olishni unutmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun maqsadga yetish yo‘lida har qanday to‘siqlarni yengib o‘ta oladigan darajada kuchlisiz. Optimistlarcha yo‘l tuting va olg‘a intilavering. O‘zingizga yoqmaydiganlar bilan kamroq muloqot qilishga intiling. Undaylardan sizga hech qachon naf bo‘lmaydi. Kechqurun asabingizga salbiy ta’sir o‘tkaza boshlagan yomon xayollar nari ketishi uchun qiziqarli kitob o‘qing. Ham chalg‘iysiz, ham bilim doirangiz kengaya boradi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
18 noyabrda ertalabdanoq o‘zingizni yengil va baxtiyor his eta boshlaysiz. Bunga tunda ko‘rgan shirin tushlar turtki bo‘lishi mumkin. Ana shunday ajoyib kayfiyatda boshlangan ish esa foyda bermay qolmaydi. Qaysidir tanishingiz, yaqiningiz kelajakka umidsiz nazar bilan boqa boshlasa, darhol yordamga shoshiling. Yirik loyiha ustida ishlayotgan tadbirkorlar mas’uliyatni yanada chuqur his etgan holda harakatlar sodir etishsin. Kun davomida bo‘sh vaqt topilsa, sport bilan shug‘ullaning yoki miriqib dam oling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz o‘ta yorqin va serdaromad kechishi kutilmoqda. Asosiy yumushlarni qoyillatib qo‘ygach, niyat qilganingizdek nafas rostlashingiz, dam olishingiz mumkin bo‘ladi. Kimningdir aybi bilan moliyaviy muammolar ijobiy hal bo‘lmasligi mumkin. Ammo qayg‘urishga asos yo‘q. Katmoningizdagi pullar bugungi kunni o‘zingiz xohlagandek o‘tkazish uchun yuz martalab yetadi. Shaxsiy hayotda bardoshni shior qilib oling, baxtingizga baxt qo‘shiladi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
18 noyabr kuni ruhan tetik bo‘lasiz. Hatto yo‘l-yo‘lakay uchrab qoladigan tanqidiy fikrlarga ham ko‘z yuma olasiz. Ish joyingizda obro‘yingiz ham ikki hissa ortadi. Tejamkorlik moliyaviy masalada eng zarur odat hisoblanadi. Agar shunday yo‘l tutmasangiz, puldan qiynalib qolishingiz hech gap emas. Yangi yil bayramiga pul jamg‘arib borish ham esingizdan chiqmasin. G‘iybatchilardan nariroq bo‘ling. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda sergaklikni qo‘ldan bermang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Anchadan beri tinch, xotirjam yashashingizga jiddiy xalal berayotgan muammolarni birinchi navbatda gumbirlating. Shunday yo‘l tutingki, qaytib qorasini ko‘rsatmasin. Bu shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq. Kunning ikkinchi yarmida oilasizlar o‘z orzusidagi insonni uchratishlari ehtimolga yaqin. Kechki payt ba’zilar xizmat safariga otlanishlari kutiladi. Kechqurun dam olish uchun vaqtingiz bo‘lmaydi. Ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldirishingizga to‘g‘ri keladi.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
18 noyabrda kayfiyatingiz tushkun ahvolda uyqudan turasiz. Shu kayfiyat ta’sirida o‘zingizni o‘ta baxtsiz his eta boshlaysiz. Yaxshiki, mehribonlaringiz bor. Ular juda qisqa fursatda sizni bu jarlikdan yuqoriga olib chiqadi. Qarang, dunyo qanchalar go‘zal! Bunday jannatga boqib qancha ishlasangiz, ter to‘ksangiz oz. Kun davomida ruhiyatingizga yaqin ishlarnigina bajaring. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar parhez masalasida vrach bilan maslahat qilishlari zarur.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz og‘ir boshlanadi, lekin qiziqarli kechadi. Ishxonaga borgach, bir-biridan qiziqarli suhbatlar, hodisalarga guvohlik qilasiz. Moliyaviy muammolar ham tushdan keyin ijobiy hal bo‘ladi. Endi do‘konma do‘kon yurib xohlagancha xaridlar qilishingiz mumkin. Shaxsiy hayotingiz o‘z o‘rnida bo‘ladi. Janjallar, bahsli jarayonlar ko‘zga tashlanmaydi. Bugun uy oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
18 noyabr kuni shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq barcha tushunmovchiliklarga javob topishingiz lozim. Bu masalada hech kimdan, hatto yaqinlaringizdan ham maslahat so‘ramang. Faqat qalb amriga bo‘ysungan holda ish tuting. Yaqin o‘tmishda sho‘ringizga to‘kilgan muhabbat sho‘rvasini esga olmaslik uchun sevimli xobbingizga berilishingiz kerak. Kechqurun sizga kimdir yoqimli xabar yetkazadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Мунажжимлар башорати: 18 ноябр куни юлдузлар сизга нималарни ваъда қилмоқда?